“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 22 2019, 15:57
ЎЗO‘Z

Lukashenko Minskni AQSh poytaxti qilishni taklif qildi

10 sen, 23:09 1 440 Dunyo
Lukashenko Minskni AQSh poytaxti qilishni taklif qildi
Foto : RIA Novosti
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 2021 yilda keyingi Yevropa-AQSh yengil atletika o‘yinlarini ham Minskda o‘tkazishni taklif qildi va o‘yinlar vaqtiga Minsk AQSh poytaxti bo‘lishini aytdi.

Navbatga ko‘ra, Yevropa va AQSh o‘rtasidagi keyingi o‘yinlar AQShda o‘tishi kerak. Biroq Lukashenkoning ta’kidlashicha, 2021 yilda AQShda yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi, qoidalarga ko‘ra esa bir yilda bir davlatda ushbu ikki musobaqani o‘tkazish mumkin emas.

“Ikki yildan keyin, agar bizga topshirsangiz, biz bunday uchrashuvni yanada yuqori darajada o‘tkazamiz. Men sizga va’da beraman, Minsk 2 yildan keyin AQSh poytaxtiga aylanadi”, deb murojat qilgan Lukashenko yengil atletika federatsiyalari rahbarlariga.

Belarus prezidenti o‘z taklifini tushuntirib bergan.

“Siz bizni go‘yoki Amerikani qo‘shib olmoqchi bo‘layotganlikda gumon qilmasligingiz uchun tushuntiraman: agar bizga ishonib topshirsangiz, musobaqa kunlari Minsk AQSh poytaxti bo‘ladi, chunki uchrashuvni AQSh o‘tkazishi kerak”, deb o‘z taklifiga oydinlik kiritgan Lukashenko.

Belarus rahbari bu borada 2020 yilda ham prezidentlik musobaqalarida g‘olib bo‘ladigan Donald Tramp bilan kelisha olishini ta’kidlab o‘tgan.
Hozirda Minskda Yevropa va AQSh o‘rtasida yengil atletika o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • AQShda ikki xil rangga ega qisqichbaqa ushlandi 08 iyul, 17:58
  • Toshkentda AQShning milliy bayrami nishonlandi 04 iyul, 13:15
  • Sardor Milano AQShning NBC telekanaliga intervyu berdi 03 iyul, 17:47
  • Suriya harbiylari Amerikaning uchuvchisiz uchar moslamasini urib tushirdi 18 mar, 10:43
  • Engil atletika bo‘yicha xalqaro turnirda Nigina Sharipova oltin medalni qo‘lga kiritdi 17 fev, 12:50
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC va professional boks orasida ochiq raqobat boshlanadi, shekilli... 22 sen, 15:13 112
  • Post-patrul xizmati xodimi Feysbukda 2,5 mingta layk oldi (video) 22 sen, 14:47 328
  • Navoiyda Afg‘onistonda yashayotgan etnik o‘zbeklar uchun kitob yig‘ildi 22 sen, 14:20 141
  • Rossiya matbuoti: Ravon yana 8 ta yangi model ishlab chiqarmoqchi 22 sen, 13:53 333
  • O‘zbek shifokorining yozuvini nega o‘qib bo‘lmaydi? 22 sen, 13:20 595
  • Armanistonlik ayolda koʻz yoshi oʻrniga kristall hosil boʻlmoqda (video) 22 sen, 12:50 579
  • Aholiga naqd xorijiy valuta sotila boshlandi: bu yog‘i nima bo‘ladi? 22 sen, 12:17 796
  • Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha 10 yillik shartnoma imzoladi 22 sen, 11:46 196
  • Ikkinchi va uchinchi yo‘nalish uchun ham super-kontraktga ruxsat berildi 22 sen, 11:20 441
  • Iqbol Mirzo: «Dabdabali to‘y qilayotganlarni xalq oldida sharmanda qilish kerak» 22 sen, 10:53 397
  • Bo‘limlar