“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 18:39
ЎЗO‘Z

Buyuk Britaniya XVIII asrdagi qarzlarini tarqatishga qaror qildi

28 dek, 15:25 5 560 Dunyo
Buyuk Britaniya XVIII asrdagi qarzlarini tarqatishga qaror qildi

Buyuk Britaniya hukumati XVIII asr, shuningdek, Birinchi Jahon urushi davomida to‘planib qolgan davlat qarzlarini qaytarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 27 dekabr, shanba kuni The New York Times gazetasi xabar berdi.

Xususan, rasmiy London 1720 yilda olgan qarz majburiyatlarini qoplab berish niyatida. O‘shanda muvaffaqiyatsiz pul chayqovchiligi sabab, Janubiy dengizlar savdo kompaniyasi bankrot bo‘lgan, investor sifatida ishtirok etgan minglab britaniyaliklar esa o‘z boyliklaridan mahrum bo‘lishgandi. Buning natijasida mamlakatda moliyaviy inqiroz boshlanib, Buyuk Britaniya xalqaro kreditorlarga murojaat qilishga majbur bo‘lgandi.

Buyuk Britaniya moliya vaziri Jorj Osbornning ma’lum qilishicha, 2015 yilda hukumat Birinchi Jahon urushi davridagi qarzlarni to‘lab beradi, shundan so‘ng esa XIX va XVIII asrlarda ko‘rsatilgan moliyaviy yordamlar bo‘yicha hisob-kitob qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hukumati to‘planib qolgan qarzlarni past foiz stavkalari bo‘yicha to‘lashni rejalashtirmoqda.

Buyuk Britaniyaning tarixiy qarzi hajmi, Deutsche Welle’ning yozishia, 2,5 milliard funt-sterlingga teng. Ayni vaqtda, Buyuk Britaniyaning umumiy davlat qarzi hajmi 1,4 trillion funt-sterlingga etadi.

Avvalroq, Buyuk Britaniya hukumati 1927 yili o‘sha vaqtdagi moliya vaziri – Uinston Cherchill tomonidan chiqarilgan obligasiyalar bo‘yicha qarzning bir qismi qoplab berilishini ma’lum qilgandi. Ushbu qimmatli qog‘ozlar Birinchi jahon urushi, shuningdek, Qrim urushi va Napoleonga qarshi kampaniyalar vaqtida olingan qarzlarni qoplash uchun chiqarilgandi. Buyuk Britaniya moliya vazirligining ma’lum qilishicha, 2015 yil 1 fevral kuni qarzning 218 million funt-sterling qismi to‘lab beriladi.

Manba: Kun.uz

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Britaniya vaziri Devid Kemeron Xitoyga safar qiladi 07 yanv, 13:00
  • Kanada bosh vaziri Buyuk Britaniya qirolichasini keksayganini his etishga majbur qildi 28 noya, 12:05
  • Buyuk Britaniya yadro qalqoni modernizasiyasi uchun 47 mlrd dollar sarflaydi 24 noya, 11:30
  • Buyuk Britaniya IShIDga zarba berish uchun 138 ta ko‘rinmas qiruvchi samolyotni xarid qiladi 22 noya, 10:45
  • Buyuk Britaniya Nemsovning o‘ldirilishini qoralab chiqdi 28 fev, 10:52
  • Qohirada Buyuk Britaniya elchixonasi yopib qo‘yildi 07 dek, 17:50
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy internetda senzurani kuchaytirmoqda 14 okt, 18:03 66
  • Sumka tashlashda nimalarga e’tibor qaratish kerak? 14 okt, 17:38 127
  • To‘xtash mumkin bo‘lmagan joylarda qoldirilgan avtomobillar majburiy evakuatsiya qilinadi 14 okt, 17:13 145
  • Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev 235 nafar xodimi bilan paxta terimiga chiqdi 14 okt, 16:50 220
  • Yo‘qolgan erkak garaj poliga betonlab tashlangan ekan 14 okt, 16:30 1 068
  • Endi san’atkorlardan boshqacha tartibda soliq undirish rejalashtirilmoqda 14 okt, 16:10 416
  • Krovat tanlashda nimalarga e’tibor qaratish zarur? 14 okt, 15:45 265
  • Timur Kapadze: "Abramov kelgach hujumkor o‘ynay boshladik" (matbuot anjumani) 14 okt, 15:20 376
  • Vadim Abramov Braziliya, Singapur va "zontik" haqida 14 okt, 14:55 692
  • Xorijiy fuqarolarning O‘zbekistonga kelishi va ketishi tartibida o‘zgarish yuz berdi 14 okt, 14:34 381
  • Bo‘limlar