“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2019, 02:40
ЎЗO‘Z

Ozish uchun suvni qanday ichish kerak?

04 noya, 18:25 1 889 Hayot tarzi
Ozish uchun suvni qanday ichish kerak?
Siyqasi chiqib ketgan maslahatlarga ko‘ra, siz kuniga 8 stakan suv ichishingiz kerak, ya’ni 1600-2000 ml. Umuman olganda, bunday emas. Mutaxassislar suyuqlik iste’mol qilishning yagona qat’iy qoidasi bo‘lishi mumkin emasligi, chunki u har bir holat uchun alohida ko‘rib chiqiladigan ko‘plab omillarga bog‘liqligini ta’kidlashadi. Masalan, kun davomida tanovul qilinadigan oziq-ovqat, ob-havo, kiyim-kechak, ichak faoliyati, emizish davri va boshqalar.

Ozish uchun qay yo‘sindagi suv iste’moli to‘g‘ri keladi?
Katta yoshli va yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekuvchi insonlar uchun bir muncha kam miqdordagi suv talab etiladi. Ularning kunlik me’yori — taxminan 1 litr, bundan oshsa yurakka kuchli yuklama tushishi mumkin. Faol hayot tarzida yashovchilar uchun esa hatto 2,5 litr miqdori ham yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Suvni qanday ichish kerak?
O‘zingiz uchun kunlik suv me’yorini aniqlash formulasi: 1 kg tana vazniga 30 ml suv. Ammo formula «ishlashi» uchun siz uchun mos keluvchi mukammal tana vaznini aniqlashingiz kerak. Bu nima degani? Aslida vaznning uzunlikka nisbatan «munosib» deb e’tirof etilgan nisbati mavjud. Masalan, agar siz 160 sm balandlikdagi ayol bo‘lsangiz, siz uchun mukammal vazn 50-60 kg.ni tashkil etadi, xuddi shunday bo‘ydagi erkak 55-60 kg tosh bosishi kerak. «Ideal» parametrlarni Solovev indeksi orqali hisoblash mumkin (Google yordamga keladi).

Suv qachon ichish kerak?
Olimlar o‘tkazilgan bir qator tadqiqotlardan so‘ng shunday qarorga keldilarki, ovqat tanovulidan yarim soat oldin ichilgan 500 ml suv inson ochligini qondiradi, kamroq taomlanishga, natijada yanada semirmaslikka va avval yig‘ilgan vaznni yo‘qotishga sabab bo‘ladi.

Ushbu suv bilan vazn yo‘qotish usulining afzalligi shundaki, u oddiy va bepul. Har bir inson o‘zining sog‘ligiga xavf tug‘dirmaydigan tarzda bu usulni sinab ko‘rishi mumkin.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Yanada ko‘proq suv ichish uchun 10 ta sabab 27 dek, 20:08
  • Suvni qachon ichgan ma’qul? 04 noya, 00:30
  • Britaniyalik olimlar ozishning yangi usulini kashf qildilar 01 sen, 08:58
  • O‘zbekistonda jaziramadan qanday saqlanish mumkin? 22 iyun, 22:57
  • Qachon suv ichish mumkin: ovqatdan oldinmi, ovqat mahalimi yoki ovqatdan keyinmi? 24 yanv, 13:40
  • So'nggi yangiliklar
  • 2019 yilning so‘nggi premeralari (video) 20 noya, 00:16 162
  • Falastin bosh murabbiyi O‘zbekistonga mag‘lub bo‘lish sababini aytdi 19 noya, 23:59 281
  • Coca-Cola haqida qiziqarli ma’lumotlar 19 noya, 23:50 298
  • Xotira turlari haqida ma’lumotga ega bo‘ling 19 noya, 23:26 157
  • “Dubai Cup-U23”. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi 19 noya, 23:14 233
  • Gucci brandining tarixi haqida 19 noya, 22:38 235
  • Zelenskiyning o‘zbekistonlik qiyofadoshi Ukraina prezidenti rolini ijro etadi 19 noya, 22:15 498
  • Amerikadagi qullik tarixi 19 noya, 21:51 374
  • Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda 19 noya, 21:28 1 141
  • Livanda namoyishchilar parlament binosiga olib boruvchi yo‘llarni yopib qo‘ydi (video) 19 noya, 21:05 164
  • Bo‘limlar