“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 14 2019, 04:46
ЎЗO‘Z

Rossiya Mudofaa vazirligi Il-20 kim tomonidan urib tushirilganini maʼlum qildi

19 sen, 23:43 3 833 Dunyo
Rossiya Mudofaa vazirligi Il-20 kim tomonidan urib tushirilganini maʼlum qildi
Rossiyaga qarashli Il-20 samolyoti Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Maʼlumotlarga koʻra, Il-20 Suriya kuchlariga qarashli S-200 kompleksi raketasi yordamida urib tushirilgan.

“Aks ettiruvchi effektiv yuza F-16ʻdan koʻproq boʻlgan Il-20 S-200 kompleksi raketasi bilan urib tushirilgan”, - deya aytib oʻtdi Mudofaa vazirligi vakili.

Qayd etilishicha, bunga Isroilning F-16 qiruvchilari Rossiya samolyoti orqali oʻz xatti-harakatlarini berkitishga uringani sabab boʻlgan.

Il-20 samolyotida 15 nafar rossiyalik harbiy boʻlgan.

Avvalroq, Suriyadagi Hmeymim aviabazasi 17 sentyabrda Rossiyaning Il-20 radiolokatsion razvedka samolyoti ekipaji bilan aloqani yoʻqotgani xabar qilingandi.

Maʼlum qilinishicha, 17 sentyabr kechki vaqt Suriya havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari Lataqiya shahriga raketa hujumini qaytargan. Suriyalik harbiy manbaning taʼkidlashicha, hujum dengizdan amalga oshirilgan, bir necha raketa moʻljalgacha urib tushirilgan.
Keyinroq CNN telekanali Rossiyaning Il-20 samolyoti bortida 14 nafar harbiy xizmatchi bilan Suriya havo mudofaasi kuchlari tomonidan urib tushirilgan boʻlishi mumkinligini maʼlum qildi.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • OAV: Rossiyaning Il-20 samolyoti urib tushirilgan 18 sen, 13:42
  • OAV: urib tushirilgan Su-24 samolyotining ikkinchi uchuvchisi suriyalik harbiylar tomonidan evakuasiya qilingan 25 noya, 15:40
  • Rossiya Turkiya harbiy attashesiga rasman norozilik bildirdi 24 noya, 23:07
  • Urib tushirilgan Su-24 sabab NATO favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi 24 noya, 20:48
  • Suriyalik jangarilar Rossiya vertolyoti urib tushirilgani haqida ma’lum qildi 24 noya, 20:47
  • So'nggi yangiliklar
  • Yoqtirgan mevangizni tanlang va o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotga ega bo‘ling 14 noya, 00:17 249
  • Islom Ahmedovdan terma jamoamizga oid fikr va mulohazalar 13 noya, 23:55 199
  • Madam Bovari sindromi nima? Uning qanday alomatlari bor? 13 noya, 23:30 226
  • 8 yoshli meksikalik qiz quyosh suv isitgichini ixtiro qilgani uchun Yadro ilmi mukofotiga sazovor bo'ldi 13 noya, 23:06 268
  • O‘zbekistondan «yakkashox» chiqadimi? 13 noya, 22:43 635
  • "Talabalar olayotgan stipendiya xattoki kartoshka sotib olishga ham yetmaydi"- O‘zXDP 13 noya, 22:20 408
  • 2019 yilning eng chiroyli​ archalari qayerda yasatilgan edi? 13 noya, 21:56 247
  • «O‘rgimchak-odam» Alen Rober Parijdagi 152 metrlik binoni zabt eta olmadi 13 noya, 21:32 265
  • Kunduzgi uyquning zararli tomonlari ma’lum qilindi 13 noya, 21:04 546
  • «Aytsam – o‘ldirurlar, aytmasam – o‘lam...» yoxud Karim Bahriyev 20 yil avval nima degandi? 13 noya, 20:36 1 172
  • Bo‘limlar