“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2020, 08:57
ЎЗO‘Z

Qulog‘i eshitmaydigan Hindistonlik qiz "Miss and Mister Deaf India" tanlovi g‘olibasiga aylandi

06 dek, 08:00 892 Dunyo
Qulog‘i eshitmaydigan Hindistonlik qiz "Miss and Mister Deaf India" tanlovi g‘olibasiga aylandi
Dudeja 1995 yil 29 avgustda Uttar Pradesh shtatida tug‘ilgan. Uning otasi, Ved Parkash Dudeja temir yo‘llarni rivojlantirish bo‘yicha ma’muriyat raisining o‘rinbosari, onasi esa G‘oziyobodlik Punam Dudeja uy bekasidir.

Afsuski, Nishtaning ikki qulog‘i ham eshitmaydi. Bu tug‘ma kasallik edi. Biroq, uning ota-onasi bu haqda qizaloq 3 yoshga to‘lgandagina payqashgan. U eshitish vositalaridan foydalanishni boshladi va nutq terapiyasi darslarini o‘rgandi. Nishta nutqini va tilini rivojlantirish uchun juda ko‘p harakat qilish kerak edi. Hutq terapevtining maslahati bilan uni oddiy maktabga yuborishdi.

Dudeja "Kendriya Vidyalaya Gole Market up" da 10-sinfgacha o‘qigan. Badiiy yo‘nalishda o‘qishiga qaramay, unga bitiruv yilida tijorat sohasini taklif qilishdi va Dehli universitetining "Shri Venkatesvara" kollejida savdo-sotiq bo‘yicha bakalavr diplomini oldi. Hozirda u Mumbaydagi "Mithibai" kollejida iqtisodiyot magistri unvoniga sazovor bo‘lmoqda.

Hindistonlik yosh qiz, 2018 yil 24-26 fevral kunlari Jaipur shahrida bo‘lib o‘tgan "Miss and Mister Deaf India" tanlovida ishtirok etdi. Butun Hindiston karlik san’ati va madaniyati jamiyati (AIDACS) homiyligida bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu tanlovda Nishta Dudeja 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, u tanlov davomida "eng yaxshi soch turmagi" mukofotiga ham sazovor bo‘lgan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Umidjon Salimov vazir o‘rinbosariga aylandi 12 yanv, 08:21
  • Hindistonda chaqaloq suv parisi dunyoga keldi 10 dek, 14:09
  • Manushi Chxillar: Hindistonlik “Dunyo go’zali” haqida nimalarni bilamiz? (foto) 20 noya, 15:56
  • Hindistondagi temir yo‘l falokati qurbonlari soni 20 kishiga etdi 19 avg, 23:23
  • Hindistonda yuragi tashqarida joylashgan qizaloq dunyoga keldi 11 apr, 21:25
  • So'nggi yangiliklar
  • Harvard universiteti Qur’on oyatini adolatning eng yaxshi e’tirofi deb topdi 24 yanv, 08:28 130
  • Qo‘lga olingan shaxslar himoyasi uchun yangi loyiha ishlab chiqildi 24 yanv, 08:00 138
  • Ukraina aholisi rekord darajada qisqarib bormoqda 24 yanv, 07:31 544
  • Insonga yuqtirilgan koronavirusning dastlabki belgilari qanday? 24 yanv, 07:01 584
  • Greypfrut ozishga yordam berishi mumkin 24 yanv, 06:30 184
  • O‘zbekistondagi bankomatlardan 2019 yilda qancha pul yechib olingani ma’lum qilindi 24 yanv, 06:00 266
  • Bokira go‘zallik: Qoraqalpog‘iston sahrosidan maftunkor suratlar 24 yanv, 00:23 892
  • "Umid avto lizing" yuzlab fuqarolar umidini puchga chiqardi 24 yanv, 00:02 1 244
  • Xitoydagi yangi koronavirus manbai aniqlandi 23 yanv, 23:40 1 976
  • Rossiya va Belarusda yagona valyuta qachon joriy etilishi ma’lum bo‘ldi 23 yanv, 23:20 965
  • Bo‘limlar