“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2019, 07:40
ЎЗO‘Z

Britaniyaning eng serfarzand oilasida 20-farzand dunyoga kelishi kutilmoqda

01 apr, 11:14 6 333 Jamiyat
Buyuk Britaniyaning Xeyshem shahrida yashovchi juftlik feysbukdagi sahifasida 20-farzandlari dunyoga kelishini ma’lum qildi. OAVda bu juftlik oilasi "Buyuk Britaniyadagi eng katta oila" deb e’tirof etiladi.

46 yoshli Noel va 41 yoshli Syu Redford oilalaridagi o‘g‘il va qiz farzandlar soni yozilgan suratni chop etib, so‘ngra sentyabrda yana bir farzandli bo‘lishlarini ma’lum qilishgan. Ular buning isboti sifatida homilaning ultratovush tadqiqotda (UZT) olingan suratini ilova qilishgan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Suratdagi doskada juftlik 10 nafar o‘g‘il va 9 nafar qiz farzandga egaligi yozib qo‘yilgan.
Britaniyaning eng serfarzand oilasida 20-farzand dunyoga kelishi kutilmoqda
29 mart kuni chop etilgan xabar 32 mingdan ko‘proq "layk" va o‘nlab tabrik bildirilgan izohlar to‘plagan. Ushbu oilaning sahifasi yangilanib borishini 250 mingga yaqin odam kuzatib boradi. Juftlik Instagram’da ham sahifaga ega. Unga 20 mingdan ko‘proq foydalanuvchi obuna bo‘lgan.


Serfarzand ayol to‘ng‘ich farzandiga 14 yoshida homilador bo‘lgan. O‘shanda o‘zi hali bola bo‘lgan Syu va Noel o‘zlari bir vaqtlar birovlar qo‘liga boqishga berilganlaridan kelib chiqib, bolani o‘zlarida qoldirishga qaror qilishgan. Ta’kidlanishicha, oila Noel egalik qiladigan nonvoyxonadan tushadigan daromadga kun kechiradi. Ular har hafta oziq-ovqat uchun 300 funt sterling (400 dollar) sarflaydilar.

Hozirda juftlikning to‘ng‘ich farzandi 27 yoshda. Ularning kenjatoy farzandlari 2016 yil iyulda dunyoga kelgan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Gulchehra Eshonqulova va Sharof Sharapov xonadonida to‘y 17 fev, 11:54
  • Yuz yoshli britaniyalik egizak ayollar uzoq yashash sirlari bilan o‘rtoqlashishdi 26 noya, 16:44
  • 48 yoshli ayol 5 egizakni dunyoga keltirdi 18 noya, 09:57
  • Buyuk Britaniyalik ministr islom dinini qabul qilib, haj amalini ado etdi 19 sen, 11:51
  • Braziliyalik futbol fanati 13 o‘g‘liga taniqli futbolchilar ismlarini berdi 10 sen, 23:04
  • 29 yoshli rossiyalik ayol Rossiyadagi eng yosh buvi bo‘ldi 26 sen, 12:30
  • So'nggi yangiliklar
  • Professional fotograf mukammal Instagram rasmlarining sirini fosh etdi (foto) 16 noya, 07:00 31
  • Bill va Melinda Geyts Jamg‘armasi 16 noya, 06:30 81
  • Farzandsiz kishi 9ta maktab o'quvchilarining bir choraklik tushlik pulini to'ladi 16 noya, 06:00 148
  • Singapur haqida qiziqarli ma'lumotlar 16 noya, 00:30 400
  • Qizil vino ichib turasizmi? Unda uzoq yashashingiz aniq 16 noya, 00:06 556
  • Pavel Bugalo Suyunovning harakatlari va o‘tkazilgan gollar bo‘yicha izoh berdi 15 noya, 23:42 479
  • O‘zbekistonda kamida 20ta yirik davlat korxonasi xususiylashtirilishi kutilmoqda 15 noya, 23:30 357
  • Prezident huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi 15 noya, 23:18 122
  • Yuriy Stoyanov: "Men barchadan O‘zbekistonni sevishni talab qilaman" 15 noya, 22:55 399
  • Turkmaniston hukumati nima uchun fuqarolariga O‘zbekistonga borishini cheklamoqchi? 15 noya, 22:32 1 167
  • Bo‘limlar