“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2020, 18:28
ЎЗO‘Z

Soliq yukida bir qator yengilliklar kutilmoqda

14 dek, 12:15 741 Iqtisodiyot
Soliq yukida bir qator yengilliklar kutilmoqda
14 dekabr kuni o‘zi ishini boshlagan Senatning 25-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi.

Mazkur qonunga ko‘ra, soliq yukida bir qator yengilliklar hamda soliq nazoratida soddalashtirishlar kutilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, yangi qonunga asosan, soliq yukini kamaytirish maqsadida qo‘shilgan qiymat solig‘ining manfiy summasini tadbirkorga to‘liqligicha qaytarish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ilgari tadbirkorlik sub’ektlari yagona soliq, yagona ijtimoiy to‘lovni 25 foiz miqdorida to‘lgan bo‘lsa, endilikda bu 12 foizgacha kamaytiriladi.

Ilgari tadbirkor daromad olish-olmasligidan qat’iy nazar qat’iy belgilangan soliqni to‘lab kelar edi. Endilikda, u o‘zining soliq rejimini mustaqil tanlay oladi. Ya’ni daromadiga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, qat’iy soliqni to‘laydi. Yoki jismoniy shaxs sifatida topgan daromadini deklaratsiya qilib, undan 12 foizli jismoniy shaxslar solig‘ini to‘lashi mumkin bo‘ladi”, − deydi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev.

Soliq qo‘mitasi raisiga ko‘ra, soliq turlari 13tadan 9taga kamaytirilishi, soliq nazorati turlari esa 13tadan 2taga qisqartirilishi belgilangan.

Soliq kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga muvofiq, tekshirishlar faqatgina tahlika − tahlil prinsipi asosida amalga oshiriladi. Ya’ni soliqdan qochish ehtimoli bo‘lgan tashkilot va soliq to‘lovchilargina tekshiriladi. Yashil zonadagi soliq to‘lovchilar tekshirilmaydi. Sariq zonadagilar faqatgina kameral, distansion nazorat qilinadi. O‘z faoliyatini yashirayotgan, hisobot topshirmayotgan, tushumlarini berkitayotgan tashkilotlar − qizil zonada bo‘lganlargina nazorat qilinadi”, − deydi Behzod Musayev.

Musayevga ko‘ra, hozirda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi yuridik shaxslar 89 ming nafarni tashkil etib, “qizil zonadagilar” ming nafardan ortmaydi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Soliq organlari soliq to‘lovchiga penya to‘laydigan bo‘ladi 07 dek, 13:00
  • Ortiqcha to‘langan soliq summasi egalariga qaytariladi 22 apr, 11:45
  • O‘zbekistonda daromad solig‘ining yangi stavkalari tasdiqlandi 25 dek, 14:20
  • O‘zbekiston xalqi 2019 yildan yagona 12 foizlik soliq tizimiga o‘tadi 01 iyul, 08:30
  • Tramp soliq islohoti haqidagi qonun loyihasini imzoladi 23 dek, 05:21
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev senatorlardan to‘ylar masalasiga alohida e’tibor qaratishni so‘radi 20 yanv, 18:13 82
  • Boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi mashinasida yo‘l chetiga ag‘darilib ketdi 20 yanv, 18:03 118
  • Davron Fayziyev: Yurgen Kloppning “1001 kecha” ertagi 20 yanv, 17:45 162
  • Liviyadagi urush: Berlin sammitida nimalarga kelishildi? 20 yanv, 17:17 199
  • Prezidentning parlamentga murojaati 24 yanvar kuni bo‘ladi 20 yanv, 17:00 176
  • Oston O‘runov "Ufa"ga o‘tadimi? Klub bosh direktori bunga javob berdi 20 yanv, 16:43 270
  • Bugun "Paxtakor" Shomurodovning "Rostov" klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi 20 yanv, 16:28 346
  • Rossiya bosh prokurori Chayka lavozimidan ketdi 20 yanv, 16:18 456
  • Bloger Nafosat Olloshukurova O‘zbekistonni tark etganini ma’lum qildi 20 yanv, 15:58 960
  • Shavkat Mirziyoyev: "Xalqimiz menga eng katta unvon berib bo‘lgan" 20 yanv, 15:37 429
  • Bo‘limlar