“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2019, 04:22
ЎЗO‘Z

Toshkent dizayn kollejining voyaga etmagan o‘quvchisi avtomobilda YTHga uchrab, ikki kursdoshining o‘limiga sababchi bo‘ldi

02 mar, 21:00 5 400 Jamiyat
Toshkent dizayn kollejining voyaga etmagan o‘quvchisi avtomobilda YTHga uchrab, ikki kursdoshining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Toshkentda voyaga etmagan o‘quvchilar ishtirokida navbatdagi mudhish yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Dahshatli YTH oqibatida avtomobilda bo‘lgan uch kishidan ikkitasi vafot etgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi boshlig‘i Zoir Islomov ma’lum qildi.

Mazkur YTH joriy yilning 27 yanvar kuni Chilonzor tumani Lutfiy va Farhod ko‘chalari oralig‘ida yuz bergan.

Gap shundaki, Toshkent dizayn kollejining 2000 yilda tug‘ilgan o‘quvchisi akasiga tegishli Spark rusumli avtomobilni akasining ruxsati bilan haydab chiqqan.

Toshkent dizayn kollejida o‘qiydigan kursdoshlari bilan ketayotgan voyaga etmagan haydovchi birdan rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi katta daraxt bilan to‘qnashadi. Yo‘l-transport hodisasi natijasida haydovchi ham, yo‘lovchilar ham tan jarohati olgan. Yo‘lovchilarning tan jarohati og‘ir bo‘lgani sabab ikkisi ham YTHdan biroz muddat o‘tgach, vafot etgan.

Mazkur YTH bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-modda 3-qismi “A” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “A” bandiga ko‘ra, transport vositasi haydovchisi odam o‘limiga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bir yigitchaning avtomobil boshqarishga havasmandligi ortidan ikki oila jondan aziz farzandidan juda bo‘ldi. Bu oilaga ham to‘ylar yarashmasmidi. Xulosa o‘zingizdan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Toshkentda 4 ta YTHda 5 kishi jabrlandi 24 may, 21:45
  • Toshkentda mudhish YTH: Haydovchi vafot etdi 22 may, 16:32
  • Toshkentda maktab o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi 20 apr, 22:03
  • Toshkentda maktab o‘quvchisini zo‘rlamoqchi bo‘lgan pedofil qo‘lga olindi 13 apr, 18:50
  • Bir yil avval 39 yoshli ayolning o‘limiga sabab bo‘lgan YTH aybdori hamon ushlangani yo‘q 01 mar, 17:29
  • IIV Toshkentdagi dahshatli YTH bo‘yicha rasman ma’lumot berdi 11 fev, 07:26
  • So'nggi yangiliklar
  • Rauf Inileyev: Ortiqcha darajada quvonib ketmasligimiz kerak 18 okt, 00:25 194
  • Turkmanistondagi birinchi alabay itlari muassasasiga 7 ta bank sarmoya ajratadi 18 okt, 00:05 162
  • «Nuroniy» jamg‘armasi vakili: «Dabdabali to‘y qilayotgan amaldorlarimizning tanobini ham bir tortib qo‘yish kerak» 17 okt, 23:42 132
  • Aktam Hayitov «ko‘p go‘sht yeyapmiz»ga izoh berdi 17 okt, 23:17 439
  • Sanjar Quvvatov hamkasbi Suyunovni maqtadi, Nesterovni esa Noyerga tenglashtirdi 17 okt, 22:53 175
  • Afsonaviy "Sovet uyqu tajribasi" haqida film yaratildi 17 okt, 22:30 327
  • Karate bo‘yicha Toshkentda o‘tayotgan musobaqada ommaviy mushtlashuv yuz berdi (video) 17 okt, 22:06 760
  • Yaqin qarindoshlar avtomobilni ishonchnomasiz boshqarishi talablari ma’lum qilindi 17 okt, 21:43 827
  • 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan bokschi Sergey Mixaylov oqlandi 17 okt, 21:30 430
  • "Inter" Rossiya terma jamoasi hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi 17 okt, 21:06 330
  • Bo‘limlar