“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2019, 03:27
ЎЗO‘Z

Prezident Shavkat Mirziyoyevning kitobi nashr etildi

01 fev, 23:30 12 243 Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyevning kitobi nashr etildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” nomdagi kitobi nashrdan chiqdi, deb xabar bermoqda "Darakchi" nashri.

Kitob "O‘zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashrdan etildi.

Kitobdan davlatimiz rahbarining shu yil 14 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan, mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi o‘rin olgan.

Chuqur tahlil va tanqidiy yondashuvga asoslangan ushbu risolada O‘zbekistonning 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlariga atroflicha baho berilgan. Ayni vaqtda iqtisodiyotni boshqarish, uni modernizasiya va diversifikasiya qilish borasida keyingi paytda turli vazirlik va idoralar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va nuqsonlar ochiq va xolis tanqid qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan. Turli sohalardagi mavjud ulkan imkoniyat va zaxiralarni to‘liq va samarali ishga solishga jiddiy e’tibor qaratilgan.

Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2017 yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar, jahon bozorida raqobat kuchayib borayotgan hozirgi murakkab vaziyatda iqtisodiyotga xorijiy investisiyalar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq muhim vazifalar ma’ruzada batafsil ko‘rsatib berilgan. Ayniqsa, "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturini amalga oshirish, aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, jumladan, shahar va qishloqlarimizda arzon va qulay uy-joylar qurish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilmalarni, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish va modernizasiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalar ham kitobdan alohida o‘rin egallagan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • ​"Bir mintaqa – bir yo‘l": Forum boshlandi (foto) 14 may, 10:27
  • Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali suhbat qurdi 16 fev, 08:07
  • Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali suhbatlashdi 15 fev, 09:50
  • Shavkat Mirziyoyev “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining qurilishi bilan tanishdi 28 yanv, 11:59
  • O`zLiDeP elektorati muammolari ochiq muloqotlarda hal etilmoqda 25 yanv, 21:49
  • Shavkat Mirziyoyevga bankdagi pulini ololmay murojaat qilgan fuqaroning muammosi hal etildi 29 sen, 22:56
  • So'nggi yangiliklar
  • Butunjahon "Sayyoralar Kongressi" bo'lib o'tmoqda 19 okt, 01:00 110
  • Qosimov: "Abramovning termaga murabbiy bo‘lgani "Bunyodkor"ning o‘yiniga salbiy ta’sir qildimi?" 19 okt, 00:42 132
  • Vadim Abramov: "Yuta olmayotganimizga maydon aybdor emas" 19 okt, 00:32 156
  • Fastfud ishqibozi bo'lgan kelin to'yida tovuq oyoqchalaridan maxsus guldasta tayyorlatdi 19 okt, 00:30 121
  • Farg‘ona viloyatida Damas avtomashinasi «Kamaz»ga borib urildi (video) 19 okt, 00:03 198
  • Toshkentda Lacetti mingan ayol YPX xodimlaridan qochdi (video) 18 okt, 23:53 230
  • Navoiyda Nexia portlab ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi 18 okt, 23:43 269
  • Diqqat!!! E'tibordan chetda qoldirishingiz kerak bo'lmagan saratonning 8 alomati 18 okt, 23:20 393
  • Nazarboyev Londonda jazoga tortildi 18 okt, 22:53 488
  • Yonida fuqarolik pasporti bo‘lmagan shaxs qanday hollarda ichki ishlar bo‘limlariga olib ketiladi? 18 okt, 22:27 516
  • Bo‘limlar