“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 17:39
ЎЗO‘Z

Tojikiston IIV: chegara zastavasiga hujum qilganlarning aksariyati tojikistonliklar, ular orasida ayollar ham boʻlgan

08 noya, 16:05 1 262 Dunyo
Tojikiston IIV: chegara zastavasiga hujum qilganlarning aksariyati tojikistonliklar, ular orasida ayollar ham boʻlgan
Foto: Nozim Kalandarov/TASS
Tojikiston Ichki ishlar vazirligining aniqlashicha, 6-noyabr kuni chegarachilarga hujum qilganlarning aksariyati mamlakat shimolidan kelgan Tojikiston fuqarolari boʻlgan.

Bu haqda Asia-Plusʻga Tojikiston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Umarjon Imomali maʼlum qildi. U hujum qilganlar mamlakat shimolining aynan qaysi viloyatidan ekanligiga aniqlik kiritmagan.

Uning soʻzlariga koʻra, ular orasida ayollar ham boʻlgan.
“Tojikiston Bosh prokuraturasi tomonidan chegara zastavasiga hujum qilish holati yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan”, - dedi u. Ammo, Umarjon Imomali jinoiy ish qaysi moddalarga asosan ochilganini aytmagan.

Asia-Plusʻning Bosh prokuraturadagi manbasi maʼlum qilishicha, bugungi kunda ushbu ish “terrorizm, qotillik, davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtish” moddalari boʻyicha qoʻzgʻatilgan.

“Tergov jarayonida Tojikiston Jinoyat kodeksining boshqa moddalari boʻyicha ham ish qoʻzgʻatilishi mumkin”, - dedi manba.

Avvalroq, Kobuldagilar Tojikistonga ISHID jangarilari Afgʻonistondan kirib kelganini inkor etishgandi.

Oʻz navbatida, Tojikiston davlat xavfsizlik organlari faxriysi Davlatxoʻja Nazirov ISHIDning chegara zastavasiga hujumi haqidagi versiya ishonchsiz ekanini bildirdi.

2019-yil 6-noyabrga oʻtar tunda qurollangan guruh Tojikiston-Oʻzbekiston chegarasida joylashgan chegara zastavasiga hujum qildi. Hujum “Sultonobod” chegara otryadi harbiy qismining Ishkoboddagi 4-sonli chegara zastavasiga amalga oshirilgan.

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlum qilishicha, Tojikiston-Oʻzbekiston chegarasida joylashgan chegara zastavasiga hujum qilgan shaxslar ISHID terrorchi guruhi jangarilari boʻlgan. Ular Tojikistonga Afgʻoniston tomondan oʻtib kelishgan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Kobuldagilar Tojikistonga IShID jangarilari Afg‘onistondan kirib kelganini inkor etishdi 08 noya, 09:37
  • Qurollangan guruh Tojikiston-O‘zbekiston chegarasidagi chegara zastavasiga hujum qildi (foto) 07 noya, 21:30
  • Tojikiston chegaradagi otishma yuzasidan Qirg‘izistonga norozilik bildirdi 18 sen, 08:50
  • Dubayda «Xo‘ja qo‘mondon» hibsga olindi. Dushanbe uni ekstraditsiya qilishga erishmoqchi 14 avg, 20:50
  • Tojikiston – O‘zbekiston chegarasini har kuni 10 mingdan ortiq fuqarolar kesib o‘tmoqda 02 apr, 17:16
  • So'nggi yangiliklar
  • Intelektual mulk strategiyasi... 14 noya, 17:00 12
  • O‘zbekistonda VAR tizimi 2021 yildan joriy etiladi 14 noya, 16:52 46
  • Toshkent viloyatida 2019 yil paxta hosili yig‘im-terimining borishi to‘g‘risida 14 noya, 16:38 100
  • XVJ: Oʻzbekiston Qozogʻistonning raqobatchisiga aylanyapti 14 noya, 16:35 142
  • Prezidentning sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi 14 noya, 16:12 129
  • Ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish masalalari 14 noya, 15:48 96
  • Dunyoga mashhur Greta Tunberg AQSHdan Ispaniyaga katamaranda yoʻlga chiqdi 14 noya, 15:23 153
  • Oʻyin oldidan. “Mirjalol Qosimov yoʻli” 14 noya, 15:00 303
  • “Rostov” PR-direktori ishdan ketdi. Karpin ham koʻplab futbolchilar qatori ketishi mumkinligini aytib oʻtdi 14 noya, 14:35 275
  • Bugun 17:00 da Oʻzbekiston - Saudiya Arabistoni oʻyini 14 noya, 14:12 246
  • Bo‘limlar