“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2019, 09:13
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonning birinchi xonimi Almazbek Atambaevni kuzatish marosimida ishtirok etdi

26 dek, 13:42 9 661 Jamiyat
O‘zbekistonning birinchi xonimi Almazbek Atambaevni kuzatish marosimida ishtirok etdi

Avvalroq, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambaev amaliy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasiga kelgani haqida xabar bergan edik.

Rafiqasi bilan Samarqand aeroportiga kelgan oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari-Sog‘liqni saqlash vaziri Adham Ikromov hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov kutib oldi.

Qirg‘iziston Prezidenti tashrifini O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi. 2006 yilda Islom Karimov tashabbusi bilan ta’mirdan chiqarilgan Xayrati Xizr masjid-majmuasida Qur’on tilovat qilgan Almazbek Atambaev Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan “JV MAN Auto-Uzbekistan” O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi.

Shundan so‘ng davlat rahbarlari O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdilar.

Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atambaevning O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligining navbatdagi bosqichlarini o‘z ichiga olgan muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda hamkorlikning kelgusi bosqichlari bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishib olindi.

O‘zbekistonga rafiqasi bilan tashrif buyurgan Almazbek Atambaevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev turmush o‘rtog‘i, O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Hoshimova bilan Samarqand aeroportida kuzatib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganiddan so‘ng, O‘zbekiston birinchi tashrifni Prezidentlardan Almazbek Atambaev uyushtirdi. Mazkur uchrashuv Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning turmush o‘rtog‘i Ziroat Hoshimova ishtirokidagi ilk oliy darajadagi uchrashuv sifatida tarixda qoldi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Qirg‘iziston prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi 24 dek, 16:12
  • Turkiya prezidenti I.Karimov qabrini ziyorat qildi 19 noya, 11:18
  • Atambaev Mirziyoyevni prezident bo‘lishiga umid bildirmoqda 27 okt, 20:21
  • Qirg‘iziston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ta’ziya bildirdi 20 okt, 18:26
  • Ozarbayjon Mudofaa vaziri Islom Karimov qabrini ziyorat qildi 06 okt, 22:53
  • Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atambaevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi 18 sen, 01:19
  • So'nggi yangiliklar
  • Dunyoning mitti milliarder va millionerlari (foto) 06 dek, 08:30 109
  • Qulog‘i eshitmaydigan Hindistonlik qiz "Miss and Mister Deaf India" tanlovi g‘olibasiga aylandi 06 dek, 08:00 147
  • Dunyoning eng qimmat limuzinlari... 06 dek, 07:30 257
  • Islomni qabul qilgan mashhur yahudiylar (2-qism) 06 dek, 07:01 390
  • Mourinyu MYudan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi? 06 dek, 06:30 314
  • Nega boy insonlar sevgi munosabatlari hamda oilaviy rishtalarda omadsiz bo'lishadi? 06 dek, 06:00 340
  • Messi o’zining oltinchi "Oltin to’p"ini qachon namoyish qilishi ma'lum bo’ldi 06 dek, 03:08 222
  • Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jangi g‘olibi kim bo‘ladi? (Ikkinchi qism) 06 dek, 00:13 402
  • Xabib Nurmagomedovning eng muhim shiori qanday ekanligini bilasizmi? 05 dek, 23:57 387
  • Buqoq kasalligining alomatlaridan boxabarmisiz? 05 dek, 23:38 416
  • Bo‘limlar