“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2019, 19:21
ЎЗO‘Z

Poroshenkoga tegishli bankda tintuv o‘tkazildi

14 sen, 07:10 561 Dunyo
Poroshenkoga tegishli bankda tintuv o‘tkazildi
Foto: 24tv.ua
Ukrainaning tergovlar davlat byurosi Kiyevdagi “Kuznya na Ribalskom” zavodining oldi-sotdisi ishi bo‘yicha sudgacha tergov doirasida sobiq prezident Pyotr Poroshenkoga tegishli Xalqaro investitsion bankda tintuvlar o‘tkazdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.

2019 yil mayida Viktor Yanukovich prezidentligi vaqtida uning ma’muriyati rahbari o‘rinbosari bo‘lgan Andrey Portnov Poroshenko va uning atrofidagi odamlar sodir etgan jinoyatlar bo‘yicha byuroga ariza berishini ma’lum qilgandi. Portnovning ta’kidlashicha, gap Panama ofshorlari, armiyadagi talon-tarojliklar, “Kuznya na Ribalskom”dagi mudofaa buyurtmalari haqida borgan.

25 iyulda Poroshenko byuroda so‘roq vaqtida ushbu ish bo‘yicha tushuntirish bergan.
2018 yil kuzida tadbirkor Sergey Tigipko Poroshenkodan Kiyevdagi zavodni sotib olgandi.

Tintuv o‘tkazilgan bank 2008 yil martida ro‘yxatga olingan. 2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, bankning bosh aksiyadorlari Pyotr Poroshenko (60 foiz), Igor Kononenko (14,94 foiz), Oleg Gladkovskiy va Oleg Zimin (har birida 9,908 foizdan) bo‘lgan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • «Farg‘ona elektr tarmoqlari» rahbari va bosh muhandisi qo‘lga olindi 01 fev, 23:39
  • Korrupsiya bo‘yicha bir umrga qamalgan prokuror yana 100 kishini “sotdi” 12 noya, 17:54
  • Oʻzbekistonda yana bir hokim oʻrinbosari pora bilan ushlandi 11 okt, 21:16
  • “Beeline” O‘zbekistondagi “Eurasia Mobile Challenge” g‘oliblarini e’lon qiladi 18 dek, 15:03
  • Poroshenko AQShdan 75 mln dollarlik ko‘mak olinganini tasdiqladi 12 mar, 13:18
  • So'nggi yangiliklar
  • Nima uchun yashil banan sarig‘idan yaxshiroq? 15 okt, 19:06 5
  • Targ‘ibot o‘z samarasini berdi 15 okt, 18:53 115
  • Endi davlat non narxiga umuman aralashmaydimi? 15 okt, 18:43 144
  • O‘zbekiston terma jamoasi Singapurni safarda mag‘lubiyatga uchratdi 15 okt, 18:42 226
  • O‘zga sayyoraliklar borligiga yoxud Jumanazar akaga ishonish uchun 10 sabab 15 okt, 18:18 404
  • 5 soniyada nokaut bo‘lgan UFC jangchisi revansh istagida 15 okt, 17:53 209
  • Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlashning oqibati 15 okt, 17:49 180
  • Xabib Nurmagomedovning menejeri qo‘lga olindi 15 okt, 17:28 543
  • Pullaringiz qayoqqa g‘oyib bo‘lyapti? 15 okt, 16:56 363
  • 16 oktyabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti? 15 okt, 16:35 296
  • Bo‘limlar