“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 04:43
ЎЗO‘Z

Yosh boladan mas’uliyatni talab qilish kerakmi?

25 fev, 15:42 5 815 Hayot tarzi
Yosh boladan mas’uliyatni talab qilish kerakmi?

Ota-onalar ko‘pincha bolani «hamma narsani tushunadigan», ammo dangasaligi yoki qaysarligi tufayli bu narsalarni qilmaydigan kichik «katta odam» deb hisoblaydi. Natijada boladan u o‘z yoshining alohida xususiyatlaridan kelib chiqib qodir bo‘lmagan narsalarni talab qiladi.

Ikki yoshgacha bo‘lgan bola o‘z harakatlari va ular keltirib chiqargan oqibatlar o‘rtasidagi aloqani anglay olmaydi. Uning uchun har qanday oqibat «to‘satdan bo‘lgan holat» hisoblanadi. U onasi va boshqa yaqin kishilari qanday reaksiya ko‘rsatishiga qarab mo‘ljal oladi va ko‘p marta salbiy munosabatni keltirib chiqargani uchun, qilish kerak bo‘lmagan xatti-harakatlarni bilib ola boshlaydi. Tashqi ko‘rinishi uchun ham, o‘yinchoqlari uchun ham chinakam mas’uliyat hali bo‘lmaydi, shunday ekan, uni talab qilish ham kerak emas.

2—3,5 yoshda ko‘pchilik bolalarda «uch yosh inqirozi» deb ataluvchi davr bo‘lib o‘tadi. Bunda bolaning xulqi ko‘pincha provokasiyaga o‘xshaydi: u taqiqlarni bilgan holda, «mumkin bo‘lmagan» narsa haqiqatan ham mumkin emasligini «tekshirib ko‘radi». Ushbu davrda maqbul deb topiladigan va tanbeh beriladigan xatti-harakatlar o‘rtasida chegara chiziladi.

Bola inqirozni boshidan kechirayotgan vaqtda u butunlay mas’uliyatsiz bo‘lib qolgandek ko‘rinishi mumkin. Qo‘rqish va bola mutlaqo «aynibdi», endi mas’uliyatsiz odam bo‘lib etishadi deb o‘ylash kerak emas. Bu davr o‘tgach, bolaning shaxsiyatidagi o‘sish yaqqol ko‘rinadi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Uy sharoitida semirish uchun nima qilish kerak? 17 apr, 17:37
  • Ovqatlangandan keyin nimalar qilish mumkin emas? 02 mar, 09:22
  • Uzoq yashash uchun nima qilish kerak? 27 fev, 21:40
  • Sog‘liq uchun qanday pishloqlar foydali? 24 fev, 15:24
  • Sog‘liq uchun zararli odatlardan qanday qutulish mumkin? 19 fev, 17:11
  • Sochlarni uyda bo‘yash uchun nimalarni bilish kerak? 08 fev, 07:14
  • So'nggi yangiliklar
  • Yoqtirgan mevangizni tanlang va o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotga ega bo‘ling 14 noya, 00:17 249
  • Islom Ahmedovdan terma jamoamizga oid fikr va mulohazalar 13 noya, 23:55 199
  • Madam Bovari sindromi nima? Uning qanday alomatlari bor? 13 noya, 23:30 226
  • 8 yoshli meksikalik qiz quyosh suv isitgichini ixtiro qilgani uchun Yadro ilmi mukofotiga sazovor bo'ldi 13 noya, 23:06 268
  • O‘zbekistondan «yakkashox» chiqadimi? 13 noya, 22:43 635
  • "Talabalar olayotgan stipendiya xattoki kartoshka sotib olishga ham yetmaydi"- O‘zXDP 13 noya, 22:20 408
  • 2019 yilning eng chiroyli​ archalari qayerda yasatilgan edi? 13 noya, 21:56 247
  • «O‘rgimchak-odam» Alen Rober Parijdagi 152 metrlik binoni zabt eta olmadi 13 noya, 21:32 265
  • Kunduzgi uyquning zararli tomonlari ma’lum qilindi 13 noya, 21:04 546
  • «Aytsam – o‘ldirurlar, aytmasam – o‘lam...» yoxud Karim Bahriyev 20 yil avval nima degandi? 13 noya, 20:36 1 172
  • Bo‘limlar