“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2019, 16:23
ЎЗO‘Z

“Do‘stlik” chegara bojxona kompleksida “tilla yoqali” ayolning siri fosh bo‘ldi

12 sen, 15:02 7 897 Jamiyat
“Do‘stlik” chegara bojxona kompleksida “tilla yoqali” ayolning siri fosh bo‘ldi
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib kirilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarligini fosh qilishdi. Bu haqda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati “Qalampir.uz” tahririyatiga yuborilgan ma’lumot orqali xabar bermoqda.

“Do‘stlik” chegara bojxona kompleksi orqali qo‘shni davlatdan kirib kelayotgan xorijiy fuqaro Z.Toxtosinovaning bojxonachilar qarshisida bezovtalanishi bejiz emas ekan.

Gumon ostiga olingan ayol belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmasdan turib, 31 dona tilla taqinchoqlarni olib kirishga uringani fosh bo‘ldi.

Bojxonachilarning ko‘zini shamg‘alat qilish maqsadida ushbu ayol uzuk va sirg‘alarni ko‘ylagining yoqasi ostiga yashirincha tikib qo‘ygan.

Bundan tashqari, u bir dona qimmatbaho zanjirni ko‘ylagining uzun yengi ostidan bilagiga o‘rab olgan ekan. Shu tariqa Z.Toxtosinova qiymati salkam 23 mln. so‘mlik, umumiy og‘irligi 114,6 gr. tillalarni noqonuniy ravishda olib kirmoqchi bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni aksiz solig‘i solinmasdan olib kirishning ruxsat etilgan me’yorlariga muvofiq umumiy og‘irligi 30 grammdan ortiq bo‘lmagan qimmatbaho toshlar va kimmatbaho metaldan tayyorlangan 5 donagacha zargarlik buyumlarini olib kirishga ruxsat etiladi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Abiturientlarni aloqa vositasi bilan ta’minlamoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi 08 avg, 20:02
  • Qadimiy va tilla tangalarning respublikamiz hududidan chet davlatga olib ketilishining oldi olindi 06 iyul, 17:10
  • Buxoroda turkiyalik fuqarolar xorijiy valyuta bilan qo‘lga tushdi 24 iyun, 18:11
  • Yupqaga o‘ralgan brilliantlar baribir fosh bo‘lib qoldi-ya!... 19 may, 16:38
  • Tugmachami yo tilla? O‘zbekistondan yashirin tilla olib chiqib ketayotganlar qo‘lga tushdi 02 mar, 21:20
  • O‘zbekistondan katta miqdorda quyma oltin olib ketayotgan afg‘onistonlik shaxs qo‘lga tushdi 13 sen, 15:59
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni murabbiyi Vadim Abramovga: "Jamoang shunchaki dahshat!" 15 noya, 15:45 110
  • Toshkent chorrahalarida yana bir yangi chizma belgisi. U nimani anglatadi? 15 noya, 15:23 181
  • Ro‘mol haqida «eski va yangi gaplar...» 15 noya, 15:02 197
  • «Tilla topib oldim, kimniki?» 15 noya, 14:39 291
  • Oʻzbekistonliklar uchun Umra mavsumi boshlandi 15 noya, 14:16 169
  • “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritiladi 15 noya, 13:53 275
  • 1 dollar maosh oladigan prezident 15 noya, 13:30 564
  • Botir Qodirov onasi hayotdan ko‘z yumgan payt qayerda bo‘lgani haqidagi haqiqatni so‘zlab berdi (video) 15 noya, 13:06 890
  • O‘zbekistonlik yigitlar shippak yordamida quvur chalib, CAGT tanlovi hakamlarini xayron qoldirdi (video) 15 noya, 12:50 476
  • Qamchiq dovonida yuk mashinasi handaqqa tushib ketdi (foto) 15 noya, 12:38 437
  • Bo‘limlar