“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 08:52
ЎЗO‘Z

Markaziy bank: «Yil oxiriga qadar valyuta kursi keskin o‘zgarishi kutilmayapti»

10 okt, 16:58 766 Iqtisodiyot
Markaziy bank: «Yil oxiriga qadar valyuta kursi keskin o‘zgarishi kutilmayapti»
Foto: Yegor Aleyev/TASS
Markaziy bank 2019 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida ichki valyuta bozori to‘g‘risida qisqacha sharh e’lon qildi.

2019 yilning 9 oyi davomida ichki valyuta bozorida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan valyuta oldi-sotdi operatsiyalarining jami aylanma hajmi 24,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga (18,3 mlrd. doll.) nisbatan 1,3 barobarga oshdi.

Ichki valyuta bozorida amalga oshirilgan operatsiyalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Valyuta birjasi orqali amalga oshirilgan operatsiyalar
Valyuta birjasining banklararo savdo sessiyalarida amalga oshirilgan valyuta oldi-sotdi operatsiyalarning hajmi 15,5 mlrd. dollarni tashkil etib, bundan jami talab 7,7 mlrd. dollarga, taklif esa 4,8 mlrd. dollarga teng bo‘ldi.

Talab va taklif o‘rtasidagi 2,9 mlrd. dollar miqdoridagi tafovut Markaziy bankning sof intervensiyalari hisobiga qoplanib, yil boshidan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan monetar oltin hajmi (3,0 mlrd. doll.) doirasida bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, pul-kredit siyosatidan kelib chiqib, iqtisodiyotga qo‘shimcha kiritilgan likvidlikni sterilizatsiya qilish imkonini yaratdi.

Birjadan tashqari valyuta bozorida amalga oshirilgan operatsiyalar:

- Birjadan tashqari valyuta bozorida tijorat banklari tomonidan amalga oshirilgan valyuta oldi-sotdi operatsiyalarining jami hajmi 5,2 mlrd. dollarga teng bo‘ldi. Bunda tijorat banklari mijozlar-yuridik shaxslardan 3,0 mlrd. dollar miqdorida valyuta mablag‘lari sotib olib, o‘z navbatida ularga 2,2 mlrd. dollar miqdorida valyuta mablag‘lari sotildi. Ushbu operatsiyalar natijasida yuzaga kelgan 0,8 mlrd. dollar miqdoridagi valyuta mablag‘lari tijorat banklarining o‘z ixtiyorida qolib, ichki valyuta bozorida qo‘shimcha taklif shakllanishiga zamin yaratdi;

- Valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali tijorat banklari bilan aholi o‘rtasida amalga oshirilgan valyuta oldi-sotdi (naqd va naqdsiz shaklda) operatsiyalarining jami hajmi 3,6 mlrd. dollarga yetdi. Bunda aholidan sotib olingan valyuta mablag‘lari 2,5 mlrd. dollarni, aksincha ularga sotilgan valyuta miqdori 1,0 mlrd. dollarni tashkil etdi. Yuqoridagi kabi, aholi bilan amalga oshirilgan operatsiyalar natijasida yuzaga kelgan 1,5 mlrd. dollar miqdoridagi valyuta mablag‘lari ham ichki valyuta bozorida taklif yaratdi.

Tijorat banklarining aholi bilan valyuta oldi-sotdi operatsiyalari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 barobarga oshdi.

Shuningdek, joriy yil yanvar-sentyabr oylari davomida aholi tomonidan amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari jami aylanma hajmi 5,2 mlrd. dollarni tashkil etib, bundan 4,5 mlrd. dollar valyuta mablag‘lari respublikaga xalqaro pul o‘tkazmalar tizimi orqali kirib kelgan bo‘lsa, 0,8 mlrd. dollar aholi tomonidan chet el mamlakatlariga yuborilgan.

Xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga kirib kelgan valyuta mablag‘lar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 %ga oshdi (2018 yil yanvar-sentyabr - 3,8 mlrd. doll.).

Valyuta kursi dinamikasi
2019 yilning 9 oyida davomida milliy valyutamizning chet el valyutasiga nisbatan kursi ichki valyuta bozorida mavjud talab va taklifdan kelib chiqib 13 %ga pasaydi. Ushbu davr mobaynida valyuta kursining minimal va maksimal ko‘rsatkichi mos ravishda 8334 so‘m/doll. (yanvar oyida) va 9457 (sentyabr oyida) so‘m/dollarni tashkil etdi.

Joriy yilning avgust oyida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida almashuv kursining yangi bozor sharoitlariga moslashtirilishidan so‘ng sentyabr-oktyabr oylarida valyuta birjasida almashuv kursi dinamikasining barqarorligi kuzatilib, makroiqtisodiy sharoit va omillarni inobatga olgan holda yil yakuniga qadar keskin o‘zgarishi kutilmayapti.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Markaziy bank: O‘zbekistonda xorijiy valyutaga bo‘lgan talab nima sababdan o‘sdi? 15 fev, 13:37
  • 2018 yilda banklar tomonidan aholiga qancha dollar sotilgani ma’lum qilindi 02 fev, 19:50
  • Markaziy bank: O‘zbekiston aholisi oyiga $200-250 mln ayirboshlamoqda 08 noya, 22:12
  • O‘zbekistonda aholidan 646 mln dollar sotib olindi 10 may, 00:30
  • Xitoy valyuta zaxiralari dekabr oyida 3,01 trln dollargacha kamaydi 07 yanv, 12:09
  • So'nggi yangiliklar
  • Eriksson: "Fergyuson meni o‘ldiraman deb qo‘rqitgan" 14 okt, 08:43 42
  • O‘zbekiston Alibaba Group bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda 14 okt, 08:23 123
  • Mafiya qurboni bo‘lgan bokschi 14 okt, 07:43 570
  • Sabr tugadi: Rossiya va Turkiya dollardan voz kechdi 14 okt, 07:08 793
  • Tramp Turkiyaga qarshi «qudratli sanksiyalar» qo‘llashga tayyorlanmoqda 14 okt, 06:34 317
  • Fotoshopsiz va aqlni shoshiradigan ko‘rinishidagi 10ta surat 14 okt, 06:00 735
  • Erdo‘g‘an turk harbiylari Suriyada nima qilayotganiga izoh berdi 14 okt, 00:30 439
  • Rasul Kusherbayev: "Artel" monopoliya sari intilishda siyosiy "krыsha"ga ega bo‘ldi 14 okt, 00:02 635
  • Ozoda Saidzoda muhtaram Prezidentimiz, xalqimiz va san’atkorlardan uzr so‘rab, uni kechirishlarini iltimos qildi... 13 okt, 23:30 1 490
  • O‘zbekistonni Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shish nega kerak? 13 okt, 22:53 723
  • Bo‘limlar