“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2019, 03:00
ЎЗO‘Z

Hindistonda talabalar imtihonni boshlariga karton quti kiygan holda topshirishga majburlandi

20 okt, 13:12 742 Dunyo
Hindistonda talabalar imtihonni boshlariga karton quti kiygan holda topshirishga majburlandi
Foto: ANI
Internetda imtihonni boshlariga karton quti kiygan holda topshirgan hindistonlik kollej talabalari surati tarqalishi bilan bog‘liq mashmasha avj oldi.
Fotosuratlar Hindistonning Kanataka shtati Xaveri shahridagi Bxagat tayyorlov kollejining kimyo fanidan imtihonlari vaqtida olingan.

Suratlarda o‘quvchilar partalar oldida o‘tirgani va ko‘chirib yozish imkoniyati bo‘lmasligi uchun boshda karton quti bo‘lgani holda tasvirlangan.
Kollej ma’muri ushbu ko‘ngilsiz holat yuzasidan okrug hukumati oldida uzr so‘radi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu usuldan boshqa maktablarda qo‘llanishidan xabar topgan kollej o‘qituvchilari ham tajriba qilib ko‘rmoqchi bo‘lishgan.
U shuningdek, bu tajriba ishtirokchilarning roziligi va ularning o‘zlari olib kelgan karton qutilaridan foydalangan holda amalga oshirilganini ta’kidlagan.

«Hech qanday majburlash bo‘lmagan. Rasmlarda ko‘rinib turibdiki, hamma talabalar ham qutini kiyishmagan. Ba’zilar qutilarni 15 daqiqadan so‘ng yechib tashlashgan, biz ham bir soatdan so‘ng yechishni tavsiya etgandik», - deydi boshqaruvchi.

Kollej o‘qituvchilari bunday tajribani Mumbaydagi maktablardan ko‘chirishgan / ANI
Mahalliy organlar vakillari ijtimoiy tarmoqlarda fotosuratlarni ko‘rishlari bilanoq zudlik bilan kollejga tashrif buyurishgan.

Universitetgacha ta’lim qo‘mitasining mahalliy direktori o‘rinbosari S.Ch. Pirdjade ushbu usulni noinsoniy deb atadi.

«Bu voqeadan xabar topishim bilan o‘sha zahoti kollejga bordim va rahbariyat bunga chek qo‘yishi kerakligi haqida buyruq berdim, - deya uning so‘zlarini keltiradi Times of India gazetasi. - Shuningdek, kollej rahbarlariga ogohlantirish berdim va hozirda intizomiy choralarni ko‘rib chiqmoqdaman».
Kollej rahbariyati ushbu tajriba to‘xtatilgani va mahalliy ta’lim organlari buyruqlariga amal qilinayotganini bildirgan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • “Jentra”ga yashirilgan elektron tamakilar fosh etildi 25 iyul, 19:42
  • "Neymarning o‘g‘irlanishi” kameraga tushdi (video) 16 iyul, 14:56
  • 3 iyuldan kollej va liseylarda hujjat qabul qilish boshlanadi 03 iyul, 13:03
  • Borovskiy kolleji ma’muriyati: Talabalarning mushtlashuvi kollej hududida ro‘y bermagan 06 iyun, 10:49
  • Samsung televizorlar uchun botiq qutini ixtiro qildi 09 okt, 13:45
  • So'nggi yangiliklar
  • Qanday so‘zlarni ayollar sevgan insonidan eshitishni xohlaydi? Hech o‘ylab ko‘rganmisiz? 13 noya, 00:30 231
  • Sevib qoldingizmi? Uchrashuvga chiqishga shoshilmang 13 noya, 00:10 188
  • Yer yuzidagi eng yirik oshqovoq haqida bilishni xohlaysizmi? 12 noya, 23:50 151
  • O’zbekiston terma jamoasining ertangi rejalarida o’zgarish ro’y berdi 12 noya, 23:33 300
  • Hindistonda bir kishi pokerda yutqazdi va o‘z rafiqasini zo‘rlashga ruxsat berdi 12 noya, 23:32 552
  • Nurmagomedovning akasi UFC dagi debyut jangida yutqazgandan keyin bayonot berdi 12 noya, 23:15 195
  • Otabek Shukurov: "Nasib qilsa, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz!" 12 noya, 22:53 194
  • Ijarada, mashinasiz, Mamayevga qo‘shni — Shomurodov bilan Rostovdagi hayoti haqida suhbat 12 noya, 22:38 361
  • AKT vaziri: «Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi ishlab chiqildi» 12 noya, 22:30 103
  • Talabalarning qishqi ta’til muddati o‘zgarishi mumkin 12 noya, 22:08 429
  • Bo‘limlar