“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 15 2019, 08:36
ЎЗO‘Z

Suriyani tark etayotgan amerikaliklar qurol-yarog‘ni kurdlarga qoldirmoqchi...(mi?)

29 dek, 11:20 1 825 Dunyo
Suriyani tark etayotgan amerikaliklar qurol-yarog‘ni kurdlarga qoldirmoqchi...(mi?)
Pentagondagilar AQSh prezidenti Donald Trampga amerikalik harbiylar Suriyani tark etayotgani munosabati bilan qurollarni kurdlarga qoldirish bo‘yicha taklif kiritishmoqchi. Bu haqda Kun.uz nashri Reuters agentligiga asoslangan holda xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, kurdlarga qoldiriladigan qurollar ichida zirhli texnikalar hamda tanklar hujumiga qarshi raketalar ham mavjud. Bu taklif AQSh prezidenti tomonidan qanoatlantirilsa, Suriya shimolidagi kurdlarni terrorchilar sifatida qabul qiladigan Turkiya o‘z noroziliklarini bildirishi mumkin.

28 dekabr kuni Suriyadagi kurdlar muxtoriyati vakili Jeyhan Ahmad ma’lum qildiki, kurdlar Suriya armiyasi bilan mamlakat shimolidagi hududlarni, jumladan Frot daryosining g‘arbiy qirg‘oqlarini Turkiyaning ehtimoliy hujumidan himoya qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Suriya Demokratik kuchlari» rasmiy Damashq bilan «Turkiyaning yo‘lini to‘sish» bo‘yicha hamkorlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 19 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp IShID ustidan to‘liq g‘alaba qozonilganini e’lon qilgan va amerikalik harbiylarga Suriyani tark etishga buyruq bergandi. Keyinroq u Suriyadagi jangarilar qoldiqlariga qarshi kurash Rossiya, Turkiya va Eron kabi mamlakatlar tomonidan olib borilishi kerakligini aytdi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Anchelotti: Ronalduning yagona xatosi «Yuventus» safiga o‘tgani bo‘ldi 23 okt, 16:30
  • Rossiyalik mashhur xonanda Dima Bilan avtohalokatga uchradi… 19 sen, 10:25
  • Serxio Ramosning uchinchi farzandi dunyoga keladi 08 okt, 09:59
  • Navro‘z arafasida ochilishi rejalashtirilgan yo‘l qurilishidan (fotoreportaj) 09 yanv, 17:03
  • Tarixning zarhal sahifasi: O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘z ustozi bilan 27 sen, 17:34
  • So'nggi yangiliklar
  • Yilning eng zo'r meteorit yomg'iri shu hafta bo'lishi kutilmoqda 15 noya, 08:01 124
  • Dunyoda professor deb tan olingan 14 yoshli bola 15 noya, 07:30 177
  • Prezident farmoni: 2020 yilda qo‘shimcha ishlanmaydigan kun belgilandi va dam olish kunlari ko‘chirildi 15 noya, 07:00 485
  • Eng mashhur futbol stadionlari qayerlarda joylashgan? 15 noya, 06:30 206
  • Futbol yulduzining qotillari politsiya xodimlarimi? 15 noya, 06:00 358
  • Peshonasidan dum o'sib chiqqan kuchukcha 15 noya, 00:23 300
  • Banan mevasi haqida qiziqarli ma'lumotlar 15 noya, 00:02 487
  • 106 yoshli erkak va uning 105 yoshli xotini dunyodagi eng keksa juftlik deb e'lon qilindi 14 noya, 23:36 382
  • Muvaffaqiyatli inson bo‘lish uchun sizdan nima talab qilinadi? 14 noya, 23:13 343
  • Dengiz bo'rilari ham mavjud ekanligi aniqlandi 14 noya, 22:48 591
  • Bo‘limlar