“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2019, 11:41
ЎЗO‘Z

Qrimda Zelenskiyning yarimorolni “qaytarib olish” haqidagi so‘zlariga javob qaytarishdi

15 sen, 18:48 1 529 Dunyo
Qrimda Zelenskiyning yarimorolni “qaytarib olish” haqidagi so‘zlariga javob qaytarishdi
Qrim parlamenti vitse-spikeri Vladimir Bobkov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Qrimni “qaytarib olish” borasidagi g‘oyasi hech qachon ish bermasligi va ko‘proq bema’ni gaplarni eslatishini aytdi.

Avvalroq Ukraina yetakchisi Kiyev yarimorolni qaytarish bo‘yicha yangi formatlar ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgandi. Biroq u tafsilotlarni ochiqlamagandi.

Bunga javoban Bobkov Ukraina hukumatini Rossiya bilan to‘laqonli munosabatlarni yo‘lga qo‘yishni boshlashga chaqirgan.
"Hech kimning, hech qanday texnologiya, loyiha va strategiyaning qo‘lidan kelmaydigan narsalar mavjud. Bu narsalar azaldan shakllanib kelgan. Men Kiyev hukumatiga sirli qutquga vaqt sarflamasliklarini maslahat beraman”, - deya ta’kidlagan Vladimir Bobkov.

Vitse-spiker Qrimning Rossiya tarkibiga kirishi tarixiy jarayon bo‘lganini aytgan.
Bobkov Ukraina hukumati fikrini faqat Kiyevda “bema’nigarlik bilan shug‘ullanishni bas qilishganda” hisobga olish mumkin bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

Rossiya Davlat dumasi deputati Natalya Poklonskaya ham xuddi shunga o‘xshash fikrni bildirgan. U Ukraina prezidentiga tinchlanishni va yoga yoki meditatsiya bilan shug‘ullanishni taklif qilgan.

Qrim Ukrainada yuz bergan davlat to‘ntarishidan so‘ng 2014 yil mart oyida o‘tkazilgan referendum yakunlariga ko‘ra Rossiya tarkibiga kiritildi. Referendumda yarimorolning aksariyat aholisi Rossiya tarkibiga kirish uchun ovoz berdi. Rossiya va Qrim qo‘shilishi uchun 96,77% qrimliklar va 95,6% Sevastopol aholisi ovoz bergan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Ukraina prezidenti Vladimir Putinni uchrashuvga taklif qildi (video) 09 iyul, 17:53
  • Zelenskiy Putin bilan ilk uchrashuvidagi birinchi so‘zlari qanday bo‘lishini ma’lum qildi 18 iyun, 10:40
  • Zelenskiy hukumati «Qrimni qaytarish strategiyasi»ga tayyorgarlik ko‘rilayotganini bildirdi 04 iyun, 16:46
  • Zelenskiy Ukraina Qrimni qaytarishi haqida ma’lum qildi 18 may, 18:08
  • Zelenskiy Putinga javob qaytardi 02 may, 21:58
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Ekologik partiyasi Dubay shahzodasining ovidan bexabarmi? 22 okt, 11:30 101
  • Shavkat Mirziyoyev: «O‘zbek tilining latofati va jozibasini his qilmoqchi bo‘lganlar o‘lmas maqomlarimizni eshitsin» (video) 22 okt, 11:09 49
  • Jizzaxda ov qurolidan foydalangan holda odam hayotiga suiqasd qilindi 22 okt, 10:53 158
  • Haydovchi fotoradarga tushganda bayonnoma tuzishni bekor qilish taklif etilmoqda 22 okt, 10:48 160
  • O‘zbekiston harbiylari Angliyada o‘tkazilgan xalqaro tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi (foto) 22 okt, 10:30 123
  • Chexiya kontrrazvedkasi Rossiya josuslik tarmog‘ini fosh etganini ma’lum qildi 22 okt, 10:03 211
  • Prezident o‘zbek tili targ‘iboti haqida: «Internet imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish kerak» 22 okt, 09:37 99
  • Ukrainada 218 prokuror ishdan bo‘shatiladigan bo‘ldi 22 okt, 09:13 213
  • Bayrutdagi namoyishchilar hukumat iste’fosini talab qilmoqda 22 okt, 08:50 139
  • 71 yoshli raqqosa yosh yigit bilan raqsga tushib barchani lol qoldirdi (video) 22 okt, 08:16 965
  • Bo‘limlar