“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2019, 09:15
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev o‘z topshiriqlari ijrosi qay darajada ta’minlanayotganini tekshirdi

31 mar, 11:13 4 824 Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev o‘z topshiriqlari ijrosi qay darajada ta’minlanayotganini tekshirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 30 mart kuni videoselektor bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash, kommunal, sog‘liqni saqlash sohalari, ichki ishlar tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA'ga tayanib Qalampir.uz xabar berdi.

Ko‘p qavatli uy-joylarni vaqtida va sifatli ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va yanada takomillashtirish zarurligi qayd etildi. Hududlar rahbarlarining bu boradagi mas’uliyati va javobgarligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Majlisda ko‘p qavatli uylarda yashaydigan aholiga zarur sharoitlar yaratish, kommunikasiya tizimlarini ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Joriy yilning 9 fevral kuni profilaktika inspektorlari faoliyatini takomillashtirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish va inspektorlarni xizmat uylari, avtomobillar bilan ta’minlash bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi ham ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida 5 yanvar va 7 fevral kunlari o‘tgan yig‘ilishlarda sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarni bartaraf etish, sohani yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan edi.

O‘tgan vaqt mobaynida bu borada tegishli farmon va qarorlar qabul qilinib, ijrosiga kirishildi. Majlisda qishloq vrachlik punktlarini optimallashtirish, shoshilinch tez tibbiy yordam xizmatini yaxshilash, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, poliklinikalar ish vaqtini uzaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mazkur sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, istiqbolda amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Video: Shavkat Mirziyoyevning Andijonga tashrifi, 2-kun 03 iyun, 22:19
  • Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda oilaviy poliklinikaga kirdi 06 may, 19:20
  • Toshkent shahar hokimi amaldorlar ustidan nazoratni kuchaytirmoqda 06 may, 13:04
  • O‘zbekistonda har payshanba jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni deb e’lon qilindi 10 fev, 14:43
  • Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi o‘sish sur’atlari sust ekanini tanqid qildi 17 dek, 11:42
  • Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi 06 okt, 11:32
  • So'nggi yangiliklar
  • Dunyoning mitti milliarder va millionerlari (foto) 06 dek, 08:30 109
  • Qulog‘i eshitmaydigan Hindistonlik qiz "Miss and Mister Deaf India" tanlovi g‘olibasiga aylandi 06 dek, 08:00 147
  • Dunyoning eng qimmat limuzinlari... 06 dek, 07:30 257
  • Islomni qabul qilgan mashhur yahudiylar (2-qism) 06 dek, 07:01 390
  • Mourinyu MYudan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi? 06 dek, 06:30 314
  • Nega boy insonlar sevgi munosabatlari hamda oilaviy rishtalarda omadsiz bo'lishadi? 06 dek, 06:00 340
  • Messi o’zining oltinchi "Oltin to’p"ini qachon namoyish qilishi ma'lum bo’ldi 06 dek, 03:08 222
  • Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jangi g‘olibi kim bo‘ladi? (Ikkinchi qism) 06 dek, 00:13 402
  • Xabib Nurmagomedovning eng muhim shiori qanday ekanligini bilasizmi? 05 dek, 23:57 387
  • Buqoq kasalligining alomatlaridan boxabarmisiz? 05 dek, 23:38 416
  • Bo‘limlar