“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2019, 15:58
ЎЗO‘Z

Turkiyalik yarimhimoyachi Arda Turan ozodlikdan mahrum etildi

11 sen, 17:52 981 Dunyo
Turkiyalik yarimhimoyachi Arda Turan ozodlikdan mahrum etildi
Transfer huquqi «Barselona»ga tegishli bo‘lgan, «Istanbul Bashakshehir» klubiga ijaraga berilgan turkiyalik yarimhimoyachi Arda Turan noqonuniy qurol saqlash, tungi klubda qasddan hujum qilish va to‘pponchadan o‘q otishda ayblanib, 2 yilu 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda BBC nashri xabar tarqatdi. Shu bilan birgalikda, xavbek «Jinsiy zo‘ravonlik» moddasi bo‘yicha oqlangan.

2018 yilning oktyabrida Turan mashhur turkiyalik qo‘shiqchi Berkay Shahin bilan sodir bo‘lgan voqeadan keyin 370 ming yevro miqdorida jarimaga tortilgandi. Futbolchi qo‘shiqchining rafiqasiga tegajog‘lik qilgan, shundan keyin futbolchi Shahinning burnini sindirgandi.

Futbolchi o‘shanda shifoxonaga borib, jabrlanuvchidan uzr so‘ragan. Turan shifoxonaga to‘pponcha olib borib, uni qo‘shiqchiga bergan va degan: «Men u sening rafiqang ekanini bilmagandim. Buning uchun kechir. Istasang, meni otib tashlashing mumkin». Qo‘shiqchi esa to‘pponchani qo‘liga olishni istamagandi.

Bu voqeadan keyin turkiyalik futbolchi 12,5 yil muddatga qamalishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

2017 yilning yozida Turkiya terma jamoasi ustozi Fotih Terim Arda Turanni o‘zi bilan bir samolyotda uchgan jurnalistni bo‘g‘ganidan keyin terma jamoadan chetlatgandi. Terma jamoaning yangi bosh murabbiyi Mircha Luchesku uni terma jamoaga qaytarmasligini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng futbolchi terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan.

2018 yilning martida u rafiqasi haqida so‘ragan boshqa bir turkiyalik jurnalistga uning boshini olib tashlash bilan tahdid qilgandi.

2018 yilning mayida esa futbolchi chempionatning o‘tgan mavsumi 32-turi doirasida «Sivasspor»ga qarshi o‘yinda hakamga hujum qilgani uchun 16 o‘yinga diskvalifikatsiya qilingandi.

Ma’lumot uchun, Arda Turan 2018 yilning 11 martida Aslixon Do‘g‘anga uylangandi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va rafiqasi nikoh marosimida guvoh sifatida ishtirok etishgan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Ana xolos! Arda Turan Turkiyada vatan xoinligida gumonlanmoqda 21 okt, 07:08
  • “Barselona” yarim himoyachisi turkiyalik qoʻshiqchining burnini sindirdi (foto) 11 okt, 09:25
  • Arda Turan Turkiya terma jamoasidagi xalqaro faoliyatini yakunladi 07 iyun, 12:03
  • Arda Turan «Barselona» ettinchi raqamda o‘ynaydi 30 dek, 11:59
  • Xosep Bartomeu: «Barselona» Arda Turanni yarim yilga ijaraga berishi mumkin 17 iyul, 11:43
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC va professional boks orasida ochiq raqobat boshlanadi, shekilli... 22 sen, 15:13 112
  • Post-patrul xizmati xodimi Feysbukda 2,5 mingta layk oldi (video) 22 sen, 14:47 328
  • Navoiyda Afg‘onistonda yashayotgan etnik o‘zbeklar uchun kitob yig‘ildi 22 sen, 14:20 141
  • Rossiya matbuoti: Ravon yana 8 ta yangi model ishlab chiqarmoqchi 22 sen, 13:53 333
  • O‘zbek shifokorining yozuvini nega o‘qib bo‘lmaydi? 22 sen, 13:20 595
  • Armanistonlik ayolda koʻz yoshi oʻrniga kristall hosil boʻlmoqda (video) 22 sen, 12:50 579
  • Aholiga naqd xorijiy valuta sotila boshlandi: bu yog‘i nima bo‘ladi? 22 sen, 12:17 796
  • Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha 10 yillik shartnoma imzoladi 22 sen, 11:46 196
  • Ikkinchi va uchinchi yo‘nalish uchun ham super-kontraktga ruxsat berildi 22 sen, 11:20 441
  • Iqbol Mirzo: «Dabdabali to‘y qilayotganlarni xalq oldida sharmanda qilish kerak» 22 sen, 10:53 397
  • Bo‘limlar