“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2019, 19:59
ЎЗO‘Z

Nima uchun import mahsulotlar ichki bozorda 3‑5 barobar qimmatga sotilmoqda?

23 avg, 21:53 1 159 Iqtisodiyot
Nima uchun import mahsulotlar ichki bozorda 3‑5 barobar qimmatga sotilmoqda?
Kecha Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi majlisida import qilinayotgan mahsulotlar hajmi va unga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, import mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Iqtisodiyot va sanoat vazirligining xisoboti ham eshitildi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal innovatsion rivojlantirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar sanoatning yetakchi tarmoqlariga investitsiya kiritish uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilar salohiyatini oshirishni taqozo etmoqda. Bunda importga texnologik qaramlikni kamaytirish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Zero bu bozorda faoliyat yuritish bilan bog‘liq moliyaviy xatarlarni keltirib chiqaruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Shu jihatdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 maydagi “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori mahalliy va xorijiy bozorlarda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yo‘nalishida qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining takliflari asosida respublika tarmoqlari va mintaqalari bo‘yicha korxonalarda mahalliylashtirilayotgan mahsulotlarning (xizmatlarning) yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishni amalga oshirish, Mahalliylashtirish dasturini shakllantirish, uning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoringni ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Bu yo‘nalishda qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotgani majlisda alohida qayd etildi.

Biroq respublikamizda yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishi o‘zlashtirilayotgan bo‘lsa-da, ayrim vazirlik va idoralar, hududiy korxonalar, jismoniy shaxslar tomonidan Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga o‘xshash tovarlar va asosiy faoliyatiga xos bo‘lmagan tovarlar importini amalga oshirish davom etmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida 878,8 mln. dollarga teng bo‘lgan o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan tovarlar import qilingan. Jumladan, “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zeltexsanoat” AJ, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, Olmaliq KMK tomonidan respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga o‘xshash tovarlar importi amalga oshirilgan.

Majlisda ta’kidlanganidek, import hajmining mahsulotlar kesimidagi tahlili tashqi savdoni tarif va notarif boshqarishga ehtiyoj oshib borayotganligini ko‘rsatdi. Xususan, respublika importidagi bojxona bojlarining amaldagi tarif stavkalari o‘rtacha qiymati 5,6 foizga teng bo‘lib, mahsulotlarning 62,7 foizi uchun nol stavkalari ko‘llanilib kelinmoqda. Bu o‘z navbatida, respublikamizdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga salbiy ta’sir etib, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishdan ko‘ra chetdan tayyor mahsulotlar olib kirilishini rag‘batlantirmoqda.

Qolaversa, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan yetarli darajada nazorat olib borilmayotganligi sababli ayrim tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari mahsulotlar bojxona qiymatini kamaytirib, ba’zi hollarda esa ko‘paytirib ko‘rsatishlari natijasida import qilingan mahsulot ichki bozorda 3‑5 barobarga qimmatga sotilmoqda.

Shu kabi muammolar hamda olingan ma’lumotlar tahlilidan kelib chiqib, majlisda mahalliy ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, bozorni o‘zimizda ishlab chiqarilgan sifatli tovarlar bilan to‘ldirish, tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlarning hajmlarini oshirish, import qilinayotgan mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, ularni mahalliylashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan ijro etilishi talab darajasida emasligi qayd etildi. Xususan, nazorat yo‘qligi va tegishli choralar ko‘rilmaganligi natijasida joriy yilning birinchi yarmida tarmoq korxonalari tomonidan umumiy qiymati 340 mln. dollar bo‘lgan 8 ta ob’ekt ishga tushirilishi ta’minlanmagan.

Majlisda mavjud muammolar yechimi xususida so‘z yuritilar ekan, import qilinayotgan mahsulotlar hajmini aniqlash, ularni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning mavjud holatini har bir vazirlik va idora, mahalliy hokimiyatlar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar darajasida o‘rganib chiqib, dolzarb vazifalar yechimini ta’minlash yuzasidan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish lozimligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, bu yo‘nalishda vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida xabardorlik darajasini oshirish maqsadida “on-line” axborot almashuv tizimini joriy etish zarurligi ham aytib o‘tildi.

Majlisda ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, Qo‘mita qarori qabul qilindi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Prezident elektrotexnika mahsulotlari tannarxini kamaytirish vazifasini qo‘ydi 22 may, 16:13
  • Prezident farmoni: Oʻzbekiston 2030 yilga kelib 50 ta ilgʻor mamlakatlar qatoriga kiradi 22 sen, 07:31
  • Xorij avtomobillari davlat bojidan ozod etiladimi? 20 sen, 14:02
  • Videoselektorda mahalliylashtirish va eksport masalalari muhokamasi, kompaniyalar ogohlantirildi 20 apr, 11:55
  • Toshkent viloyatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi 19 sen, 13:11
  • So'nggi yangiliklar
  • Buyraklarni nima ishdan chiqaradi? 16 okt, 19:36 9
  • Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video sabab Turkmaniston maktablarida o‘quvchi qizlarga odob-axloq darslari o‘tilmoqda 16 okt, 19:11 231
  • Moldova bog‘lari uchun O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb qilinmoqda. Oylik 1000 $gacha 16 okt, 18:45 459
  • Rossiya OAVda Shomurodov haqidagi xabarlarga qanday izohlar qoldirilmoqda? 16 okt, 18:20 575
  • Lionel Messi 6 karra "Oltin butsa" sohibi! 16 okt, 18:11 232
  • Kim Chen In otda Pektusan tog‘iga ko‘tarildi (foto) 16 okt, 17:57 281
  • Endi fuqarolar propiskasidan qat’iy nazar istalgan bankdan kredit olishlari mumkin 16 okt, 17:33 303
  • Jahongir Otajonov videomurojaat qildi: «Bundan juda xursandman» (video) 16 okt, 17:19 757
  • Jahongir Otajonov, Abdulla Qurbonov va yana ikki san’atkorning litsenziyasi qaytarib berildi 16 okt, 17:13 616
  • Hayratlanarli faktlarni yoqtiruvchi insonlar uchun 11 ta fakt (foto) 16 okt, 16:52 438
  • Bo‘limlar