“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2019, 04:25
ЎЗO‘Z

Toshkent viloyatida avtomobil olib qochish, o‘g‘rilik va talonchilik bilan shug‘ullangan voyaga etmagan shaxslar ushlandi

03 iyun, 16:31 5 442 Jamiyat
Toshkent viloyatida avtomobil olib qochish, o‘g‘rilik va talonchilik bilan shug‘ullangan voyaga etmagan shaxslar ushlandi
O‘rtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi 2000 yilda tug‘ilgan voyaga etmagan Ruxshod Tirkashov (ismlari o‘zgartirilgan) muqaddam jinoyat sodir etganligi bois javobgarlikka tortilgan bo‘lsa-da, bundan xulosa chiqarmay o‘zgalarning mol-mulkini yashirin ravishda talon - taroj qilishga urinadi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

U jinoiy sherigi 2001 yilda tug‘ilgan Komil Buriev bilan jinoiy til biriktirib, O‘rtachirchiq tumanida yashovchi Mehrob Vorisovga tegishli “VAZ-2102” rusumli avtomashinani olib qochib ketgan. IIB xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida mashina olib qocharlari tezda ushlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida ushbu guruh tomonidan ilgari ham avtotransport vositasini olib qochish, o‘g‘rilik va talonchilik kabi jinoyatlar sodir etilganligi aniqlangan. Bu jinoiy harakatlarga 2000 yilda tug‘ilgan Ilxom Yoqubov ham jalb etilgan.

Jumladan, Komil Buriev va Ilxom Yoqubovlar tomonidan joriy yilning 14 may kuni To‘ytepa shahri Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan notarius binosi yaqinida eshiklari ochiq holatda turgan sariq rangli “VAZ 21011” rusumli avtomashinani olib qochib ketishgan.

Hozirda ushbu voyaga etmaganlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Toshkentda sodir etilgan talonchilik fosh etildi 29 may, 13:57
  • “Abu saxiy” bozori yaqinida “universal” o‘g‘irlik sodir etgan shaxs ushlandi 19 may, 12:15
  • Xilvat joyda qiz bolaga zo‘rlik ishlatib, telefonini tortib olishdi 15 may, 12:31
  • Toshkentda kollej o‘quvchisi jinoyat ustida qo‘lga tushdi 04 may, 18:31
  • Samarqandlik valyutafurushlar qo‘lga olindi 04 may, 16:38
  • Toshkentda odam olib qochib, 20 000 dollar talab qilgan to‘da qo‘lga tushdi 24 fev, 14:53
  • So'nggi yangiliklar
  • Rauf Inileyev: Ortiqcha darajada quvonib ketmasligimiz kerak 18 okt, 00:25 194
  • Turkmanistondagi birinchi alabay itlari muassasasiga 7 ta bank sarmoya ajratadi 18 okt, 00:05 162
  • «Nuroniy» jamg‘armasi vakili: «Dabdabali to‘y qilayotgan amaldorlarimizning tanobini ham bir tortib qo‘yish kerak» 17 okt, 23:42 132
  • Aktam Hayitov «ko‘p go‘sht yeyapmiz»ga izoh berdi 17 okt, 23:17 439
  • Sanjar Quvvatov hamkasbi Suyunovni maqtadi, Nesterovni esa Noyerga tenglashtirdi 17 okt, 22:53 175
  • Afsonaviy "Sovet uyqu tajribasi" haqida film yaratildi 17 okt, 22:30 327
  • Karate bo‘yicha Toshkentda o‘tayotgan musobaqada ommaviy mushtlashuv yuz berdi (video) 17 okt, 22:06 760
  • Yaqin qarindoshlar avtomobilni ishonchnomasiz boshqarishi talablari ma’lum qilindi 17 okt, 21:43 827
  • 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan bokschi Sergey Mixaylov oqlandi 17 okt, 21:30 430
  • "Inter" Rossiya terma jamoasi hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi 17 okt, 21:06 330
  • Bo‘limlar