“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2019, 21:56
ЎЗO‘Z

Rossiyada qochib yurgan o‘zbekistonlik sobiq bankir O‘zbekistonga topshiriladimi?

21 apr, 10:39 8 424 Jamiyat
Rossiyada qochib yurgan o‘zbekistonlik sobiq bankir O‘zbekistonga topshiriladimi?
Shamsutdinov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining qator moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblanib huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan.

Qrim prokuraturasi tergov organlaridan qochib yurganligi uchun qidiruvda bo‘lgan 43 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Kamoliddin Shamsutdinovga nisbatan ekstradisiya tekshiruvini o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Shamsutdinov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 167- (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 205- (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 209- (Mansab soxtakorligi) moddalari qator bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblanib huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan.

Ekstradision tekshiruv natijalariga ko‘ra, uni O‘zbekistonga topshirishga mon’elik qiluvchi asoslar aniqlanmagan. Shu bois Rossiya Bosh prokuraturasi Shamsutdinovni sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonning tegishli organlariga topshirish haqida qaror chiqardi.

U ushbu qaror yuzasidan shikoyat qilganligi, lekin Qrim Oliy sudi tomonidan uning shikoyati qondirilmaganligi xabar qilingan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Kelinini o‘ldirish uchun killer yollamoqchi bo‘lgan qaynota hibsga olindi 18 may, 14:42
  • Sirdaryoda boshqa viloyatlarda qidiruvda bo‘lgan 6 nafar shaxs ushlandi 22 mar, 12:59
  • Rossiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik jinoiy javobgarlikka tortilishi uchun O‘zbekistonga qaytarildi 09 iyun, 16:10
  • 10 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni noqonuniy o‘zlashtirgan firibgar bankir O‘zbekistonga qaytarildi 09 iyun, 15:52
  • Chita yo‘l polisiyasi odam savdosi bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik jinoyatchini hibsga oldi 19 fev, 13:36
  • Rossiya bosh prokuraturasi o‘zbekistonlik jinoyatchini O‘zbekistonga qaytardi 03 dek, 12:57
  • So'nggi yangiliklar
  • Alisher Sa’dullayev to‘ylar haqida. «Yosh do‘stlarimga yetkazing» 16 sen, 21:35 75
  • «Sudlar odamlarni sarson qilish uchun emas, adolat uchun xizmat qilishi kerak» 16 sen, 21:08 102
  • Anqara hokimi Toshkent ko‘chalaridan birini «Anqara» deb nomlashni taklif etdi 16 sen, 20:44 167
  • Rustam Assakalov jahon chempionatida O‘zbekiston hisobiga ikkinchi medalni qo‘shib qo‘ydi 16 sen, 20:18 161
  • Pakyao va Meyvezer o‘rtasida ikkinchi jang bo‘ladimi? 16 sen, 19:53 196
  • Hindistonga noqonuniy oltin yetkazib berayotgan o‘zbeklar qo‘lga olindi 16 sen, 19:30 668
  • 2027 yilgi Osiyo Kubogi O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin 16 sen, 19:04 365
  • Snouden WhatsApp va Telegram amaldorlar uchun xavfli ekanligini aytdi 16 sen, 18:40 289
  • Krishtianu Ronaldu marhum otasining videosini ko‘rib, yig‘lab yubordi 16 sen, 18:15 466
  • Paxtachilik ayol MIB xodimlarini tayoq bilan urib, hujjatlarni yoqib yubordi 16 sen, 17:53 528
  • Bo‘limlar