“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2019, 07:33
ЎЗO‘Z

Nyu-York sudi Trampga 2 mln dollarlik jarima soldi

08 noya, 23:50 837 Dunyo
Nyu-York sudi Trampga 2 mln dollarlik jarima soldi
Nyu-York shtati oliy sudi AQSh prezidenti Donald Trampga 2016 yilgi prezident saylovlari kampaniyasi vaqtida o‘z xayriya jamg‘armasidan foydalangani uchun notijorat tashkilotlariga tovon puli sifatida 2 mln dollar to‘lab berish majburiyatini qo‘ydi. Bu haqda shtat bosh prokurori Letitsiya Jeyms tvitterda ma’lum qildi.

CNN telekanalining xabar berishicha, 2018 yil iyunda sudga berilgan da’vo arizasida Tramp va uning farzandlari - Donald, Ivanka va Erik Donald J.Trump Foundation jamg‘armasi maqomini suiiste’mol qilib, AQShning va shtatning saylov kampaniyalarini moliyalashtirish haqidagi qonunlarini buzishgan.

Ta’kidlanishicha, Tramp saylovoldi shtabi 2016 yil fevralda Ayova shtatida harbiy faxriylarni qo‘llab-quvvatlovchi xayriya tashkilotlariga grant sifatida mablag‘lar to‘plagan. Biroq to‘plangan mablag‘lar Trampning siyosiy manfaatlari yo‘lida sarflangan.

AQSh prezidentiga solingan 2 mln dollarlik jarima 8 ta notijorat kompaniyasi o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Tramp 2018 yil dekabrda sud bilan kelishuvga borish doirasida o‘z jamg‘armasini yopishga rozi bo‘lgan.

Tramp “Nyu-York bosh prokurori sud bilan kelishuv mohiyatini siyosiy maqsadlarda ataylab buzayotganini, jamg‘armasi tomonidan to‘plangan barcha pullar esa xayriya maqsadlarida ishlatilganini aytgan. “Men xayriya maqsadlariga bunday katta pullarni o‘tkazib, Nyu-York shtatining siyosiy fitnachilari tomonidan malomatlarga uchrashi mumkin bo‘lgan o‘zim biladigan, balki ehtimol tarixdagi yagona odamman”, deb aytgan Tramp.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Trampga bir milliard dollar kerak 15 apr, 15:40
  • Tramp o‘z portretini xayriya puli evaziga 10 000 dollarga sotib oldi 30 okt, 22:40
  • Tramp aktyor Arnold Shvarseneggerni tanqid qildi 06 yanv, 23:50
  • Donald Trampning qiziga tajovuz qilindi 23 dek, 09:01
  • Siyosatshunoslar: AQShning yangi haqiqiy birinchi xonimi Trampning qizi bo‘ladi 13 noya, 11:36
  • So'nggi yangiliklar
  • Professional fotograf mukammal Instagram rasmlarining sirini fosh etdi (foto) 16 noya, 07:00 31
  • Bill va Melinda Geyts Jamg‘armasi 16 noya, 06:30 81
  • Farzandsiz kishi 9ta maktab o'quvchilarining bir choraklik tushlik pulini to'ladi 16 noya, 06:00 148
  • Singapur haqida qiziqarli ma'lumotlar 16 noya, 00:30 400
  • Qizil vino ichib turasizmi? Unda uzoq yashashingiz aniq 16 noya, 00:06 556
  • Pavel Bugalo Suyunovning harakatlari va o‘tkazilgan gollar bo‘yicha izoh berdi 15 noya, 23:42 479
  • O‘zbekistonda kamida 20ta yirik davlat korxonasi xususiylashtirilishi kutilmoqda 15 noya, 23:30 357
  • Prezident huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi 15 noya, 23:18 122
  • Yuriy Stoyanov: "Men barchadan O‘zbekistonni sevishni talab qilaman" 15 noya, 22:55 399
  • Turkmaniston hukumati nima uchun fuqarolariga O‘zbekistonga borishini cheklamoqchi? 15 noya, 22:32 1 167
  • Bo‘limlar