“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2020, 18:24
ЎЗO‘Z

Fransiyaning dengiz orti hududlarida saylovning dastlabki natijalari ma’lum

07 may, 19:35 3 765 Dunyo
Fransiyaning dengiz orti hududlarida saylovning dastlabki natijalari ma’lum
Fransiyaning dengiz ortidagi hududlarida prezident saylovining ikkinchi turi natijalariga ko‘ra Emmanyuel Makron ustun keldi. Bu haqda ishonchli manbasiga asoslangan holda Belgiyadagi Le Soir gazetasi xabar berdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Nashrning qayd etishicha, Sen-Per va Mikelon dengiz orti jamoatida Makron 63,3 foiz ovozni qo‘lga kiritdi, «Milliy front» partiyasidan nomzod Marin Le Pen esa 36,7 foiz ovozga ega bo‘lib turibdi. Sen-Martenda Makron 67,6 foiz, Le Pen esa 32,4 foizga egalik qilib turibdi. Fransiya Gvianasida Makron va Le Penning ko‘rsatkichlari tegishli ravishda 65 va 35 foizni tashkil qilmoqda. Nihoyat, Martinika orolida Makron 77,5 foizlik ko‘rsatkich bilan etakchilik qilmoqda, Le Pen xonim esa 22,5 foiz ovozga ega.

Tilga olingan hududlarda ovoz berish soat kamarlaridagi tafovut tufayli ilgariroq bo‘lib o‘tdi.

AQSh va Kanadada istiqomat qiluvchi Fransiya fuqarolari orasida Makronni qo‘llab-quvvatlovchilar ulushi yanada ko‘proqni tashkil etmoqda: Nyu-Yorkda u 94,7 foiz (Le Pen — 5,3 foiz), Chikagoda 92 foiz (Le Pen — 8 foiz), Bostonda 95,7 foiz (Le Pen — 4,3 foiz), Ottava va Monrealda 90 foiz (Le Pen — 10 foiz) ovozni qo‘lga kiritdi.

Paris Match, CNews va Sud Radio buyurtmasiga ko‘ra Ifop-Fiducial tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaning 5 may kuni e’lon qilingan natijalariga ko‘ra saylovda Emmanyuel Makron Marin Le Penni 63 foizga 37 foiz farqi bilan ortda qoldirishi prognoz qilingan.

“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Mavzuga oid
  • Makron: Tramp dunyo qoidalarini buzmaydi 28 may, 18:25
  • Makron Fransiya oldida turgan asosiy vazifalarni ma’lum qildi 08 may, 10:17
  • Makron yoki Le Pen: Bugun Fransiyada yangi prezident saylanadi 07 may, 11:02
  • Fransiyada prezidentlik saylovoldi kampaniyasi qizg‘in pallasiga kirdi 10 apr, 13:30
  • Siyosatchi Marin Le Pen Trampni g‘alaba bilan tabrikladi 09 noya, 13:02
  • AQSh prezidentlik poygalarida afroamerikaliklar kim tomonda? 26 sen, 17:09
  • So'nggi yangiliklar
  • Davron Fayziyev: Yurgen Kloppning “1001 kecha” ertagi 20 yanv, 17:45 76
  • Liviyadagi urush: Berlin sammitida nimalarga kelishildi? 20 yanv, 17:17 158
  • Prezidentning parlamentga murojaati 24 yanvar kuni bo‘ladi 20 yanv, 17:00 153
  • Oston O‘runov "Ufa"ga o‘tadimi? Klub bosh direktori bunga javob berdi 20 yanv, 16:43 243
  • Bugun "Paxtakor" Shomurodovning "Rostov" klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi 20 yanv, 16:28 313
  • Rossiya bosh prokurori Chayka lavozimidan ketdi 20 yanv, 16:18 408
  • Bloger Nafosat Olloshukurova O‘zbekistonni tark etganini ma’lum qildi 20 yanv, 15:58 849
  • Shavkat Mirziyoyev: "Xalqimiz menga eng katta unvon berib bo‘lgan" 20 yanv, 15:37 396
  • Rasul Kusherbayev prezidentning nutqi haqida: «Bizning keyingi besh yilligimizga yetadigan energiya bo‘ldi» 20 yanv, 15:35 346
  • O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi 20 yanv, 15:31 448
  • Bo‘limlar