“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2019, 07:33
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: “O‘zbek boks maktabiga butun dunyo tan bermoqda”

08 iyul, 19:03 5 016 Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev: “O‘zbek boks maktabiga butun dunyo tan bermoqda”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan shaharning Uychi ko‘chasini obodonlashtirish, infratuzilmasini takomillashtirish, rekonstruksiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mazkur ko‘chada o‘n beshta ko‘p qavatli turar joy binosi va o‘ndan ziyod infratuzilma ob’ekti qurilmoqda. O‘tgan yilning kuzida ushbu ko‘chada Namangan shahar 2-bolalar va o‘smirlar maktabining zamonaviy binosi foydalanishga topshirilgan. Ikkita yopiq sport zali va boshqa zarur xonalarga ega bo‘lgan majmuada sportning ko‘plab turi bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratilgan.

Prezident ko‘p qavatli turar joylarni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish, aholi uchun zarur sharoitlar yaratish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi, deyiladi Qalampir.uz xabarida.

Shu erda Namangan shahrida namunaviy loyiha asosida bunyod etilayotgan 8 ta etti qavatli arzon turar-joy binosi, Farg‘ona vodiysi temir yo‘llarini elektrlashtirish konsepsiyasi, Namangan temir yo‘l vokzalini yangidan qurish, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya va endokrinologiya ilmiy-amaliy markazlari Namangan filiallari binolarini rekonstruksiya qilish, ularni malakali kadrlar va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash, Kosonsoy tumanida yoshlar va o‘smirlar texnoparki bunyod etish loyihalari taqdimoti bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida kelasi yili namunaviy loyiha asosida 18 ta ko‘p qavatli turar-joy qurilishini ta’kidladi. Kvartiralarni taqsimlashda adolat tamoyillariga qat’iy amal qilish lozimligini qayd etdi.

Prezident O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Namangan viloyati badiiy ijodkorlar uyushmasi galereyasining rekonstruksiya qilingan binosi va bu erdagi ko‘rgazma bilan tanishdi.

“Galereyani yoshlarimiz uchun chin ma’nodagi ma’rifat maskaniga aylantirish, milliy an’analarimizni davom ettiradigan “ustoz-shogird” maktabini yaratish, bunday galereyalarni barcha viloyatlarda tashkil qilish kerak. Yoshlarimiz ko‘p asrlik tasviriy va amaliy san’atimiz an’analariga hurmat ruhida kamol topsin”, dedi davlat rahbari.

Prezident Namangan shahar 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabida mashg‘ulotlarda qatnashayotgan badiiy gimnastikachi qizlar va bokschi yoshlar bilan muloqot qildi.

“Bugun o‘zbek boks maktabi vakillariga butun dunyo sportchilari tan bermoqda, havas qilmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Rio-de-Janeyro shahrida o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarda jahonda tengsiz ekanini isbotladi. Bunday yutuqlarga erishish uchun nafaqat zamonaviy sharoit, balki tinimsiz mehnat, fidoyilik, vatanparvarlik ham talab etiladi. Sizlarga ham kelgusida katta sportda yuksak parvozlar tilayman”, dedi davlat rahbari.

Prezident Shavkat Mirziyoyev yosh sportchilarga sovg‘alar topshirdi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov qabrini ziyorat qildi va yodgorlik majmuasi qurilish ishlari bilan tanishdi 10 iyun, 14:21
  • Video: Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti bilan uchrashdi 14 may, 21:52
  • Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali loyihasi bilan tanishdi 15 apr, 18:36
  • Shavkat Mirziyoyev “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining qurilishi bilan tanishdi 28 yanv, 11:59
  • Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi 10 noya, 20:29
  • Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atambaevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi 18 sen, 01:19
  • So'nggi yangiliklar
  • Professional fotograf mukammal Instagram rasmlarining sirini fosh etdi (foto) 16 noya, 07:00 31
  • Bill va Melinda Geyts Jamg‘armasi 16 noya, 06:30 81
  • Farzandsiz kishi 9ta maktab o'quvchilarining bir choraklik tushlik pulini to'ladi 16 noya, 06:00 148
  • Singapur haqida qiziqarli ma'lumotlar 16 noya, 00:30 400
  • Qizil vino ichib turasizmi? Unda uzoq yashashingiz aniq 16 noya, 00:06 556
  • Pavel Bugalo Suyunovning harakatlari va o‘tkazilgan gollar bo‘yicha izoh berdi 15 noya, 23:42 479
  • O‘zbekistonda kamida 20ta yirik davlat korxonasi xususiylashtirilishi kutilmoqda 15 noya, 23:30 357
  • Prezident huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi 15 noya, 23:18 122
  • Yuriy Stoyanov: "Men barchadan O‘zbekistonni sevishni talab qilaman" 15 noya, 22:55 399
  • Turkmaniston hukumati nima uchun fuqarolariga O‘zbekistonga borishini cheklamoqchi? 15 noya, 22:32 1 167
  • Bo‘limlar