“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2019, 03:00
ЎЗO‘Z

Mahmud Murodov Madaniyat vazirligining ilk rahbari bo‘ldi

24 fev, 16:17 6 420 Jamiyat
Mahmud Murodov Madaniyat vazirligining ilk rahbari bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 fevral kuni “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. Mazkur farmonga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatiladi va uning negizida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil etildi.

24 fevral kuni Madaniyat vazirligi va Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasiga rahbarlar tayinlandi. Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri direktori Mahmud Murodov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri etib tayinlandi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Mahmud Murodov 1975 yilda musiqashunoslik mutaxassisligi bo‘yicha Toshkent Davlat konservatoriyasini tamomlagan. Mahmud Murodov 1970 yildayoq o‘qituvchilik faoliyatini boshlagan.

Mahmud Murodov 1978 yilda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida bo‘lim boshlig‘i, keyinchalik musiqiy ta’lim maskanlari boshqarmasi rahbari lavozimida ishlagan.

1985-1990 va 1992-1994 yillarda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi direktori lavozimida ishlagan. 1990 yildan 1992 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Mahmud Murodov 2015 yil fevral oyida Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri direktori lavozimiga tayinlangan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga etib bordi 20 may, 23:53
  • Gollandiyadagi 101 o‘zbek nega o‘ldirilgan? Sichqon va po‘choq eyishga majbur bo‘lgan, tajriba uchun boshlari kesib olingan o‘zbeklarning aybi nima edi? 12 may, 23:26
  • O‘zbekiston Madaniyat vaziri: “Bu yil Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi” 07 apr, 20:42
  • Mirzohid Obidov Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri etib tayinlandi 20 fev, 14:05
  • Shavkat Mirziyoyevga Donald Tramp tabrik yo‘lladi 19 fev, 12:17
  • “Bunyodkor” va “O‘zbekiston” metro bekatini bog‘lovchi ko‘cha yopib qo‘yildi 24 may, 11:46
  • So'nggi yangiliklar
  • Butunjahon "Sayyoralar Kongressi" bo'lib o'tmoqda 19 okt, 01:00 106
  • Qosimov: "Abramovning termaga murabbiy bo‘lgani "Bunyodkor"ning o‘yiniga salbiy ta’sir qildimi?" 19 okt, 00:42 124
  • Vadim Abramov: "Yuta olmayotganimizga maydon aybdor emas" 19 okt, 00:32 147
  • Fastfud ishqibozi bo'lgan kelin to'yida tovuq oyoqchalaridan maxsus guldasta tayyorlatdi 19 okt, 00:30 118
  • Farg‘ona viloyatida Damas avtomashinasi «Kamaz»ga borib urildi (video) 19 okt, 00:03 194
  • Toshkentda Lacetti mingan ayol YPX xodimlaridan qochdi (video) 18 okt, 23:53 225
  • Navoiyda Nexia portlab ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi 18 okt, 23:43 265
  • Diqqat!!! E'tibordan chetda qoldirishingiz kerak bo'lmagan saratonning 8 alomati 18 okt, 23:20 388
  • Nazarboyev Londonda jazoga tortildi 18 okt, 22:53 482
  • Yonida fuqarolik pasporti bo‘lmagan shaxs qanday hollarda ichki ishlar bo‘limlariga olib ketiladi? 18 okt, 22:27 506
  • Bo‘limlar