“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2020, 12:31
ЎЗO‘Z

Suhbatdoshingiz sizni aldayotganini aniqlashning 8 yo‘li

20 may, 07:01 5 716 Hayot tarzi
Suhbatdoshingiz sizni aldayotganini aniqlashning 8 yo‘li
Odamlar aldaydi. O‘zlarining manfaatlari yo‘lida doimo aldab kelishgan. Tadqiqotlarga qaraganda, 60 foiz odam 10 daqiqa suhbat davomida 3 marotaba yolg‘on ishlatishi mumkin, deb yozadi Sof.uz nashri. Aldoqchilarning ko‘p qismini osongina aniqlab olsa bo‘ladi. Quyida ayrimlari bilan tanishtiramiz.

1. Og‘zini yoki tananing nozik joylarini yashirishga harakat qiladi
Yolg‘onchi og‘zini berkitadi yoki lablarini tez-tez ushlab qo‘yadi. Bu g‘ayri ixtiyoriy ravishda munosabatni to‘xtashini, nozik joylar: boshi, qorni, bo‘yini yashirish esa hujumga o‘tishga shaylanishini belgilari hisoblanadi.

2. Takrorlash va ko‘p tafsilotlarni aytishi
Yolg‘onchiga jimlik yoqmaydi, shuning uchun suhbatning har bir soniyasini keraksiz gaplar bilan to‘ldirib turadi. Bu bilan suhbatdoshini gapga aloqasi bo‘lmagan so‘zlar bilan ishontirishga urinadi.

Bir narsani juda ko‘p takrorlash yolg‘onchiga xos xislat. Shu orqali fikrini bir joyga to‘plab olish uchun vaqtdan yutmoqchi bo‘ladi.

3. Chekinishga urinadi
Aldov odamni beixtiyor qochishga undaydi. Shuning uchun yolg‘onchi tik turgan bo‘lsa, eshik oldiga yaqin turib oladi, agar o‘tirgan bo‘lsa, chiqish yo‘li tomon qarab turadi. Sustlashib turgan suhbatdosh birdaniga tetiklashib qolishi ham yolg‘on so‘zlab, chekinishni boshlayotganidan darak beradi.

4. Tananing harakati bilan so‘zlarida farq bo‘ladi
Yolg‘onning aniq belgilaridan biri — so‘zlaridagi qarama-qarshilik va ixtiyoriy bo‘lmagan xatti harakatlar. Misol uchun, kimdir hayotida yuz bergan fojiali voqeani so‘zlayotgan paytida kulishi, jo‘shqin va harakatchan tutishi.

5. Nafas olishining o‘zgarishi
Aldayotgan odam beixtiyor, og‘ir nafas oladi, chunki yolg‘on yurak urishini o‘zgartirib yuboradi. Yolg‘on gapirilayotganda og‘iz quriydi va gapirish qiyinlashadi, bu esa organizmning yolg‘onga qarshi bo‘lgan reaksiyasi hisoblanadi.

6. «Ko‘z o‘ynashi»
Bir yo‘nalishga yo‘naltirilgan nigoh har doimo yolg‘ondan darak bermasligi mumkin. Agar siz yaxshi bilgan suhbatdoshingizni ko‘zlari o‘zgacha ravishda «o‘ynab qolsa» — yolg‘ondan dalolat.

Yolg‘onchini ko‘zlari orqali aniqlashning usullari mavjud: doimo eshik tomonga qarab turishi, uning aldayotganligi ehtimoldan holi emas.

7. Tajovuzkorlik
Eng yaxshi himoya — hujumga o‘tish. Shuning uchun ham yolg‘onchi bexosdan o‘zi bilmagan holda g‘azablanib ketishi mumkin. Bundan tashqari g‘ayrioddiy mijja qoqmay tikilib turish ham yolg‘on belgisi. Bu bilan u o‘zini rost gapirganday tutadi, lekin bu holati bilan qo‘rquv uyg‘otadi va o‘zini sotib qo‘yadi.

8.Asabiylashadi
Haddan ortiq besaramjon bo‘lish yolg‘ondan darak beradi. Stulda tinch o‘tirmaslik, doimo sochlarni ushlash, qo‘l va oyoqlarning beo‘xshov harakatlari. Ayniqsa oxirgisi:agar odam oyoqlarini ko‘p harakatlantirsa, demak qochishga hozirlanayotgan bo‘ladi. Beixtiyor xavfni seza boshlaydi.

Muhim aniqlik
Birortaning yolg‘onini fosh qilmoqchi bo‘lsangiz, uning harakatlariga e’tibor bering, yuqorida ko‘rsatilgan harakatlarni sezsangiz suhbatdoshingizni yolg‘onchiga chiqarishga shoshilmang, balki tabiatan besaramjon, pitir-pitir yoki ruhan nosog‘lom bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari vaziyat aksi bo‘lib, u sizni hech qanday belgilarsiz alday olish ehtimoli bo‘lishi mumkin. Telba yoki maxsus tayyorgallikdan o‘tgan odamlar shunday xususiyatga ega bo‘ladi, chunki ular yolg‘ondan hayajonga tushmaydilar vijdonlari qiynalmaydi.

Trevis Bredberi (Travis Bradberry​)
Psixolog, «Emosional aql 2.0» kitobinning mualliflaridan, TalentSmart​ kompaniyasi tashkilotchilaridan biri

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Yolg‘onchiga yor bo‘lganlar uchun 27 apr, 16:10
  • O‘zingizdan uzoq tutishingiz kerak bo‘lgan 4 turdagi odamlar 06 apr, 09:34
  • Aqlli odamning o‘n sakkiz alomati 13 mar, 09:12
  • Kim qanday aldaydi? 26 noya, 19:26
  • Odamlarga ishonasizmi? 09 noya, 23:07
  • Odamlarga ishonasizmi? 22 iyun, 23:17
  • So'nggi yangiliklar
  • Bobir Abdixoliqov guruh bosqichidagi o‘yinlar, BAA va boshqalar haqida 18 yanv, 12:20 62
  • Abdulla Aripov: O‘zbekistonda yangi aviakompaniya tashkil etiladi 18 yanv, 12:07 116
  • O‘zLiDep bosh vazirlikka Abdulla Aripov nomzodini ko‘rsatdi 18 yanv, 11:55 127
  • BAA murabbiyi: Biz uchun O‘zbekistonga qarshi o‘yin bu top darajadagi bahs 18 yanv, 11:37 281
  • Lyubinko Drulovich BAAga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi? 18 yanv, 11:32 310
  • Davlat xizmatida xodimlar rotatsiyasi korrupsiyaga qarshi kurash usuli sifatida 18 yanv, 11:17 181
  • Shohjahon Ergashev raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi (video) 18 yanv, 10:54 353
  • Oyatulloh Xominaiy 8 yil ichida ilk bor maviza o‘qidi 18 yanv, 10:30 324
  • Gvardiola: “Vaqtlari bo‘lganida ular birga tushlik qilishadi” 18 yanv, 10:11 255
  • O‘zbekistonlik futbolchi Portugaliya klubiga o‘tdi 18 yanv, 09:53 648
  • Bo‘limlar