“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 09:00
ЎЗO‘Z

Eng zararli non fosh etildi. Non tanlashda adashmang!

07 okt, 14:02 3 038 Hayot tarzi
Eng zararli non fosh etildi. Non tanlashda adashmang!
Foto: «Yandeks»
Shifokor-diyetolog Yelena Solomatina «Vechernyaya Moskva»ga bergan intervyusida inson tanasi uchun qaysi non eng foydali va eng zararli ekanini aytadi.
Mutaxassis foydali nonlar orasida birinchi o‘ringa javdar nonni qo‘yadi.

— Biroq ko‘pincha qadog‘iga katta harflar bilan javdar non deb yozib qo‘yilgan mahsulot tarkibida javdar un bo‘lmaydi yoki juda kam miqdorda solinadi. Aldanib qolmaslik kerak. Ishlab chiqaruvchilar bug‘doy uni va bo‘yoqdan foydalanishadi, — deydi Solomatina.

Non oliy navli undan tayyorlanmagani ma’qul: tozalanmagan, ikkinchi nav yoki javdar un ayni muddao.

Diyetologning so‘zlariga ko‘ra, non tanlayotganda, eng avvalo, tarkibiga e’tibor qaratish zarur — qancha oddiy bo‘lsa, shuncha yaxshi. Un, suv va tuzdan tayyorlangan non eng maqbuli hisoblanadi. Solomatina Sharq noni — lavash, puri kulchasi va O‘rta yer dengizi pitasini misol tariqasida keltirdi.

— «Mazali» seryog‘ xamir odatda tarkibiga margarin yoki pazandalik yog‘lari qo‘shilganidan dalolat. Foydali nonda gidrogeniz yog‘lari bo‘lmaydi. Transyog‘lar ko‘pgina kasalliklarni chaqiradi. Chiroyli do‘mboq bulkalarni tanlashda ehtiyot bo‘lish kerak. Odatda yog‘ va shirinlik qo‘shilgan xamir tarkibida qand bo‘ladi. U qonda glyukoza miqdorini oshiradi. Shundan so‘ng tana insulin ishlab chiqaradi. Glyukoza darajasi pasayadi, biz yana yeyishni xohlaymiz. Energiya hosil qilmagani yog‘ga aylanadi, — deydi Solomatina.

Shifokorning ta’kidlashicha, sun’iy qo‘shimchalar bilan to‘yintirilgan oq non insulin rezistentligini va 2-tip diabetni qo‘zg‘aydi. Turli qo‘shimchalar haqiqatan mahsulot mazasini o‘zgartiradi, lekin ularni foydali deb bo‘lmaydi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Yurak uchun "eng foydali mahsulotlar" ma’lum qilindi 28 yanv, 09:23
  • Tuxumning qay biri foydali: oqimi yoki jigarrangi? 08 dek, 13:10
  • Ozishga yordam beruvchi nonlarning 4 turi 19 mar, 16:35
  • Qozog‘iston O‘zbekistonning uchinchi yirik savdo sherigiga aylandi 24 dek, 13:10
  • Tuxumning qay biri foydali: oqimi yoki jigarrangi? 22 iyun, 23:32
  • So'nggi yangiliklar
  • Eriksson: "Fergyuson meni o‘ldiraman deb qo‘rqitgan" 14 okt, 08:43 42
  • O‘zbekiston Alibaba Group bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda 14 okt, 08:23 123
  • Mafiya qurboni bo‘lgan bokschi 14 okt, 07:43 570
  • Sabr tugadi: Rossiya va Turkiya dollardan voz kechdi 14 okt, 07:08 793
  • Tramp Turkiyaga qarshi «qudratli sanksiyalar» qo‘llashga tayyorlanmoqda 14 okt, 06:34 317
  • Fotoshopsiz va aqlni shoshiradigan ko‘rinishidagi 10ta surat 14 okt, 06:00 735
  • Erdo‘g‘an turk harbiylari Suriyada nima qilayotganiga izoh berdi 14 okt, 00:30 439
  • Rasul Kusherbayev: "Artel" monopoliya sari intilishda siyosiy "krыsha"ga ega bo‘ldi 14 okt, 00:02 635
  • Ozoda Saidzoda muhtaram Prezidentimiz, xalqimiz va san’atkorlardan uzr so‘rab, uni kechirishlarini iltimos qildi... 13 okt, 23:30 1 490
  • O‘zbekistonni Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shish nega kerak? 13 okt, 22:53 723
  • Bo‘limlar