“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2019, 07:37
ЎЗO‘Z

Chet elga ketgan 15 nafar shifokor O‘zbekistonda ish boshlaydi

09 fev, 08:14 5 404 Jamiyat
Chet elga ketgan 15 nafar shifokor O‘zbekistonda ish boshlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev joriy yilning 5 yanvar kuni sog‘liqn saqlash sohasi mutaxassislari bilan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Adham Ikromovga chet elda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik shifokorlarni O‘zbekistonga qaytarish, ularni ish va etarli shart-sharoit bilan ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab bergan edi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

8 fevral kuni O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Press klub”da O‘zbekiston Respublikasi Sog‘lqini saqlash vaziri-Bosh vazir o‘rinbosari Adham Ikromov ham ishtirok etib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan vazifalar qanday amalga oshirilayotgani haqida hisobot berdi.

“Chet ellarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot hodimlarining ro‘yxatini tuzdik va ular bilan suhbatlashayapmiz. Avvalambor, xorijda faoliyat olib borayotganlar bizning talabimizga to‘g‘ri kelishi lozim, ya’ni o‘zbekistonda ishlashga o‘zida qiziqish bo‘lishi kerak.

Qolaversa, halqaro miqyosda tajribali vrachlardan yiliga 250 tadan 500 tagacha operasiyalar o‘tkazilishi talab qilinsa, bizda ham xuddi shunday. Bundan tashqari, motivasiya masalasi ham bor.

Birinchidan, vrachlar va umuman tibbiyot xodimlariga yaxshi sharoit yaratish kerak. Viloyatlarda faoliyat olib borishlari uchun vrachlarga shu yilning o‘zida 340 ta turar-joy qurilib, foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Ikkinchidan, moddiy jihatdan motivasiya, ya’ni oylik maoshni oshirish yo‘li bilan chet ellarda faoliyat olib borayotgan xodimlarimizni jalb etish kerak”.

Vazir so‘zida davom etar ekan, “Shu yilning o‘zida chet ellarda faoliyat olib borayotgan vrachlarning 15 nafari o‘zbekistonda ish boshlaydi”, deb qo‘shimcha qildi. Adham Ikromov jurnalistlarga yuzlanib, OAV vakillari taklifiga ko‘ra, O‘zbekistonga qaytarilgan shifokorlar bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkinligini ham ta’kidladi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi yakunlandi 06 apr, 10:55
  • Shavkat Mirziyoyev o‘z topshiriqlari ijrosi qay darajada ta’minlanayotganini tekshirdi 31 mar, 11:13
  • Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasidan ozod etildi 21 fev, 21:13
  • O‘zbekistonning birinchi xonimi Almazbek Atambaevni kuzatish marosimida ishtirok etdi 26 dek, 13:42
  • Abdulla Aripov yana Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga qaytdi 14 sen, 14:58
  • Shavkat Mirziyoyev: “Mamlakatimizda o‘ta boylar ham, o‘ta kambag‘allar ham bo‘lmasligi bo‘yicha siyosatni qat’iy davom ettiramiz” 10 sen, 03:07
  • So'nggi yangiliklar
  • Xritik Roshan​ nega oilasi bilan ajrashgan? 20 noya, 07:02 86
  • Zamonaviy “Robin Gud” Angliyada odamlarga pul tashlab ketyapti 20 noya, 06:32 112
  • Jerar Deparde dunyo ahlini Sharq ertaklari bilan tanishtirish uchun O‘zbekistonga keldi (video) 20 noya, 06:30 101
  • Dunyodagi eng yosh universitet bitiruvchisi bo‘lgan 9 yoshli bolakay 20 noya, 06:00 152
  • 2019 yilning so‘nggi premeralari (video) 20 noya, 00:16 248
  • Falastin bosh murabbiyi O‘zbekistonga mag‘lub bo‘lish sababini aytdi 19 noya, 23:59 576
  • Coca-Cola haqida qiziqarli ma’lumotlar 19 noya, 23:50 500
  • Xotira turlari haqida ma’lumotga ega bo‘ling 19 noya, 23:26 228
  • “Dubai Cup-U23”. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi 19 noya, 23:14 382
  • Gucci brandining tarixi haqida 19 noya, 22:38 290
  • Bo‘limlar