“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2019, 07:34
ЎЗO‘Z

Qarzdorlardan undirilgan mol-mulk onlayn-kimoshdi savdolari orqali sotiladi

01 avg, 07:09 6 016 Jamiyat
Qarzdorlardan undirilgan mol-mulk onlayn-kimoshdi savdolari orqali sotiladi
Prezidentning 27 iyuldagi PQ-3149-son “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni sotish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. Norma.uz’ning yozishicha, unga ko‘ra onlayn-kimoshdi savdolari joriy etilmoqda.

Joriy yilning 1 sentyabridan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni sotish bo‘yicha kim oshdi savdolari «E-IJRO AUKSION yagona elektron savdo maydoni orqali faqat elektron onlayn-kim oshdi savdolari shaklida o‘tkaziladi. Buning uchun kim oshdi savdolarida Internet orqali ishtirok etish imkonini beradigan maxsus dasturdan foydalaniladi. Buyurtmalarni qabul qilish va g‘oliblarni aniqlash jarayoniga aralashish istisno qilinadi.
Onlayn-kim oshdi savdosi o‘tkazilishi haqida lot ko‘rsatilgan holda u boshlanishidan 10 kun oldin xabar beriladi.

Xabarnoma :
• Elektron onlayn-kim oshdi savdolarini tashkil etish markazi veb-portalida;
• Bosh prokuratura va uning hududiy boshqarmalari huzuridagi Majburiy ijro byurosi veb-saytlarida e’lon qilinadi.
Onlayn-kim oshdi savdosida ishtirok etish uchun ERI bilan tasdiqlangan elektron buyurtma berish va zakalat kiritish zarur bo‘ladi. Bunda boshlang‘ich onlayn-kim oshdi savdolari narxni oshirish, takroriy onlayn-kim oshdi savdolari esa narxni tushirish tamoyili asosida o‘tkaziladi.

Mol-mulk onlayn-kim oshdi savdolariga baholash qiymati bo‘yicha qo‘yiladi. Davlat ijrochilari onlayn-kim oshdi savdolarida sotilmagan mol-mulkni arzonlashtirishga haqli emas.
Elektron onlayn-kim oshdi savdolarini tashkil etish markazining muassisi (mulkdori) vazifasini bajaradigan Majburiy ijro byurosi huzuridagi DUK korxonasi hisoblanadi.

Quyidagilar uning vazifasiga kiradi:
• sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni sotish bo‘yicha elektron onlayn-kim oshdi savdolarini tashkil etish va o‘tkazish;
• mol-mulkni elektron onlayn-kim oshdi savdolarida sotish bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatish;
• fuqarolarni elektron onlayn-kim oshdi savdolarida ishtirok etish tartibi hamda savdoga qo‘yiladigan mol-mulk to‘g‘risida keng xabardor qilish;
• elektron onlayn-kim oshdi savdolarida ishtirok etish uchun ERI kaliti sertifikatlarini berish;
• mol-mulkni saqlash, tashish, tutib turish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.

Markaz IJRO AUKSION yagona elektron savdo maydonida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni sotish bo‘yicha elektron onlayn-kim oshdi savdolarini tashkil etish va o‘tkazishga vakolatli hisoblanadi.
Markaz Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida filiallar tashkil etishi mumkin.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Avtomashinangizga «chiroyli» nomerlarni 1 sentyabrdan kimoshdi savdosi orqali xarid qilishingiz mumkin 12 iyul, 21:52
  • 2017 yil qaysi OTMda hujjatlarni onlayn qabul qilish joriy etiladi? 08 iyun, 00:02
  • “O‘zbekenergo” va “O‘ztransgaz”ning 665 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgan 30 may, 08:10
  • Qoidabuzarliklarni onlayn bilish mumkin bo‘lgan videorolik tayyorlandi 13 apr, 19:46
  • Kameralar orqali aniqlangan qoidabuzarliklar soni bu hafta oshdi 13 apr, 19:13
  • Dubaydan hovli sotib olmoqchimisiz marhamat! 16 yanv, 11:39
  • So'nggi yangiliklar
  • Professional fotograf mukammal Instagram rasmlarining sirini fosh etdi (foto) 16 noya, 07:00 31
  • Bill va Melinda Geyts Jamg‘armasi 16 noya, 06:30 81
  • Farzandsiz kishi 9ta maktab o'quvchilarining bir choraklik tushlik pulini to'ladi 16 noya, 06:00 148
  • Singapur haqida qiziqarli ma'lumotlar 16 noya, 00:30 400
  • Qizil vino ichib turasizmi? Unda uzoq yashashingiz aniq 16 noya, 00:06 556
  • Pavel Bugalo Suyunovning harakatlari va o‘tkazilgan gollar bo‘yicha izoh berdi 15 noya, 23:42 479
  • O‘zbekistonda kamida 20ta yirik davlat korxonasi xususiylashtirilishi kutilmoqda 15 noya, 23:30 357
  • Prezident huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi 15 noya, 23:18 122
  • Yuriy Stoyanov: "Men barchadan O‘zbekistonni sevishni talab qilaman" 15 noya, 22:55 399
  • Turkmaniston hukumati nima uchun fuqarolariga O‘zbekistonga borishini cheklamoqchi? 15 noya, 22:32 1 167
  • Bo‘limlar