“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2019, 07:37
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyevga Donald Tramp tabrik yo‘lladi

19 fev, 12:17 5 130 Jamiyat
Shavkat Mirziyoyevga  Donald Tramp tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston Respublikasi va AQSh o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi, deb xabar qiladi O‘zA.

Unda shunday deyiladi: “Mamlakatlarimiz 19 fevral kuni AQSh va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligini nishonlaydi. Biz ikki tomonlama munosabatlarda erishilgan ko‘plab natijalarimiz bilan faxrlanishimiz mumkin.

Kelgusi yillarda ham mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik sohasidagi umumiy maqsadlarimizni amalga oshirishda Siz bilan hamkorlikda ishlaymiz, degan umiddaman. Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston Respublikasi va uning qo‘shni davlatlari suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini, shuningdek, Sizning Markaziy Osiyoni yanada taraqqiy ettirish va o‘zaro hamjihatligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlaringizni qo‘llab-quvvatlaydi».

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga yo‘llagan tabrik maktubida shunday deyiladi: «O‘tgan davrda o‘zaro do‘stlik va sheriklik munosabatlarida mustahkam poydevor yaratildi. Ko‘p qirrali hamkorligimiz jadal va keng ko‘lamli xarakter kasb etdi».

Davlatimiz rahbari mamlakatimiz tashqi siyosatining fundamental prinsip va konseptual asoslari o‘zgarmasdan qolishini alohida ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasi Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan an’anaviy munosabatlarni saqlash, har tomonlama hamkorlikni izchil mustahkamlash va rivojlantirishning qat’iy tarafdoridir.

Maktubda Amerika biznesining yurtimizda uzoq muddatli faoliyat yuritishi hamda AQShning etakchi korporasiya va kompaniyalari bilan investisiyaviy-texnologik hamkorlikni yanada kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘zaro anglashuv, hurmat va ikki tomonlama manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan strategik sheriklik ruhidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish O‘zbekiston va AQSh xalqlari manfaatlariga xizmat qilishini qayd etgan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Mana, haqiqiy Love Story: Donald va Melaniya Tramp 01 iyun, 00:20
  • Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga etib bordi 20 may, 23:53
  • Video: Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti bilan uchrashdi 14 may, 21:52
  • Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali loyihasi bilan tanishdi 15 apr, 18:36
  • Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi 10 noya, 20:29
  • Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atambaevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi 18 sen, 01:19
  • So'nggi yangiliklar
  • Xritik Roshan​ nega oilasi bilan ajrashgan? 20 noya, 07:02 86
  • Zamonaviy “Robin Gud” Angliyada odamlarga pul tashlab ketyapti 20 noya, 06:32 112
  • Jerar Deparde dunyo ahlini Sharq ertaklari bilan tanishtirish uchun O‘zbekistonga keldi (video) 20 noya, 06:30 101
  • Dunyodagi eng yosh universitet bitiruvchisi bo‘lgan 9 yoshli bolakay 20 noya, 06:00 152
  • 2019 yilning so‘nggi premeralari (video) 20 noya, 00:16 248
  • Falastin bosh murabbiyi O‘zbekistonga mag‘lub bo‘lish sababini aytdi 19 noya, 23:59 576
  • Coca-Cola haqida qiziqarli ma’lumotlar 19 noya, 23:50 500
  • Xotira turlari haqida ma’lumotga ega bo‘ling 19 noya, 23:26 228
  • “Dubai Cup-U23”. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi 19 noya, 23:14 382
  • Gucci brandining tarixi haqida 19 noya, 22:38 290
  • Bo‘limlar