“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 17:39
ЎЗO‘Z

Qimirlamasdan ozishni istovchilar uchun olti qoida

05 noya, 22:04 1 555 Hayot tarzi
Qimirlamasdan ozishni istovchilar uchun olti qoida
Foto: «Kakprosto.ru»
Mutaxassislar jismoniy mashqlarni bajarishga vaqti yo‘qlar uchun ozishning olti usulini ma’lum qildi, deb yozadi «Xabar» nashri.
Taomnomada oqsilga boy mahsulotlarni ko‘paytirish orqali ortiqcha vazndan qutulish mumkin. Gap faqat go‘sht va baliqda emas, yong‘oq, tofu, urug‘, dukkaklilar haqida ketmoqda.

Shuningdek, ozishni xohlovchilar shirin ichimliklardan bosh tortishi shart. Ularning tarkibida kaloriya ko‘p, lekin ozuqaviy qiymatga ega emas.

Uchinchi usul – to‘xtab-to‘xtab ovqatlanish tartibi. Bunda odam har kuni muayyan vaqtda ovqatlanadi. Masalan, sakkiz soat davomida kunlik me’yordagi kaloriyani tanovul qiladi, qolgan vaqtda umuman hech nima yemaydi. Yoki haftasiga uch kun kaloriyaga bo‘lgan kunlik ehtiyojning chorak qismini iste’mol qiladi.

Yana ekspertlar stressni kamaytirishni ham maslahat berishadi. Chunki u tamaddi qilish xohishini chaqiradi. Samarali ozish uchun yana bir qoida – tuniga to‘yib uxlash: kamida sakkiz soatni uyquda o‘tkazish kerak.

Shunga qaramay, jismoniy faollikdan butkul voz kechish yaxshi emas. Negaki, bu albatta trenajyor zaliga qatnash yoki sport bilan shug‘ullanishni anglatmaydi. Piyoda yurish yoki zinadan ko‘tarilish ham yetarli.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Sportsiz ozish usuli topildi 04 noya, 16:40
  • Yong‘oqni ko‘p yesa nima bo‘ladi? 30 avg, 16:12
  • Britaniyalik olimlar ozishning yangi usulini kashf qildilar 01 sen, 08:58
  • Sog‘lomlashtiruvchi va ozdiruvchi usul 05 fev, 23:01
  • Ozishni istaysizmi? Fitnes trenerdan super tavsiyalar! 15 okt, 15:49
  • So'nggi yangiliklar
  • Intelektual mulk strategiyasi... 14 noya, 17:00 12
  • O‘zbekistonda VAR tizimi 2021 yildan joriy etiladi 14 noya, 16:52 46
  • Toshkent viloyatida 2019 yil paxta hosili yig‘im-terimining borishi to‘g‘risida 14 noya, 16:38 100
  • XVJ: Oʻzbekiston Qozogʻistonning raqobatchisiga aylanyapti 14 noya, 16:35 142
  • Prezidentning sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi 14 noya, 16:12 129
  • Ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish masalalari 14 noya, 15:48 96
  • Dunyoga mashhur Greta Tunberg AQSHdan Ispaniyaga katamaranda yoʻlga chiqdi 14 noya, 15:23 153
  • Oʻyin oldidan. “Mirjalol Qosimov yoʻli” 14 noya, 15:00 303
  • “Rostov” PR-direktori ishdan ketdi. Karpin ham koʻplab futbolchilar qatori ketishi mumkinligini aytib oʻtdi 14 noya, 14:35 275
  • Bugun 17:00 da Oʻzbekiston - Saudiya Arabistoni oʻyini 14 noya, 14:12 246
  • Bo‘limlar