“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2019, 03:11
ЎЗO‘Z

Jahonning eng yaxshi va eng yomon yo‘llari reytingi e’lon qilindi

05 iyun, 02:55 6 684 Dunyo
Jahonning eng yaxshi va eng yomon yo‘llari reytingi e’lon qilindi
Eng yomon avtomobil yo‘llariga ega mamlakat sifatida Moldova tan olindi. Eng yaxshi yo‘llarga ega davlatlar reytingida esa Fransiya, BAA, Portugaliya va Ummon etakchilik qilishmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.

World Economic Forum xalqaro tashkiloti eng yaxshi va yomon avtomobil hamda temir yo‘lga ega davlatlarning reytingni tuzib chiqdi.

Eng yomon avtomobil yo‘llariga ega besh davlat ichida Haiti, Ruminiya, Mo‘g‘uliston va Gvineya bor. Moldova esa avtomobil yo‘llari sifati bo‘yicha eng so‘nggi — 140-o‘rinni egalladi.

Eng yaxshi yo‘llar o‘nligiga, shuningdek, Shveysariya, Avstriya, Hongkong, Finlyandiya va Germaniya kiritilgan. MDHning ayrim davlatlaridan Ozarboyjon — 60-o‘rin, Tojikiston — 97-o‘rin, Qirg‘iziston — 131-o‘rin, Rossiya Federasiyasi — 134-o‘rin, Ukraina — 135-o‘rinni egallagan. O‘zbekiston reytingga kiritilmagan.

Eng yaxshi temir yo‘l infratuzilmasiga ega o‘n davlat reytingi esa quyidagicha ko‘rnish olgan: Shveysariya, Yaponiya, Hongkong, Fransiya, Singapur, Finlandiya, Germaniya, Ispaniya, Niderlandiya va Janubiy Koreya.

MDH va Boltiqbo‘yi davlatlaridan Ukraina (24-o‘rin), Qozog‘iston (29-o‘rin), Rossiya (30-o‘rin), Latviya, Gurjiston va Ozarboyjon (33–35-o‘rinlar), Tojikiston (43-o‘rin), Estoniya (44-o‘rin), Moldova (68-o‘rin), Qirg‘iziston (77-o‘rin) jami 140 davlatni qamrab olgan reytingda o‘ziga mos o‘rinlarga joylashtirilgan. O‘zbekiston ushbu reytingga ham kiritilmagan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Dunyoning eng sog‘lom mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilindi. Unda O‘zbekiston bormi? 24 may, 12:04
  • Dunyoning eng yaxshi mamlakatlari nomi e’lon qilindi 07 mar, 15:00
  • O‘zbekiston dunyo iqtisodiyotlari reytingida 63-o‘rinni egalladi 27 dek, 12:36
  • Dunyodagi eng baxtli davlat nomi ma’lum bo‘ldi 21 iyun, 15:22
  • Fransiya kompaniyalari Eron iqtisodiyotiga 50 mlrd dollar kiritishga tayyor 13 iyul, 18:08
  • Eng ko‘p maosh oluvchi davlat rahbarlari reytingi tuzildi 21 fev, 11:19
  • So'nggi yangiliklar
  • Butunjahon "Sayyoralar Kongressi" bo'lib o'tmoqda 19 okt, 01:00 106
  • Qosimov: "Abramovning termaga murabbiy bo‘lgani "Bunyodkor"ning o‘yiniga salbiy ta’sir qildimi?" 19 okt, 00:42 124
  • Vadim Abramov: "Yuta olmayotganimizga maydon aybdor emas" 19 okt, 00:32 147
  • Fastfud ishqibozi bo'lgan kelin to'yida tovuq oyoqchalaridan maxsus guldasta tayyorlatdi 19 okt, 00:30 118
  • Farg‘ona viloyatida Damas avtomashinasi «Kamaz»ga borib urildi (video) 19 okt, 00:03 194
  • Toshkentda Lacetti mingan ayol YPX xodimlaridan qochdi (video) 18 okt, 23:53 225
  • Navoiyda Nexia portlab ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi 18 okt, 23:43 265
  • Diqqat!!! E'tibordan chetda qoldirishingiz kerak bo'lmagan saratonning 8 alomati 18 okt, 23:20 388
  • Nazarboyev Londonda jazoga tortildi 18 okt, 22:53 482
  • Yonida fuqarolik pasporti bo‘lmagan shaxs qanday hollarda ichki ishlar bo‘limlariga olib ketiladi? 18 okt, 22:27 506
  • Bo‘limlar