“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 17:40
ЎЗO‘Z

Zelenskiy ishidan o‘ta toliqishini va ukrain tilini mukammal bilmasligini tan oldi

08 noya, 11:47 709 Dunyo
Zelenskiy ishidan o‘ta toliqishini va ukrain tilini mukammal bilmasligini tan oldi
Foto: Reuters
Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy prezidentlik undan ko‘p kuch olishini va shu sababli u kun oxirida o‘zini “odam emas, balki shunchaki bir organizmdek” his qilishini aytdi. Bu haqda Zelenskiy “Prezident bilan ochiqchasiga” deb nomlangan intervyusida aytib o‘tdi.

“Juda murakkab kasb, barcha kuchingni, vaqtingni oladi va ba’zida hech narsa istamay qolasan. Sen kun yakunida odamdan hech narsani o‘ylashni, qilishni istamaydigan va ba’zida oilang nima haqida gapirayotganini anglamaydigan organizmga aylanib qolasan. Bu nafaqat men uchun, balki oilam uchun ham mashaqqatlidir”, deb tan olgan Zelenskiy intervyusida.

Shu bilan birga, u o‘z ishidan voz kechish niyatida emasligini aytgan. “Radada aytiladigandek, qaror qabul qilingan”, deb qo‘shimcha qilgan Ukraina yetakchisi.

Zelenskiy ukrain tilini mukammal bilmasligini, biroq uni bilish darajasini takomillashtirmoqchiligini tan olgan.

“Ukrain tilini bilish darajam, o‘ylashimcha, o‘smoqda. Men urg‘ular va ba’zi so‘zlarni talaffuz qilishimda xatolar borligini bilaman. Yaxshiroq gapirishni istayman. Ehtimol, tilni 100 foiz mukammal bilishning iloji yo‘qdir. Biroq men uni bilishga harakat qilmoqdaman, ko‘proq tajriba, ko‘proq gaplashish kerak, yaxshisi aqlli odamlar bilan”, deb ta’kidlab o‘tgan Ukraina prezidenti.

Zelenskiy, shuningdek, rus tilida so‘zlashishda ham ba’zida qiyinchiliklarga duch kelishini tan olgan.

Avvalroq Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Bogdan Zelenskiy tig‘iz jadvaldan, jurnalistlarning va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining salbiy munosabatidan charchaganini aytgandi. Bogdanning ta’kidlashicha, jadal sur’atlar prezidentdan ko‘p kuch va energiya oladi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Zelenskiy prezident ma’muriyati binosidan ko‘chmasa «aqldan ozishi»ni aytdi 20 iyun, 12:57
  • Zelenskiy Putin bilan ilk uchrashuvidagi birinchi so‘zlari qanday bo‘lishini ma’lum qildi 18 iyun, 10:40
  • Zelenskiy prezident sifatida ilk bor Donbassga keldi 28 may, 08:23
  • Poroshenko va Zelenskiy Ukraina xalqi oldida tiz cho‘kdi (video) 20 apr, 09:09
  • Poroshenko shtabida Zelenskiy Charli Chaplinga qiyoslandi 11 apr, 08:30
  • So'nggi yangiliklar
  • Intelektual mulk strategiyasi... 14 noya, 17:00 12
  • O‘zbekistonda VAR tizimi 2021 yildan joriy etiladi 14 noya, 16:52 46
  • Toshkent viloyatida 2019 yil paxta hosili yig‘im-terimining borishi to‘g‘risida 14 noya, 16:38 100
  • XVJ: Oʻzbekiston Qozogʻistonning raqobatchisiga aylanyapti 14 noya, 16:35 142
  • Prezidentning sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi 14 noya, 16:12 129
  • Ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish masalalari 14 noya, 15:48 96
  • Dunyoga mashhur Greta Tunberg AQSHdan Ispaniyaga katamaranda yoʻlga chiqdi 14 noya, 15:23 153
  • Oʻyin oldidan. “Mirjalol Qosimov yoʻli” 14 noya, 15:00 303
  • “Rostov” PR-direktori ishdan ketdi. Karpin ham koʻplab futbolchilar qatori ketishi mumkinligini aytib oʻtdi 14 noya, 14:35 275
  • Bugun 17:00 da Oʻzbekiston - Saudiya Arabistoni oʻyini 14 noya, 14:12 246
  • Bo‘limlar