“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2019, 04:25
ЎЗO‘Z

Bayden ilk bor Trampga impichment e’lon qilishga chaqirdi

10 okt, 06:00 499 Dunyo
Bayden ilk bor Trampga impichment e’lon qilishga chaqirdi
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Jo Bayden Ukraina rahbariyatidan uning o‘g‘li Xanter Baydenga nisbatan tergov o‘tkazilishiga erishmoqchi bo‘lgan AQSh prezidenti Donald Trampga impichment e’lon qilishga chaqirdi.

“Donald Tramp o‘z prezidentlik qasamyodini buzdi, millatimizga xoinlik qildi va impichment ostiga tushuvchi harakatlarni sodir etdi”, deb aytgan Bayden Rochesterdagi tarafdorlari oldidagi nutqida.

“Tramp va uning emissarlari Ukraina yetakchilarini uning [Trampning] siyosiy foydasi uchun bir necha marta qo‘rqitganlar. Ular Ukrainaga bosim o‘tkazish uchun siyosiy ko‘mak yoki hayotiy zarur harbiy yordamni to‘xtatib turishgan. Bu juda jiddiy masala. AQSh qayta saylanishi uchun har qanday vakolatini suiiste’mol qiluvchi prezidentni o‘ziga ep ko‘rolmaydi”, deb aytgan Bayden.

Avvalroq demokratlar Trampni o‘zining shaxsiy siyosiy maqsadlarida Ukraina rahbariyatiga bosim o‘tkazishda gumon qilib, unga qarshi impichment jarayonini boshlashgandi. Biroq Tramp aybi borligini rad etmoqda va kongress tergovi bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmoqda.

Baydenning o‘g‘li Xanter Bayden Ukrainadagi eng yirik xususiy gaz kompaniyalaridan biri bo‘lgan Burisma Group direktorlar kengashi tarkibiga kirgan. Jo Bayden 2016 yilda AQSh vitse-prezidenti bo‘lgan kezda Kiyevdan qat’iy aksilkorrupsiyaviy siyosat o‘tkazishni talab qilgan va bu siyosat doirasida Burisma faoliyatini tergov qilish bilan shug‘ullangan o‘shandagi bosh prokuror Viktor Shokinni iste’foga chiqarishga chaqirgan. Keyinroq Shokin o‘z lavozimidan bo‘shatilgan. 2017 yil avgustda Burisma ishi bo‘yicha tergov yopilgan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Tramp demokratlar boshlagan impichment jarayonini davlat to‘ntarishi deb atadi 02 okt, 17:43
  • Oq uy Trampning Zelenskiy bilan suhbati matnini e’lon qildi 26 sen, 10:42
  • Trampga Zelenskiyga bosim o‘tkazgani uchun impichment e’lon qilinishi mumkinligi aytildi 23 sen, 06:00
  • Tramp jiddiy xavotirga tushib qoldi 11 dek, 13:41
  • Trampga impichment e’lon qilish taklifi siyosiy o‘yin ekani aytildi 13 iyul, 11:33
  • So'nggi yangiliklar
  • Rauf Inileyev: Ortiqcha darajada quvonib ketmasligimiz kerak 18 okt, 00:25 194
  • Turkmanistondagi birinchi alabay itlari muassasasiga 7 ta bank sarmoya ajratadi 18 okt, 00:05 162
  • «Nuroniy» jamg‘armasi vakili: «Dabdabali to‘y qilayotgan amaldorlarimizning tanobini ham bir tortib qo‘yish kerak» 17 okt, 23:42 132
  • Aktam Hayitov «ko‘p go‘sht yeyapmiz»ga izoh berdi 17 okt, 23:17 439
  • Sanjar Quvvatov hamkasbi Suyunovni maqtadi, Nesterovni esa Noyerga tenglashtirdi 17 okt, 22:53 175
  • Afsonaviy "Sovet uyqu tajribasi" haqida film yaratildi 17 okt, 22:30 327
  • Karate bo‘yicha Toshkentda o‘tayotgan musobaqada ommaviy mushtlashuv yuz berdi (video) 17 okt, 22:06 760
  • Yaqin qarindoshlar avtomobilni ishonchnomasiz boshqarishi talablari ma’lum qilindi 17 okt, 21:43 827
  • 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan bokschi Sergey Mixaylov oqlandi 17 okt, 21:30 430
  • "Inter" Rossiya terma jamoasi hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi 17 okt, 21:06 330
  • Bo‘limlar