“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2019, 04:39
ЎЗO‘Z

10 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni noqonuniy o‘zlashtirgan firibgar bankir O‘zbekistonga qaytarildi

09 iyun, 15:52 7 111 Jamiyat
10 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni noqonuniy o‘zlashtirgan firibgar bankir O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekiston Respublikasi huquq-tartibot idoralari mamlakat fuqarosi Shukurillo Qo‘zievni qabul qilib olishdi. U respublika Jinoyat Kodeksining 167 moddasi 3 bandi «a, v» xatboshisi (o‘g‘irlik), 205 moddasi 2 bandi «a, b, v» xatboshisi (lavozimini suiiste’mol qilish), 209 moddasi 2 bandi «a, b» xatboshisi (lavozim firibgarligi), 243 moddasi (jinoiy faoliyat orqali topilgan daromadlarni legallashtirish)da ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgan, deyiladi "Kun" nashrida.

Respublika huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘ziev 2005-2007 yillarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan. U uyushgan jinoiy guruh tarkibida jismoniy va yuridik shaxslarning mablag‘larini katta foizlarni va’da qilib, o‘z nazoratidagi bankka jalb etgan.

Keyinchalik Qo‘ziev bu mablag‘larni o‘zi tashkil etgan soxta tashkilotlarga kredit taqdim etish vaji bilan o‘tkazgan. So‘ngra o‘sha tashkilotlardagi mablag‘lar naqd pulga aylantirilgan va o‘zlashtirilgan.

Bu jinoiy harakatdan etkazilgan zarar 280 mln so‘mni tashkil etgan.

Bundan tashqari, Qo‘ziev tashkilotlarning Nizom hujjatlari, bankning qator rasmiy hujjatlarini bir necha marta o‘zgartirgan.

Shu bilan birga, uyushgan jinoiy guruh tarkibida, soxta moliyaviy amaliyotlar vositasida 9,9 mlrd so‘mni o‘zlashtirib yuborgan.

O‘tgan yilning oktyabr oyida Shukurillo Qo‘ziev Rossiya polisiyasi tomonidan Podmoskovyaning Klin tumanida ushlangan edi.

Moskva oblasti prokuraturasi unga nisbatan ekstradisiya tekshiruvini amalga oshirgan. Materiallar Rossiya Federasiyasi Bosh prokuraturasiga yuborilgan. Bosh prokuratura qaroriga ko‘ra, Qo‘ziev jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida O‘zbekiston tomoniga topshirilgan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Voyaga etmaganlarning pornografiyasi aks etgan video olib kirayotganlar ushlandi 05 may, 14:17
  • 9 nafar ichki ishlar xodimi jinoiy javobgarlikka tortildi 20 apr, 22:30
  • Qozog‘iston bankidan milliardlab dollar mablag‘ o‘g‘irlagan oligarx tergovga chaqirildi 03 fev, 08:47
  • Zokir Almatov hukumat ishiga qaytarildi 20 dek, 16:39
  • Galustyanning "shov-shuv"ga sabab bo‘lgan chiqishi aks etgan video 16 dek, 09:54
  • BAAda erining xiyonatini fosh etgan ayolni mamlakatdan deport qilishmoqchi 23 may, 13:19
  • So'nggi yangiliklar
  • Rauf Inileyev: Ortiqcha darajada quvonib ketmasligimiz kerak 18 okt, 00:25 204
  • Turkmanistondagi birinchi alabay itlari muassasasiga 7 ta bank sarmoya ajratadi 18 okt, 00:05 171
  • «Nuroniy» jamg‘armasi vakili: «Dabdabali to‘y qilayotgan amaldorlarimizning tanobini ham bir tortib qo‘yish kerak» 17 okt, 23:42 141
  • Aktam Hayitov «ko‘p go‘sht yeyapmiz»ga izoh berdi 17 okt, 23:17 450
  • Sanjar Quvvatov hamkasbi Suyunovni maqtadi, Nesterovni esa Noyerga tenglashtirdi 17 okt, 22:53 177
  • Afsonaviy "Sovet uyqu tajribasi" haqida film yaratildi 17 okt, 22:30 330
  • Karate bo‘yicha Toshkentda o‘tayotgan musobaqada ommaviy mushtlashuv yuz berdi (video) 17 okt, 22:06 768
  • Yaqin qarindoshlar avtomobilni ishonchnomasiz boshqarishi talablari ma’lum qilindi 17 okt, 21:43 833
  • 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan bokschi Sergey Mixaylov oqlandi 17 okt, 21:30 434
  • "Inter" Rossiya terma jamoasi hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi 17 okt, 21:06 331
  • Bo‘limlar