“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 21 2019, 08:22
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda qanday qurollar va himoya vositalaridan foydalanishga ruxsat berilgan?

28 iyul, 14:38 5 550 Jamiyat
O‘zbekistonda qanday qurollar va himoya vositalaridan foydalanishga ruxsat berilgan?
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yagona interaktiv portalda joylashtirilgan "Qurol haqida"gi qonun loyihasidan maqsad nima ekanligiga tushuntirish berdi.
Vazirlikning bildirishicha, mazkur qonun loyihasi respublika hududida fuqarolik, xizmat va jangovar qurol-yarog‘lar borasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soladi.

"Qayd etish joizki, qonun loyihasida fuqarolar (tegishli tartibda ovchilik jamiyatlari va sport klublarida ro‘yxatdan o‘tgan a’zolar) faqatgina ov va sport mashg‘ulotlari uchun o‘qotar qurolga egalik qilishlari va foydalanishlari mumkinligi nazarda tutilgan", – deya aniqlik kiritiladi vazirlik matbuot xizmati tomonidan.
Shunga muvofiq, jismoniy shaxslarning o‘zini himoya qilish maqsadida jamoatchilikka xavf tug‘diruvchi o‘qotar yoki boshqa qurollarga egalik qilishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, fuqarolar o‘zini himoya qilish maqsadida gaz ballonlari, mexanik purkagichlar, aerozol va ko‘zdan yosh oqizuvchi boshqa moslamalar hamda sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsat berilgan elektroshok qurilmalariga egalik qilishlari mumkin.
Bunda, ichki ishlar organlari ushbu vositalarni tegishli tartibda tekshiruvdan o‘tkazib, fuqaroga ruxsatnoma berganidan keyingina ularni olib yurish mumkin.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • O‘zbekistonda qurol olib yurishga ruxsat berilishi mumkin 21 iyul, 17:30
  • O‘zbekiston hukumatida urug‘-aymoqchilikka chek qo‘yiladi 21 iyul, 16:54
  • Migrasiya agentligi: O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida mehnat migrasiyasiga oid bitim imzolandi 21 apr, 21:53
  • Jizzaxda noqonuniy qurol saqlagan fuqarolar aniqlandi 07 apr, 12:42
  • O‘zbek milisiyasi ehtiyoj bo‘lganda fuqarolar mashinalaridan foydalanishlari mumkin 07 apr, 09:36
  • O‘zbekistonda "Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi qonun kuchga kirdi 05 apr, 12:20
  • So'nggi yangiliklar
  • «Grin kard» sanasi e’lon qilindi. Yangi talablar bilan 21 sen, 07:40 125
  • Huawei Google ilovalari bo‘lmagan birinchi smartfonini taqdim qildi 21 sen, 07:07 142
  • "Bampermisan, bamper": internetda shov-shuv bo‘layotgan optik illyuziya 21 sen, 06:33 507
  • Urgutda shifoxona yopildi, chaqaloq yo‘lda tug‘ildi (video) 21 sen, 06:00 331
  • Samvel Babayan: “Negadir, birinchi bo‘lib to‘p bizning darvozamizdan o‘rin olyapti” 21 sen, 02:29 262
  • O‘zbekiston yakka sayyohlar uchun eng xavfsiz davlatlar qatoridan joy oldi 21 sen, 00:15 238
  • Britaniyalik olimlar: «Mashhur Damashq po‘latining vatani — O‘zbekiston» 20 sen, 23:53 318
  • Aleksandr Xomyakov: "Dinamo"da ahvol yaxshi emas" 20 sen, 23:30 285
  • Senator to‘y uchun taklifnoma tarqatmay, ko‘chama-ko‘cha jar solinishini qoraladi 20 sen, 23:04 417
  • Iqbol Mirzo: «O‘tgan yili shu taklifga qarsakbozlik qilganlar dabdabali to‘ylarning boshida turganini ko‘rdik» 20 sen, 22:38 537
  • Bo‘limlar