“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 17:32
ЎЗO‘Z

Zafar Hoshimov: «Yaqin kelajak hech kimni zeriktirmaydi!»

05 noya, 12:45 816 Iqtisodiyot
Zafar Hoshimov: «Yaqin kelajak hech kimni zeriktirmaydi!»
O‘tgan haftada Dubayning «Majid Al Futtaim» kompaniyasi va O‘zbekistonning «Akfa Group» o‘rtasida shartnoma imzolanib, unga ko‘ra, yaqin ikki yil ichida Toshkent shahrida xalqaro brenddagi Carrefour super va gipermarketlar tarmog‘i ochilishi ma’lum qilingandi.

«Korzinka.uz» supermarketlar tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov ushbu voqelikka o‘z munosabatini bildirdi:
— Fransiyaning Carrefour brendi do‘konlarining ochilishi haqidagi xabar biz uchun kutilmagan holat bo‘lmadi.

Bu haqda gaplar chamasi bir yildan beri yurgan edi. Rostini aytsam, qiziqib kutgan edik.
Chunki Carrefour tarmog‘ining O‘zbekistonga kirishi qator ijobiy yangilik va qiziqarli lahzalar va’da qiladi.

Birinchidan, mamlakatning chakana bozori rivojlanishi Carrefour kabi xalqaro ishtirokchi e’tiborini tortishi darajasiga chiqqanligi mahalliy sharoitda so‘nggi o‘n yilliklarda chakana savdoni rivojlantirish yo‘lida tinimsiz ishlagan tarmog‘imiz uchun o‘ziga xos e’tirofdir.

Iste’mol bozoriga bunday qiziqish va uning imkoniyatlarini tan olinishi sohadagi, shubhasiz, yetakchi sifatida tarmog‘imizning kapitallashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Turli brendlar va formatlarning paydo bo‘lishi butun bozor hamda uning har bir ishtirokchisini rivojlantirishga xizmat qiladi, ayniqsa, iste’molchilar uchun bu juda yaxshi yangilik. Ishonchim komilki, Carrefourdan ko‘plab jihatlarni o‘zlashtirib, o‘rganamiz. Albatta, Carrefour ham biz va bozorimiz haqida bilib olishlari kerak bo‘lgan xususiyatlar mavjud.

Iktisodimiz uchun yangi formatlar va savdo kanallari, iste’molchilar uchun esa tanlov hamda xilma-xillik oshishini anglatadi. Bularning barchasi zamonaviy savdo formati hamda bu format mijozlari bazasini kengaytiradi. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, barcha bozor ishtirokchilari faqat yutadi.

Raqobatdan qo‘rqyapmizmi? Yo‘q.

Tushuntiraman. 30 milliondan ortiq bozor uchun zamonaviy tarmoq chakana sektori hali ham kam rivojlangan. O‘zingiz uchun xulosa chiqaring, faqatgina poytaxtning o‘zida birlamchi ehtiyojdagi oziq-ovqat va zaruriy mahsulotlar yalpi iste’moli bo‘yicha butun boshli zamonaviy chakana savdo tarmoqlari ulushi atigi 9 foiz. Va bu, takror aytaman, viloyatlarga taalluqli emas. Umuman olganda esa, mamlakatda ayni ko‘rsatkich yana ham past bo‘ladi.

Taqqoslash uchun, qo‘shni Qozog‘istonda ko‘rsatkich 45 foizdan ortiq, Rossiya esa 75 foizdan ortiqni tashkil etdi. Yevropa va AQShda ayni raqamlar 90 foizga yaqinlashib qolgan.

Bizning bozor hali o‘sishi kerak, uning to‘lib ketishi, keskin raqobat hosil bo‘lishi uchun xali ancha bor. Bizda, mahalliy zamonaviy savdo tarmoqlarida hozircha bitta umumiy asosiy raqib - bozorlar va tizimsiz savdo mavjud. Biz, ya’ni mavjud zamonaviy chakana savdo ishtirokchilariga, mavjud yutuqlarimizga qaramasdan, bu jangda yolg‘iz kurashish juda mushkul edi. Shunday ekan, safimizga yangi jangchini mamnuniyat bilan qabul qilamiz, ayniqsa, u olib keladigan vositalar va bilimlarning butun tajribasi va arsenalini hisobga olganda, bu juda salmoqli yordam.

«Korzinka.uz» haqida gapiradigan bo‘lsak, biz, har doimgidek, shiddatli, kuch-quvvatga to‘la va yangi yutuqlar hamda kashfiyotlarga tayyormiz. Va eng muhimi, xaridorlarimizga doim sodiq qolamiz, taqdim etilayotgan xizmatlar va mahsulotlarimiz sifatini yanada rivojlantiramiz.

Biz bilan qoling, aminmanki, yaqin kelajak hech kimni zeriktirmaydi! — deb yozadi tadbirkor.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Zafar Hoshimov soliq stavkasining kamaytirilishi bozor narxlariga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida fikr bildirdi 02 okt, 22:43
  • O‘zbekistonda Hindistonning yirik gipermarketlar tarmog‘i ish faoliyatini boshlashi mumkin 12 sen, 10:30
  • Korzinka.uz tarmog‘i asoschisi va rahbari Zafar Hoshimov biznes haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi 09 iyun, 23:53
  • Britaniyaning Tesco savdo tarmog‘i Slovakiya, Chexiya, Polsha va Vengriyadagi supermarketlarini sotmoqchi 05 sen, 22:16
  • Korzinka.uz yaroqlilik muddati tugashiga bir necha kun qolgan shokoladni aksiyaga qo‘ydi 17 may, 19:31
  • So'nggi yangiliklar
  • Intelektual mulk strategiyasi... 14 noya, 17:00 12
  • O‘zbekistonda VAR tizimi 2021 yildan joriy etiladi 14 noya, 16:52 46
  • Toshkent viloyatida 2019 yil paxta hosili yig‘im-terimining borishi to‘g‘risida 14 noya, 16:38 100
  • XVJ: Oʻzbekiston Qozogʻistonning raqobatchisiga aylanyapti 14 noya, 16:35 142
  • Prezidentning sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi 14 noya, 16:12 129
  • Ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish masalalari 14 noya, 15:48 96
  • Dunyoga mashhur Greta Tunberg AQSHdan Ispaniyaga katamaranda yoʻlga chiqdi 14 noya, 15:23 153
  • Oʻyin oldidan. “Mirjalol Qosimov yoʻli” 14 noya, 15:00 303
  • “Rostov” PR-direktori ishdan ketdi. Karpin ham koʻplab futbolchilar qatori ketishi mumkinligini aytib oʻtdi 14 noya, 14:35 275
  • Bugun 17:00 da Oʻzbekiston - Saudiya Arabistoni oʻyini 14 noya, 14:12 246
  • Bo‘limlar