“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2019, 16:01
ЎЗO‘Z

Yoshligidan Islomdan ilhomlangan Peter Shyutt hikoyasi

08 sen, 10:43 870 Hayot tarzi
Yoshligidan Islomdan ilhomlangan Peter Shyutt hikoyasi
Peter Shyutt – nemis jurnalisti va yozuvchisi. 1939 yilda tug‘ilgan va ko‘p yillar o‘tgach, Gamburg Islom markazida imonga keldi. U bir nechta asarlar muallifidir va siyosiy faolligi bilan ham tanilgan.

Haq dinni qidirish
Umrimning yarmidan ko‘pini haq dinni izlab o‘tkazdim. Men lyuteranlar oilasida tug‘ilganman. Lyuteranlik bilan bug‘ib tashlangan tor uyimdan uzoqlashdim va o‘n to‘qqiz yoshimda katolik bo‘ldim. Men ma’naviy sokinlikni izlardim. Aslida bu hayotimda jiddiy o‘zgarishga olib kelgan qaror edi. Chunki men bilgan dinlar qalb bo‘shlig‘ini to‘ldirmayotganini anglagan edim. O‘ttiz yil o‘tgach, Islomni qabul qildim. Ammo endi Islom bo‘shliq emas, ruh sokinligi manbasi edi.

Ha, bu mening ruhiy yetuklik va haqni anglash yo‘lidagi ko‘p yillik izlanishlarim natijasi bo‘ldi.

Islomiy ibodatlarga sodiqlik
Aslida Islom meni bolaligimdan maftun qilgan. Men urushdan keyingi Germaniyada kichik bir qishloqda katta bo‘lganman. Germaniyaning biz istiqomat qilayotgan qismi Buyuk Britaniyaning istilo zonasiga tegishli bo‘lib bu joylarda Britaniya Hindistonidan kelgan musulmon askarlar ham bor edi. Musulmon askarlar bolalarga juda mehribonligi bilan ajralib turardi, ko‘pincha ular bizni xurmo va anjir bilan siylashar edi. Biz askarlarning ibodatlarini kuzatib, ta’sirli duolarini tinglardik. Shu sababdan islomiy ibodat qoidalariga rioya qilish haqidagi bolalik xotiralari meni umr bo‘yi tark etmadi.

Haj ziyorati hikoyalari
Men o‘z qishlog‘imdan unchalik uzoq bo‘lmagan eski cherkovda Islomga qiziqadigan nemislar haqida bilib oldim. Cherkov ruhoniysi menga Islomni o‘rgangan mashhur nemislar haqida gapirib berdi. Masalan, taniqli nemis shoiri Gyote, Karsten Niburani birinchi bo‘lib haj ibodatini ado qilgan nemis sifatida e’tirof etgan.

Ushbu hikoyalar qalbimni hayajon va qiziqish bilan to‘ldirardi va men Makka deb nomlangan muqaddas maskan haqida o‘ylardim, nimaga odamlar u yerga borish uchun uzoq va mashaqqatli safarga chiqishi meni hayratlantirar edi.

Ozodlik ilohiyoti
Universitetda o‘qiyotganda ham men Islom bilan doimiy aloqada bo‘lib, diqqatimni ekzotik Sharqning san’ati va madaniyatini o‘rganishga qaratdim. Talabalar turar joylarida Eron, Misr va Nigeriyadan kelgan musulmon talabalar yonida yashardim va biz uzoq kechalar din va e’tiqod to‘g‘risida bahslashardik. Bundan tashqari, yotoqxonada dinlararo muloqot forumlarini tashkil etardik.

O‘sha paytda men Islomga uchinchi dunyo xalqlarini ozod qilish ilohiyoti sifatida qaraganman. Talabalar shaharchasidagi afro-musulmon do‘stlarim Hermann fon Bissmannga qo‘yilgan haykaltaroshlik yodgorligini buzishga meni ilhomlantirgan. U Sharqiy Afrikada nemis mustamlakachisi bo‘lib, qonxo‘rligi bilan mashhur bo‘lgan. Men siyosiy faol edim va talabalar namoyishlarida qatnashdim.

