“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2019, 22:27
ЎЗO‘Z

Bolaning tamaki chekishi hammaning g‘azabini keltirdi, ammo yakunda mulzam bo‘lib qolishdi (foto)

12 sen, 07:46 2 622 Dunyo
Bolaning tamaki chekishi hammaning g‘azabini keltirdi, ammo yakunda mulzam bo‘lib qolishdi (foto)
Foto: «Twitter»
Turkiyaning «Bursaspor» va «Fenerbaxche» futbol klublari xayriya o‘yinidan olingan videolavha internet foydalanuvchilari o‘rtasida keng muhokama mavzusiga aylandi.
Hammani darg‘azab qilgan holat kutilmaganda bir yuz-u sakson darajaga o‘zgarib ketdi.

Videorolikda ko‘rinishidan 10 yoshlar atrofidagi bola tribunada o‘tirganicha bamaylixotir tamaki tutatib o‘tiribdi. Xuddi katta odam deysiz. Aynan shu holat odamlarning jahlini chiqardi: Kimning bolasi? Ota-onasining ko‘zi qayoqda?..
«Tarbiyasiz bola»ning shaxsini tezda aniqlay olishdi. Bilishdi-yu tillarini tishlab qolishdi. «Bolakay» — 36 yoshda ekan! Futbolga ham o‘g‘li bilan kelgan.

Foto © Twitter/objektifdegilim
Albatta, bu bilan u javobgarlikdan qochib qutula olmaydi, chunki Turkiyada jamoat joylarida, jumladan, stadionlarda ham tamaki chekish taqiqlangan.
Vaziyatni bilib, xotirjam tortgan internet foydalanuvchilari sirli bolaga Benjamin Batton* deb nom qo‘yib olishdi.

* Benjamin Batton — shu nomli asarning g‘ayritabiiy ravishda keksa bo‘lib tug‘ilib, yillar o‘tgani sayin yosharib boruvchi qahramoni.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Dubay aeroportida yo‘lovchining sumkasidan o‘g‘irlangan bola topildi (video) 12 noya, 19:36
  • Bojxonachilar “Samanta” ko‘magida “Kobalt”ga yashirilgan tamakilarni fosh etishdi (foto) 27 okt, 23:53
  • Chekish insonlar umrini qanchaga qisqartirishi ma’lum qilindi 16 may, 15:54
  • Tojikistonda jamoat joylarida sigaret va chilim chekish taqiqlab qo‘yildi 31 okt, 07:03
  • Avstraliyalik maktab o‘quvchisi dunyodagi eng chiroyli bola deb tan olindi 24 avg, 13:49
  • So'nggi yangiliklar
  • Lola Karimova-Tillayeva: «Opam uchun faqat duo qila olaman» 19 sen, 22:05 192
  • Iqtisodiyot va Moliya institutida rektordan boshqa barcha rahbar xodimlar ishdan olindi 19 sen, 21:42 305
  • Farg‘onada tug‘ilgan uch egizakka Bibixonim, Amirbek va Temurbek deb ism qo‘yildi 19 sen, 21:15 182
  • AQShlik «Baqaloq» sug‘ur YouTube yulduziga aylandi (video) 19 sen, 20:48 193
  • Oliy ma’lumotli fuqarolar ham 12 oy harbiy xizmatni o‘taydigan bo‘ldi 19 sen, 20:22 301
  • Vazirlar va hokimlar bittadan maktabni otaliqqa oladi 19 sen, 19:55 279
  • Oshxonadagi qing‘irlik 19 sen, 19:30 595
  • "France Football" dunyoning eng yaxshi darvozaboni uchun Yashin mukofotini ta’sis etdi 19 sen, 19:07 240
  • Avtomobillarning bojxona to‘lovlari bosqichma-bosqich pasaytirib boriladi 19 sen, 18:43 525
  • Sababsiz darsga kelmaydigan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilanadi 19 sen, 18:20 455
  • Bo‘limlar