“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 12 2019, 14:24
ЎЗO‘Z

Turkmanistondagi birinchi alabay itlari muassasasiga 7 ta bank sarmoya ajratadi

18 okt, 00:05 862 Dunyo
Turkmanistondagi birinchi alabay itlari muassasasiga 7 ta bank sarmoya ajratadi
Foto: Turkmenportal
Turkmanistonda ilk bor tashkil qilinayotgan alabay zotli itlar parvarishi bo‘yicha muassasaga bir yo‘la yettita bank sarmoya ajratadi. Mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bu haqdagi farmoyishni imzolagan.

Turkmaniston Markaziy banki, Davlat taraqqiyoti banki, Daýhanbank, Türkmenistan, Halkbank, Türkmenbaşy nomli banklar hamda tashqi iqtisodiy faoliyat Davlat banki yangi muassasaning ta’sischilari qatoriga kirgan.

Alabaylarni yetishtiruvchi korxonaning ochilishi haqida 19 sentyabrda e’lon qilingan. Marosimda prezidentning o‘g‘li Axal viloyatining rahbari Serdar Berdimuhamedov ishtirok etgan. U tadbir davomida otasining alabay itlari haqida yozgan kitobiga dastxat qo‘yib, mehmonlarga tarqatgan. Shu kuni televideniye efirida kitobdan o‘rin olgan «Tukman alabayi» nomli she’rni harbiy xor qo‘shiq qilib kuylagan.

Garchi alabaylar mamlakatda uzoq yillardan beri boqilib kelsa ham turkman millati ramziga aylangan ushbu jonivorlarni boqish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmagandi. Davlat OAVlari Axal viloyatidagi ushbu itlar boqiladigan muassasani mamlakatda birinchi va yagona maskan ekanligini qayd etgan. Turkmanistonda axaltekin otlarini yetishtirishga mo‘ljallangan «Turkman otlari» (Türkmen atlary) korxonasi ham faoliyat yuritadi. Sentyabrda Gurbanguli Berdimuhamedov ushbu korxona rahbari Mergennepes Annanepesovni ishdan haydagan. Annanepesov «Turkman otlari»ni eplay olmagan va ishdan haydalgan sakkizinchi rahbar hisoblanadi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Turkmaniston prezidenti o‘zining alabay itlari haqidagi yangi kitobini she’riy tarzda taqdim qildi 16 sen, 06:35
  • Turkmaniston prezidentining oʻgʻli hokim boʻldi 18 iyun, 14:47
  • Gurbanguli Berdimuhamedov o‘z o‘g‘lini Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinladi 01 apr, 17:26
  • Turkman prezidentining o‘g‘li “Meros” laqabli otda sayr qildi 06 fev, 15:02
  • Turkmaniston prezidenti Vladimir Putinga alabay zotli kuchuk sovg‘a qildi 11 okt, 17:05
  • So'nggi yangiliklar
  • Milliy gvardiya faoliyati qonun bilan tartibga solinadi 12 noya, 13:40 27
  • Nazarboyevdan tashabbus: Qozogʻiston sobiq prezidenti Putin va Zelenskiyga taklif bilan chiqdi 12 noya, 13:15 94
  • Markaziy bank so‘mning ramz tarzidagi grafik belgisini tasdiqlash huquqiga ega bo‘ldi 12 noya, 12:54 187
  • Ronaldu Messiga ochiqchasiga murojaat qildi: “Meni jamoamga o‘t!” 12 noya, 12:30 548
  • Iqlim o'zgarishi yana "Rossiyani ulug'vor qilishi mumkin" 12 noya, 12:06 607
  • "Liverpul" ning "Manchester Siti" ga qarshi urgan goli Angliya Premer-ligasi doirasidagi eng yaxshi deb tan olindi 12 noya, 11:44 157
  • "Yuventus" stadiondan qochib ketgan Ronaldu vamurabbiyni taqdirini xal qildi 12 noya, 11:30 849
  • Mahalliylashtirilgan sportchi o‘zbek sporti tarixida ilk bor beshkurashda Olimpiya o‘yinlariga litsenziya qo‘lga kiritdi 12 noya, 11:05 242
  • Ukraina Qrim sababli Rossiya bilan “urush holatida” ekanligi aytildi 12 noya, 10:43 367
  • Fransiya prezidenti Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi taklif bilan chiqdi 12 noya, 10:23 612
  • Bo‘limlar