“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2019, 04:18
ЎЗO‘Z

Britaniyaliklar ommaviy ravishda zaruriy oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishmoqda (video)

14 avg, 16:14 946 Dunyo
Britaniyaliklar ommaviy ravishda zaruriy oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishmoqda (video)
Britaniya fuqarolari ilk zaruriy mahsulotlarni ommaviy ravishda sotib olishni boshladi. Mamlakat aholisi Breksit jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Bu haqda Darakchi nashri xabar bermoqda.

Ekspertlar ma’lumotlariga ko‘ra, qirollik aholisi so‘nggi oylar mobaynida oziq-ovqat, ichimlik va dori-darmon zahirasini to‘ldirish uchun 4 milliard funtdan ortiq mablag‘ sarflashgan. Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilishi mumkinligini hozircha hech kim aniq bilmaydi. Yangi saylangan mamlakat Bosh vaziri Boris Jonson joriy yilning 31 oktyabriga qadar mamlakatni Yevropa Ittifoqi tarkibidan olib chiqishga va’da bergan. Bunda u Bryussel bilan mazkur masalada kelishuvga erishiladimi, yo‘qmi bunga ahamiyat bermasligini ta’kidlamoqda.

Jonsonning “Breksit” masalasida o‘zining keskin pozitsiyasiga ega ekanligi barchaga ma’lum. Hozirda ekspertlar va biznes vakillarining mazkur masalada xavotirlari ortib bormoqda. Ayrimlar "Breksit"ning oqibati juda xavfli bo‘lishini ham ta’kidlashmoqda. Mazkur jarayon bilan bog‘liq asabiy holat esa fond birjalari va valyuta bozoriga ham ta’sir etmoqda.

Yakunlangan haftada funt kursi yevroga nisbatan 2016 yildan beri eng past darajaga tushdi. Aynan shu yili mamlakat aholisi Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishga ovoz bergan edi. Angliya banki rahbari “qattiq Breksit” jarayoni mamlakat iqtisodiyoti uchun haqiqiy shok bo‘lishini ta’kidlamoqda.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Alvido, Yevroittifoq! Boris Jonson bosh vazir sifatidagi ilk nutqida nimalar haqida gapirdi? 26 iyul, 16:30
  • Boris Jonson Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziriga aylandi 23 iyul, 16:53
  • Yevropa davlatlarida aholining oziq-ovqatga sarf-xarajatlari taqqoslandi 17 dek, 12:34
  • Donald Tramp Tereza Meyni tanqid qilish bilan Londonga tashrifini boshladi 13 iyul, 20:46
  • Venesuela hukumati aholiga eng kerakli mahsulotlarni Kolumbiyadan sotib olishga chaqirdi 17 iyul, 18:30
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev "Lokomotiv" bilan o‘yindan so‘ng: "Jamoamning o‘yinini yuqori baholayman" 18 avg, 00:24 145
  • AQShlik milliarder Poroshenko 8 mlrd dollarni mamlakatdan olib chiqib ketganini aytdi 18 avg, 00:02 241
  • APL. Turning markaziy o‘yinida jangovar durang qayd etildi 17 avg, 23:37 155
  • Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari ishtirokidagi yangi video tarqaldi 17 avg, 23:23 613
  • La Liga. "Real" mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi 17 avg, 23:10 218
  • APL. "Liverpul" safarda qiyin g‘alabaga erishdi 17 avg, 23:03 171
  • “Paxtakor”da yirik, “Lokomotiv”da kichik hisobdagi g‘alaba 17 avg, 22:38 209
  • "Surxon" ustozi: "Braziliyalik legionerlardan ko‘p narsa kutyapmiz" 17 avg, 22:13 270
  • 38 yoshli hujumchi Arits Aduris "Barselona" bilan o‘yindan so‘ng nimalar dedi? 17 avg, 21:43 340
  • Moliya vazirligi oshgan narxlarga izoh berdi 17 avg, 21:16 836
  • Bo‘limlar