“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2019, 13:12
ЎЗO‘Z

MTRKda an’anaviy tarzda rahbar o‘zgarishi: Alisher Xo‘jayev o‘z lavozimiga qaytdi

30 avg, 22:18 4 472 Jamiyat
MTRKda an’anaviy tarzda rahbar o‘zgarishi: Alisher Xo‘jayev o‘z lavozimiga qaytdi
30 avgust kuni O‘zbekiston MTRK raisligiga mazkur dargohda 12 yil davomida rahbarlik qilgan Alisher Jo‘raqulovich Xo‘jayev rais etib tayinlandi.

Avvalroq, Alisher Xo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi Bobur Alixonov lavozimidan olingani haqida xabar bergan edik.

Alisher Xo‘jayev 29 avgust kuni lavozimdan olingan Bobur Alixonov o‘rnini egalladi.

Ma’lumot uchun, Alisher Xo‘jayev 1963 yili Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1985 yili Samarqand davlat universitetini fizika mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

2001–2002 yillarda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari, 2002–2005 yillarda O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining rahbari o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2005 yilning 15 aprelidan O‘zbekiston Teleradiokompaniyasiga rais etib tayinlangan edi.

Manba: Qalampir.uz

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Tanishing, O‘zMTRKning yangi raisi 03 avg, 22:01
  • O‘zMTRK raisi ishdan olindi 02 avg, 22:01
  • Saidkamol Xo‘jaev Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi 01 avg, 23:09
  • Shavkat Mirziyoyev “Kamolot” o‘rnida tuzilgan tashkilotga rais tayinladi 30 iyun, 21:34
  • ​O‘zbekiston MTRKning sobiq raisi yangi lavozimga tayinlandi 06 iyun, 12:36
  • Abdulla Aripov yana Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga qaytdi 14 sen, 14:58
  • So'nggi yangiliklar
  • Qanday hollarda qarzdorning chet elga chiqishi cheklanmasligi aniq belgilandi 13 noya, 12:41 31
  • Birja savdolarida benzin va oltin narxi yana pasaydi 13 noya, 12:16 84
  • «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish kiritildi 13 noya, 11:52 438
  • “Yashil” yo‘lakda tibbiyot buyumlarini olib o‘tish rejasi pand berdi 13 noya, 11:29 96
  • Mallasoch qora tanlilar haqida eshitganmisiz? 13 noya, 11:28 223
  • Atamboyev: «Qo‘rquv va xiyonat, razolat va yolg‘onga asoslangan hokimiyat hech qachon mustahkam bo‘lmaydi» 13 noya, 11:05 322
  • Safar Ostonov: "Xalqimiz qo‘yayotgan talabdan kelib chiqib baho bersak, birorta partiyaning faoliyatidan qoniqmayman" 13 noya, 10:40 257
  • MIB faoliyatidan: Bolalar sababli ota-onalar yarashishdi 13 noya, 10:17 142
  • Kuniga 40 ta sigaret chekadigan 2 yoshli bola haqida eshitganmisiz? 13 noya, 09:57 709
  • Toshkent viloyatida ro‘y bergan portlashga nima sabab bo‘lgani aniqlandi 13 noya, 09:30 502
  • Bo‘limlar