“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2019, 07:36
ЎЗO‘Z

Prezident Termizda qurilayotgan 34 ta 7 qavatli uyni mustaqillik bayramigacha bitirish to‘g‘risida topshiriq berdi

12 fev, 15:09 7 981 Jamiyat
Prezident Termizda qurilayotgan 34 ta 7 qavatli uyni mustaqillik bayramigacha bitirish to‘g‘risida topshiriq berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida bunyod etiladigan ko‘p qavatli arzon, zamonaviy uy-joylar, dehqon bozori va savdo kompleksi, zamonaviy istirohat bog‘i loyihalari bilan tanishdi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov rahnamoligida Termiz shahrida ko‘plab zamonaviy inshootlar, turar joylar qurildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 22 noyabrdagi qaroriga muvofiq Termiz shahrida 34 etti qavatli arzon uy-joy bunyod etilishi belgilangan. Bunday uylar aholi, ayniqsa, ehtiyojmand oilalarning uy-joyga bo‘lgan talabini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Imtiyozli ipoteka krediti asosida beriladigan ikki, uch va to‘rt xonali beshta uy Sulton Saodat ko‘chasida bunyod etilmoqda. 210 xonadonga mo‘ljallangan zamonaviy uylar uchun o‘n gektar er ajratilgan. Loyihaga ko‘ra, bu erda ikkita maktabgacha ta’lim muassasasi, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, mahalla markazi quriladi.

Prezident yangi uylarni eng ulug‘, eng aziz bayram – Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligigacha foydalanishga topshirish, ularda aholining yashashi uchun barcha sharoit yaratish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.

Termiz shahrining Alisher Navoiy ko‘chasida quriladigan dehqon bozori va savdo kompleksi loyihasiga 40 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Kompleksda dehqon bozori pavilonlari, ikkita ko‘p qavatli zamonaviy supermarket, avtomobillar turar joyi qurish va yil oxirigacha foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda.

Bunday yirik ob’ektlarni barpo etishdan maqsad xalqimiz turmush farovonligini oshirish, aholiga savdo va xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada yuksaltirishdan iborat, dedi davlatimiz rahbari. Buning uchun kompleksni zamonaviy arxitektura va milliy me’morlik andozalari asosida qurish, atrofini obodonlashtirish, odamlarga qulayliklar yaratishga alohida e’tibor qaratish zarur.

Termiz shahrida yoshlar bog‘i barpo etiladi.

Prezident bog‘ loyihasi bilan tanishar ekan, mazkur bog‘ni shahar aholisi farzandlari bilan sayr qiladigan, hordiq chiqaradigan maskanga aylantirish zarurligini ta’kidladi. Shu nuqtai nazardan loyihani yana bir bor sinchiklab ko‘rib chiqish lozimligi qayd etildi.

Prezident Surxondaryo bo‘yida bunyod etilayotgan “Amudaryo” bolalar sog‘lomlashtirish markazi, bu erda bolajonlar uchun tashkil etiladigan infratuzilma ob’ektlari loyihasi bilan ham tanishdi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Video: Shavkat Mirziyoyevning Andijonga tashrifi, 2-kun 03 iyun, 22:19
  • Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali loyihasi bilan tanishdi 15 apr, 18:36
  • Shavkat Mirziyoyev yana bir o‘zbek xonadonida mehmon bo‘ldi 27 fev, 22:27
  • Shavkat Mirziyoyev yosh oilaning yangi xonadonida mehmon bo‘ldi 24 fev, 20:14
  • Arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida yana 74 oila yangi uyli bo‘ldi 08 fev, 21:36
  • Nukus temir yo‘l vokzali zamonaviy ko‘rinishda rekonstruksiya qilindi 04 avg, 17:46
  • So'nggi yangiliklar
  • Professional fotograf mukammal Instagram rasmlarining sirini fosh etdi (foto) 16 noya, 07:00 31
  • Bill va Melinda Geyts Jamg‘armasi 16 noya, 06:30 81
  • Farzandsiz kishi 9ta maktab o'quvchilarining bir choraklik tushlik pulini to'ladi 16 noya, 06:00 148
  • Singapur haqida qiziqarli ma'lumotlar 16 noya, 00:30 400
  • Qizil vino ichib turasizmi? Unda uzoq yashashingiz aniq 16 noya, 00:06 556
  • Pavel Bugalo Suyunovning harakatlari va o‘tkazilgan gollar bo‘yicha izoh berdi 15 noya, 23:42 479
  • O‘zbekistonda kamida 20ta yirik davlat korxonasi xususiylashtirilishi kutilmoqda 15 noya, 23:30 357
  • Prezident huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi 15 noya, 23:18 122
  • Yuriy Stoyanov: "Men barchadan O‘zbekistonni sevishni talab qilaman" 15 noya, 22:55 399
  • Turkmaniston hukumati nima uchun fuqarolariga O‘zbekistonga borishini cheklamoqchi? 15 noya, 22:32 1 167
  • Bo‘limlar