Mening masjidim
1991 yilda nihoyat shahodat kalimalarini keltirdim. Gamburgning Alster ko‘li yaqinidagi Islom markazi mening masjidimga aylandi. Bu nafaqat ibodat uchun joy, balki turli xil tadbirlar o‘tkaziladigan maskandir.

Dinlararo muloqotlar va munozaralar markazning muhim va muntazam tadbirlaridan biridir. Ushbu markazga Islom haqida suhbatlashish uchun dunyoning turli burchaklaridan ma’ruzachilar kelishadi. Ustozim Mehdi Razviy menga Islomni qabul qilgan ilk kunlarimda juda ko‘p yordam berdi.

Allohga yetish sabr-toqatni talab qiladi
Oxir-oqibat Islomga kirishim uchun umrimning yarmidan ko‘pi o‘tdi. Biroq men oxirigacha yetib bordim deb hisoblamayman. Men Islomga keldim va bu butunlay yangi sayohatdir.

Albatta, shahodat kalimalarini aytganingizdan so‘ng musulmon bo‘lasiz. Ammo butun qalbing va shuuring bilan haqiqiy musulmon bo‘lish uchun faqat imon kalimalarini keltirish kamlik qiladi.

Haqiqiy musulmon bo‘lish uchun umr bo‘yi o‘rganish jarayonida bo‘lishingiz lozim. Islom shunday dinki, agar ixlosli bo‘lsangiz, siz uchun har kuni qalb yangiligi bor va har kuni nimanidir yangidan boshlashingiz kerak. Buning uchun sabr va qat’iyat kerak. 1967 yilda ustozim Islom markazimizda Qur’on tafsirini o‘qitishni boshlagan. Uning vorisi, ya’ni men hali ham butun Qur’onni tugatmadim. Tushunish uchun vaqt kerak.

Men musulmon bo‘lib dunyoga kelmadim va meni hech kim musulmon bo‘lishga majbur qilmadi. Shuningdek, men bir kechada musulmon bo‘lib qolganim yo‘q. Haqiqatni izlash uzoq vaqt davom etdi. Inshaalloh, Alloh nasib qilsa, hayotimning har bir yangi kuni bilan haqiqatga yaqinlashaman.
Hamid Sodiq tarjimasi

Manba: Azon.uz

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Kraystcherchlik bangi teraktdan so‘ng Islomni qabul qildi 18 apr, 15:43
  • Yaponiyalik juftlik shahodat keltirib, Islom dinini qabul qilishdi 28 dek, 08:57
  • «Islom ota bobolardan meros bo‘lib kelayotgan madaniyat emas!» 19 dek, 07:30
  • Lord Xedli (Angliya): «Biz nega musulmon bo‘ldik?!» 23 may, 19:11
  • Buyuk Britaniyalik ministr islom dinini qabul qilib, haj amalini ado etdi 19 sen, 11:51
  • So'nggi yangiliklar
  • Tibbiyot sohasidagi uchta muhim strategik muammo ma’lum qilindi 22 sen, 15:43 266
  • UFC va professional boks orasida ochiq raqobat boshlanadi, shekilli... 22 sen, 15:13 173
  • Post-patrul xizmati xodimi Feysbukda 2,5 mingta layk oldi (video) 22 sen, 14:47 408
  • Navoiyda Afg‘onistonda yashayotgan etnik o‘zbeklar uchun kitob yig‘ildi 22 sen, 14:20 156
  • Rossiya matbuoti: Ravon yana 8 ta yangi model ishlab chiqarmoqchi 22 sen, 13:53 379
  • O‘zbek shifokorining yozuvini nega o‘qib bo‘lmaydi? 22 sen, 13:20 687
  • Armanistonlik ayolda koʻz yoshi oʻrniga kristall hosil boʻlmoqda (video) 22 sen, 12:50 628
  • Aholiga naqd xorijiy valuta sotila boshlandi: bu yog‘i nima bo‘ladi? 22 sen, 12:17 862
  • Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha 10 yillik shartnoma imzoladi 22 sen, 11:46 211
  • Ikkinchi va uchinchi yo‘nalish uchun ham super-kontraktga ruxsat berildi 22 sen, 11:20 454
  • Bo‘limlar