“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2019, 16:26
ЎЗO‘Z

O‘zbekistondan katta miqdorda quyma oltin olib ketayotgan afg‘onistonlik shaxs qo‘lga tushdi

13 sen, 15:59 10 044 Jamiyat
O‘zbekistondan katta miqdorda quyma oltin olib ketayotgan afg‘onistonlik shaxs qo‘lga tushdi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda olib borilayotgan tilla va zargarlik buyumlarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy tarzda olib o‘tilishiga qarshi chora-tadbirlar davomida “Ayritom” chegara-bojxona kompleksi xodimlari tomonidan afg‘onistonlik M.Salimning (ismi sharifi o‘zgartirilgan)qing‘ir qilmishlari fosh qilindi. Respublikamiz hududi orqali xorijga yo‘l olgan ushbu shaxs tomonidan to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklarasiyasidagi ma’lumotlar asosida unga tegishli bagaj va qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yuklar orasida deklarasiyada ko‘rsatilgan miqdordan ortiqcha salkam 4 kg og‘irlikdagi quyma tillalar borligi aniqlandi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Termiz shahar sudining xukmiga binoan aybdorga eng kam oylik ish haqining uch yuz baravarigacha miqdordagi jarima jazosini tayinladi. Hujjatlarda ko‘rsatilmagan 494,5 mln so‘mdan ortiq qiymatdagi salkam 4 kg oltin davlat egaligiga o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014 yil 5 avgustda 2606-son bilan ro‘yxatga olingan “Yo‘lovchi bojxona deklarasiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga muvofiq, bojxona chegaralarini kesib o‘tish paytida jismoniy shaxslar tomonidan to‘ldiriladigan yo‘lovchi bojxona deklarasiyasining 5-bandida har qanday ko‘rinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarning miqdori aniq ko‘rsatilishi shart.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Yupqaga o‘ralgan brilliantlar baribir fosh bo‘lib qoldi-ya!... 19 may, 16:38
  • Farg‘ona va Jizzaxda “qaroqchi” tadbirkorlar faoliyati fosh qilindi 18 may, 11:39
  • Voyaga etmaganlarning pornografiyasi aks etgan video olib kirayotganlar ushlandi 05 may, 14:17
  • O‘zbekistonda noqonuniy “metallolom”chilar qo‘lga olindi 08 apr, 18:59
  • Tugmachami yo tilla? O‘zbekistondan yashirin tilla olib chiqib ketayotganlar qo‘lga tushdi 02 mar, 21:20
  • O‘tgan 9 oy ichida bojxonachilar tomonidan 194 ming dollar naqd xorijiy valyutaning noqonuniy olib o‘tilishiga yo‘l qo‘yilmadi 22 noya, 16:38
  • So'nggi yangiliklar
  • «0:6 ni eslash kifoya» — Azamat Abduraimov Abramovni tanqid qildi 15 noya, 16:10 42
  • «Turkuaz» ishi: turkiyalik investorlarning O‘zbekistonga da’vo talablari 90 foizga rad etilgani aytildi 15 noya, 16:10 51
  • Saudiya Arabistoni murabbiyi Vadim Abramovga: "Jamoang shunchaki dahshat!" 15 noya, 15:45 253
  • Toshkent chorrahalarida yana bir yangi chizma belgisi. U nimani anglatadi? 15 noya, 15:23 246
  • Ro‘mol haqida «eski va yangi gaplar...» 15 noya, 15:02 263
  • «Tilla topib oldim, kimniki?» 15 noya, 14:39 336
  • Oʻzbekistonliklar uchun Umra mavsumi boshlandi 15 noya, 14:16 182
  • “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritiladi 15 noya, 13:53 302
  • 1 dollar maosh oladigan prezident 15 noya, 13:30 614
  • Botir Qodirov onasi hayotdan ko‘z yumgan payt qayerda bo‘lgani haqidagi haqiqatni so‘zlab berdi (video) 15 noya, 13:06 945
  • Bo‘limlar