“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2019, 19:45
ЎЗO‘Z

Moskva sudi «Dosent» haykalini o‘g‘irlagan o‘zbekistonliklarga 2,5 yildan qamoq jazosi tayinladi

19 may, 14:05 5 231 Jamiyat
Moskva sudi «Dosent» haykalini o‘g‘irlagan o‘zbekistonliklarga 2,5 yildan qamoq jazosi tayinladi

Moskva shahridagi Nikulinsk sudi sovet aktyori Evgeniy Leonovning "Omadli jentlmenlar" filmidagi Dosent obrazi uchun o‘rnatilgan haykalni o‘g‘irlashda ishtirok etgan O‘zbekiston fuqarolariga 2,5 yillik qamoq jazosi tayinladi. Bu haqda Rossiya bosh prokuraturasi saytida ma’lum qilingan, deyiladi "Kun" nashrida.

"Bu jinoiy ish bo‘yicha qo‘lga olinganlarning 6 nafariga 2,5 yildan qamoq jazosi belgilandi. Yana bir jinoyatchiga esa 2 yilu 5 oylik qamoq jazosi tayinlandi. Mahkumlar jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tashadi", deyilgan xabarda.

Haykal o‘g‘irlangani 2015 yilning 16 oktyabr kuni ma’lum bo‘lgandi. Polisiya etkazilgan zarar miqdorini 160 ming rublga baholagan.

Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining «O‘g‘rilik» moddasi bo‘yicha ish ochilgan, qo‘lga olingan 7 nafar o‘zbekistonlik guruh bo‘lib jinoyat sodir etishda ayblangandi.

Guruh 300 kg og‘irlikdagi haykalni joyidan olib, yuk mashinasiga ortgan va rangli metallarni qabul qilish punktiga olib borgan. Jinoyatchilar bu san’at asarini bo‘laklab 39 ming rublga sotib yuborishgan.

Shu kunning o‘zidayoq jinoyatchilar qo‘lga olingan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Toshkentda kollej o‘quvchisi jinoyat ustida qo‘lga tushdi 04 may, 18:31
  • Moskva hokimi 2016 yilda qancha ishlab topganini ma’lum qildi 29 apr, 17:20
  • 9 nafar ichki ishlar xodimi jinoiy javobgarlikka tortildi 20 apr, 22:30
  • Xotining ko‘chada yurgani – Xudoning jazosi 25 fev, 14:52
  • Ozarbayjon prezidenti rafiqasini vise-prezident etib tayinladi 21 fev, 23:47
  • Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga o‘zgartish kiritildi 13 okt, 12:43
  • So'nggi yangiliklar
  • Xonqada arzonlantirilgan savdo yarmarkasi tashkil qilindi 15 okt, 19:25 71
  • Nima uchun yashil banan sarig‘idan yaxshiroq? 15 okt, 19:06 146
  • Targ‘ibot o‘z samarasini berdi 15 okt, 18:53 173
  • Endi davlat non narxiga umuman aralashmaydimi? 15 okt, 18:43 229
  • O‘zbekiston terma jamoasi Singapurni safarda mag‘lubiyatga uchratdi 15 okt, 18:42 297
  • O‘zga sayyoraliklar borligiga yoxud Jumanazar akaga ishonish uchun 10 sabab 15 okt, 18:18 529
  • 5 soniyada nokaut bo‘lgan UFC jangchisi revansh istagida 15 okt, 17:53 245
  • Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlashning oqibati 15 okt, 17:49 199
  • Xabib Nurmagomedovning menejeri qo‘lga olindi 15 okt, 17:28 614
  • Pullaringiz qayoqqa g‘oyib bo‘lyapti? 15 okt, 16:56 401
  • Bo‘limlar