“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 17:33
ЎЗO‘Z

Oʻzbekistonda elektron pullar muomalasi tartibga solindi

05 noya, 15:14 833 Iqtisodiyot
Oʻzbekistonda elektron pullar muomalasi tartibga solindi
Respublika ichidagi toʻlovlar arxitekturasiga elektron pullar joriy etilmoqda.
Normaʻning yozishicha, bu elektron pullar emitentining elektron tizimda elektron shaklda saqlanadigan va toʻlov vositasi sifatida qabul qilinadigan soʻzsiz va chaqirib olinmaydigan pul majburiyatlaridir.

Elektron pullar faqat milliy valyuta - soʻmda nominallashtirilgan boʻlishi kerak. Markaziy bank va banklar (emitentlar) ularni ularning nominal qiymatiga teng boʻlgan pul mablagʻlari summasiga almashtirishga chiqaradi. Jismoniy va yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va elektron pullar tizimi agentlari elektron pullarning egalari boʻlishi mumkin. Jismoniy shaxslar elektron pullarni toʻgʻridan-toʻgʻri emitentdan yoki elektron pullar tizimining operatori yoxud agenti orqali oladilar.

Tegishli litsenziyaga ega boʻlgan va elektron pullar tizimining ishlashini taʼminlaydigan bank yoki boshqa tashkilot elektron pullar tizimining operatori boʻlishi mumkin. Operator elektron pullar emitenti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq tizimning faoliyat koʻrsatish qoidalarini belgilaydi. Emitent va operator elektron pullarga ruxsatsiz ega boʻlish va (yoki) ulardan ruxsatsiz foydalanganlik, shuningdek emitentning dasturiy taʼminoti ishidagi yoxud tizimning faoliyat koʻrsatishidagi xatolar yoki uzilishlar oqibatida elektron pullar egasiga yetkazilgan zarar uchun uning egasi oldida javobgar boʻladi.

Emitent elektron pullar egasidan elektron pullarni chiqarganlik va koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar uchun ular oʻrtasida tuzilgan shartnoma doirasida vositachilik haqi undirishga haqli. Shartnoma tuzilguniga qadar elektron pullarning potensial egasiga ulardan foydalanish shartlari, vositachilik haqi miqdori va uni undirish tartibi, emitent va operator maʼlumotlari (nomi, joylashgan yeri, operator bank hisoblanmagan hollarda - litsenziya raqami) va eʼtirozlarni berish usullari toʻgʻrisida axborot taqdim etishlari shart.

Oʻzbekistonda realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun toʻlovlarni toʻlashda faqat shu yerda chiqarilgan elektron pullar qabul qilinishi mumkin. Tizim emitenti va (yoki) operatori elektron pullar egasini: shaxsan hozirligida va oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda yoxud masofaviy identifikatsiya qilish tizimlaridan foydalangan holda identifikatsiya qilishni amalga oshiradi.

Identifikatsiya qilinmagan jismoniy shaxslar bitta elektron qurilmada eng koʻpi bilan 5 BHMni (eʼlon qilish sanasida – 1 115,0 ming soʻm) saqlashlari va 1 BHM (223,0 ming soʻm) summasi miqdorida operatsiyani amalga oshirishlari mumkin. Identifikatsiya qilingan jismoniy shaxslarga elektron pullar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarga 100 BHM (22 300,0 ming soʻm) miqdorida limit belgilangan.

Elektron pullarning egasi ularni emitentga nominal qiymati boʻyicha qaytarishda ilgari chiqarilgan pullarni qayta almashtirish qoplash deyiladi. Bunda qoplanayotgan elektron pullarga teng “oddiy” pullarning summasi (agar shartnomada emitent yoki operatorning vositachilik haqi nazarda tutilmagan boʻlsa):

agar shartnomada boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, elektron pullar kelib tushgan kun davomida yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
jismoniy shaxs bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi yoki unga naqd pul beriladi.
Yangi qonun kripto-aktivlarga doir operatsiyalarga (qiymati va egasiga ega blokcheyndagi yozuvlar jami) nisbatan tatbiq etilmaydi. Mazkur masala boʻyicha alohida normativ baza shakllantirilmoqda, hozircha u Prezidentning ikkita qarorini (3.07.2018-yildagi PQ-3832-son; 2.09.2018-yildagi PQ-3926-son qarorlarga qarang) va Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni oʻz ichiga olgan.

Yana bir nozik jihati. Hujjatda toʻlov xizmatlari yetkazib beruvchilari – MB, banklar, toʻlov tashkilotlari, agentlari va subagentlariga nisbatan sanksiyalar belgilangan:

toʻlovlarni amalga oshirish muddatlari buzilgan taqdirda, u muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun muddati oʻtgan toʻlov summasining 0,1%i miqdorida, biroq muddati oʻtgan toʻlov summasining 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlashi shart.
toʻlov notoʻgʻri amalga oshirilgan taqdirda, u xato aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay pul mablagʻlarini oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazishi shart, aks holda, toʻlovchi mablagʻlarni qaytarishni, shuningdek muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun notoʻgʻri amalga oshirilgan toʻlov summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq toʻlov summasining 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlashni talab qilish huquqiga ega.
Tegishli normalar tijorat banklarining mijozlar bilan oʻzaro munosabatlarida amal qilmoqda.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Prezident yangi qonunga imzo chekdi 02 noya, 15:37
  • Senat «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi Qonunni ma’qulladi 11 okt, 16:47
  • Endi O‘zbekistonda xorijiy elektron hamyonlardan to‘lov qilish mumkin bo‘ladi 18 may, 13:53
  • O‘zbekiston bitkoin va elektron pullarni qonuniylashtiradi 21 fev, 16:02
  • Shvesiya elektron valyuta joriy qiladigan birinchi davlat bo‘lishi mumkin 16 noya, 23:22
  • So'nggi yangiliklar
  • Intelektual mulk strategiyasi... 14 noya, 17:00 12
  • O‘zbekistonda VAR tizimi 2021 yildan joriy etiladi 14 noya, 16:52 46
  • Toshkent viloyatida 2019 yil paxta hosili yig‘im-terimining borishi to‘g‘risida 14 noya, 16:38 100
  • XVJ: Oʻzbekiston Qozogʻistonning raqobatchisiga aylanyapti 14 noya, 16:35 142
  • Prezidentning sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi 14 noya, 16:12 129
  • Ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish masalalari 14 noya, 15:48 96
  • Dunyoga mashhur Greta Tunberg AQSHdan Ispaniyaga katamaranda yoʻlga chiqdi 14 noya, 15:23 153
  • Oʻyin oldidan. “Mirjalol Qosimov yoʻli” 14 noya, 15:00 303
  • “Rostov” PR-direktori ishdan ketdi. Karpin ham koʻplab futbolchilar qatori ketishi mumkinligini aytib oʻtdi 14 noya, 14:35 275
  • Bugun 17:00 da Oʻzbekiston - Saudiya Arabistoni oʻyini 14 noya, 14:12 246
  • Bo‘limlar