“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2019, 14:19
ЎЗO‘Z

AQSh Afg‘onistondan 2 ming harbiysini olib chiqdi

21 okt, 22:16 631 Dunyo
AQSh Afg‘onistondan 2 ming harbiysini olib chiqdi
Foto: Reuters
Afg‘onistondagi amerikalik harbiylar soni 12 minggacha qisqardi. Bundan tashqari, ular soni yaqin orada 8,6 ming nafargacha kamayishi mumkin.
AQSh Afg‘onistondagi harbiylari sonini sekin-asta qisqartira boshladi va u yerdan 2 ming harbiysini olib chiqdi. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh va NATOning Afg‘onistondagi qo‘shinlari qo‘mondoni general-leytenant Ostin Skott Miller Afg‘onistondagi amerikalik harbiylar soni 12 minggacha qisqarganini tasdiqlagan.

Ta’kidlanishicha, harbiylar olib chiqilishi Vashington “Tolibon” harakati vakillari bilan AQSh qo‘shinlarining olib chiqilishini ko‘zda tutuvchi kelishuvga erishmaganiga qaramay yuz bergan. Bundan tashqari, AQShning Afg‘onistondagi qo‘shinlari soni yaqin orada 8,6 ming nafargacha kamayishi mumkin.

20 oktyabrda AQSh mudofaa vaziri Mark Esper Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashuvda terrorchilikka qarshi masalalarni muhokama qilgan. Pentagon rahbarining ta’kidlashicha, AQSh qo‘shinlari sonining qisqarishi Afg‘onistonda harakat qiluvchi terrorchilik guruhlariga qarshi kurashga putur yetkazilmagan holda yuz beradi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • KXShT Afg‘onistondagi "Tolibon" va IShID jangarilari sonini ma’lum qildi 24 sen, 19:43
  • AQSh Afg‘oniston bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi 03 yanv, 11:38
  • Oq uy Afg‘onistondagi harbiylar ham olib chiqilishi haqidagi xabarlarni rad etdi 29 dek, 14:19
  • Ashraf G‘ani Afg‘onistondagi IShID haqida ma’lum qildi 27 mar, 14:56
  • Pentagonda Afg‘onistonda amerikalik harbiylar soni oshirilishi tasdiqlandi 19 sen, 11:31
  • So'nggi yangiliklar
  • Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovning hashamatli uyi hayratlanarli narxda sotuvga qoʻyildi 19 noya, 13:43 223
  • Dunyodagi eng ko'rkam sher haqida... 19 noya, 13:23 151
  • Xonanda Erkin Xudoyqulov san’atdan ko‘ngli qolib Dubayga ketgani, ijodiy tanaffusiga sabab bo‘lgan ishlar haqida gapirdi (video) 19 noya, 12:53 302
  • Habib Nurmagomedovning otasi ikkinchi xotin olmoqchi 19 noya, 12:30 595
  • Messi Kavaniga: «Sen bilan xohlagan paytingda urishaman» 19 noya, 12:05 412
  • Visa o‘rniga PEPSI - Yevropa AQSh moliyaviy nazoratidan qutulmoqchi 19 noya, 11:43 212
  • Yevro-2020 saralashi: Italiya o‘z maydonida Armanistonni "yanchib tashladi" (video) 19 noya, 11:33 233
  • Yevro-2020 saralashi: Ispaniya o‘z maydonida Ruminiyani yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 19 noya, 11:24 188
  • O‘zbekistonda saylovoldi tashviqotlariga start berildi 19 noya, 11:02 161
  • Yo‘lbars va suv qunduzi o‘rtasidagi keskin jang videoga olindi 19 noya, 10:38 771
  • Bo‘limlar