“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2020, 10:13
ЎЗO‘Z

2020 yildan soliq turlari 13 tadan 9 tagacha qisqartiriladi

14 dek, 20:25 2 541 Iqtisodiyot
2020 yildan soliq turlari 13 tadan 9 tagacha qisqartiriladi
Oliy Majlisi Senatining 25-yalpi majlisida senatorlar ishni “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni ko‘rib chiqishdan boshladi.

Ta’kidlanganidek, Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksini yangi tahrirda qabul qilish nazarda tutilmoqda. Kodeks O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida” 2018 yil 29 iyundagi Farmonini ijro etish uchun ishlab chiqildi.

Soliq kodeksida qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS), foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, aylanmadan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qa’ridan foydalanishga oid soliqqa oid normalar, shuningdek, ularni hisoblash tartibi va ularni to‘lash muddatlari belgilanmoqda va ochib berilmoqda.

Nazorat qilish tartib-taomillarini soddalashtirish va soliq tekshiruvlari turlarini kamaytirish nazarda tutilmoqda. Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra kelgusi yildan soliq turlari 13 dan 9 gacha qisqartirilmoqda. Xususan, yagona yer solig‘i, davlat boji, bojxona to‘lovlari va tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq turlari bekor qilinmoqda.

Soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchilarni 42 ta mezon asosida 3 segmentga, ya’ni, “vijdonli”, “shubhali” va “muntazam huquqbuzarlar”ga ajratgan holda ular bilan faoliyat tashkil etish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Amalda bo‘lgan soliq qarzini debitor qarzdorlik hisobidan undirish tartibidan voz kechilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Oʻzbekistonda benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz boʻyicha aksiz soligʻi joriy qilindi 05 yanv, 06:00
  • O‘zbekistonda daromad solig‘ining yangi stavkalari tasdiqlandi 25 dek, 14:20
  • Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilar tomonidan yer solig‘ini to‘lash tartibi belgilandi 19 apr, 12:05
  • Faqat dividendlardan foyda solig‘i to‘lanadi 29 mar, 18:27
  • Prezident qarori: Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari tasdiqlandi 31 dek, 22:08
  • So'nggi yangiliklar
  • Koronavirus qurbonlari soni 2500 kishidan oshdi 24 fev, 09:37 17
  • Saratonga eng kam chalinadigan qon guruhi aniqlandi 24 fev, 09:15 26
  • Polvonlarimiz Hindistonda 10 ta medalni qo‘lga kiritdi 24 fev, 08:53 231
  • Sulsher "Uotford" mag‘lub etilganidan so‘ng nimalar dedi? 24 fev, 08:27 211
  • Berni Sanders demokratlarning Nevadadagi kokusida g‘olib chiqdi 24 fev, 07:58 178
  • Oston O‘runov "Ufa" bilan Rafael Benites jamoasini mag‘lub qildi 24 fev, 07:30 457
  • Turkiya harbiylari Idlibda Suriya qo‘shini hujumiga uchradi 24 fev, 07:00 509
  • Davlatlarning internet tezligi bo‘yicha reytingi e’lon qilindi 24 fev, 06:30 695
  • Tramp Rossiya va Ukrainaning yarashishini istayotganini aytdi 24 fev, 06:00 393
  • Britaniyaliklarga «Brekzit»dan keyin yangi rangdagi pasportlar beriladi 24 fev, 00:20 355
  • Bo‘limlar